Mavzu №9: Bilish jarayonlari diagnostikasi



Yüklə 290,62 Kb.
səhifə37/38
tarix07.01.2024
ölçüsü290,62 Kb.
#211518
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   38
Mavzu №9 Bilish jarayonlari diagnostikasi-fayllar.org (1)

6. Nutqning rivojlanishi
Bog‘cha yoshi davrida bolaning nutqi ham miqdor, ham sifat jih atid an ancha takomillashadi. Bog'cha yoshidagi bolalar nutqining o‘sishi oilaning madaniy saviyasiga ham ko‘p jihatdan bog'Iiq.
Kattalar bolalar nutqini o‘stirish bilan shug‘ullanar ekanlar, bog‘cha yoshidagi bolalarning ba’zi hollarda o‘z nutq sifatlarini to'la idrok eta olmasliklarini unutmasliklari kerak. Bundan tashqari, bolalarda m urakkab nutq tovushlarini bir-biridan farq qilish qobiliyati ham hali to‘la takomillashmagan bo‘ladi. Tili chuchuklikni tuzatishning eng muhim shartlaridan biri, bola bilan to‘la va to‘g‘ri talaffuz etib, ravon til bilan gaplashishdir.
Maktabga kelish arafasida bolaning so‘z boyligi o'z fikrini bayon eta oladigan darajada ortadi. 6-7 yoshli bola o‘z jum lalarini murakkab gramm atik tizimda tuza oladi. Bola butun bolalik davrida nutqni jad al ravishda egallab borib, nutqni o‘zlashtirishi m a’lum bir faoliyatga aylana boradi. Bu davrda bolaning yozma nutqi ham shakllana boshlaydi. Yozma nutq jumlalarni to‘g‘ri tuzish va so‘zlarni to‘g‘ri yozishga ma’lum talablar qo‘yilganligi bilan xarakterlanadi. Bola so‘zlarni qanday eshitgan bo‘lsa, shundayligicha yozilmasligini bilishi, ularni to‘g‘ri talaffuz etishga va yozishga o‘rganishi zarur. Yozma nutqni egallash asosida bolalarda turli matnlar haqida m a’lumotlar yuzaga keladi. Bu davrda yozma nutq endigina shakllana boshlaganligi bois, bolada o'zi yozgan fikrlarni, so ‘z va harflarni nazorat etish malakasi hali rivojlanmagan bo'ladi. Lekin unga ijod qitish imkoniyati beriladi. Ushbu mustaqil ijodiy ish maktab yoshidagi o‘quvchilarda berilgan mavzuni anglash, uning mazmunini aniqlash, fikrini bayon etish uchun ma'lumot to'plash, muhim jihatlarini ajratib olish, reja tuzish, uni ma’lum ketma-ketlikda bayon etish malakasini yuzaga keltiradi.
Jumlalarni to'g 'r i tuzish, aynan shu mazmunga mos so'zlarni topish va ularni to'g'r i yozish, tinish belgilarini to‘g‘ri qo'yish. O'z xatolarini topa olish va to'g'rilash aqliy rivojlanishning ko'rsatkichlaridan hisoblanadi.
Bolada nutqni rivojlantirish va muloqotchanlik ko‘nikmalarini shakllantirish maqsadida quyidagi mashqlardan foydalanish mumkin:
“Tanlov” mashqi
Bolalar bilan o'zi chizgan rasmlarining tanlovi o'tkaziladi. Rasmlar qator terib chiqilib, bolaga shunday talab qo'yiladi: '‘Sen o'rtog'ingning rasmini shunday maqtaginki, toki boshqalar shu rasmni eng zo'r rasm deb hisoblasinlar”.
“Gapni tugat” mashqi
Doira bo'Iib o'tirilib. birinchi bola o'zig a yoqadigan narsani aytadi. Keyingi bola esa “Demak, sen buni yoqtirar ekansan-da” deb sherigining yoqtirganini aytib, so'ng o'zinikini aytadi.

Yüklə 290,62 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   38




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin