Mavzu №9: Bilish jarayonlari diagnostikasi


Quyida xotirani rivojlantirish usullarini keltirib o‘tamiz



Yüklə 290,62 Kb.
səhifə33/38
tarix07.01.2024
ölçüsü290,62 Kb.
#211518
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   38
Mavzu №9 Bilish jarayonlari diagnostikasi-fayllar.org (1)

Quyida xotirani rivojlantirish usullarini keltirib o‘tamiz.
1-mashq. «Qiyinini eslab qol»
O‘qituvchi qiyin so'zlar yozilgan kartonni bolalarga ko‘rsatadi. So'ng diktant tarzida yozdiradi. Hamma so‘zlarni xatosiz yozgan o‘quvchi yutadi.
2-mashq. «Adashib qolgan hikoyachi»
Doira shaklida o‘tiriladi. Boshlovchi mavzu tanlaydi. Ketma-ket shu mavzu davom etib ketadi. Bunda mavzular turli xil boMishi mumkin. Hikoyani davom ettirish ducli kelgan o ‘quvchiga berilishi mumkin. Shuning uchun ham uni diqqat bilan tinglash kerak. U ham hikoyaning mazmunini o‘zgartirib yuborishi kerak.
3-mashq.« Assotsiatsiya»
Ishtirokchilar doira tarzida o‘tiradilar. Boshlovchi duch kelgan ikkita so‘zni aytadi. Bir o‘quvchi shu ikki so‘zni boshlash uchun m isollar keltiradi, hamma galma-galdan so‘zlarni bog‘lab chiqadi. Boshlovchi xohlagan odamdan so‘rashi mumkin.
4-mashq. «Domino»
Buning uchun otkritkalar, rasmchalar yoki kesilgan kartochkalar kerak bo‘ladi. Ishtirokchilar stol atrofida o‘tiradilar. U larga kartochkalar rasmi ko‘rsatilmasdan tarqatiladi. 1-ishtirokchi rasmni ochadi v a uni ta’riflaydi. U rasmga suyangan holda ertak, hikoya, latifa sifatida gapiradi. Keyingi ishtirokchi ham rasm ochadi va hikoyani davom ettirgan holda o‘zinikini boshlab ketadi. O‘yin aylana tarzida o‘tadi. O‘yin so‘nggida boshlovchi xohlagan rasmni olib voqeani qayta so ‘rashi mumkin.
5-mashq. «Taxistoskop»
Ishtirokchilar aylana bolib o‘tiradilar. Birinchi aylana markazida o‘quvchi turadi, chiroq o‘chiriladi. Ular biror bir shaklga kirib oladilar. Chiroq ozgina vaqtdan keyin o‘chiriladi. Ishtirokchilar joy larida o‘tiradilar. Qolganlar esa ularni batafsil ochib berishga harakat qiladilar. Qanchalik to‘g‘riligini bilish uchun o‘quvchilar yana markazga kelib ko‘rsatib beradilar va gumonlar bartaraf etiladi.
6-mashq. «Razvedkachi»
Ishtirokchilardan biri tanlanadi. Boshlovchi «qoting» deb buyuradi va hamma joyida qotadi. Hamma qotgan holatini eslab qolishga harakat qiladi. «Razvedkachi» esa hammani eslab qoladi. Shundan so‘ng u tashqariga chiqadi va qolganlar o‘z turishlarini o‘zgartiradilar.
Razvedkachi esa o‘zgarishlarni topa olishi kerak.

Yüklə 290,62 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   38




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin