Mavzu №9: Bilish jarayonlari diagnostikasi



Yüklə 290,62 Kb.
səhifə34/38
tarix07.01.2024
ölçüsü290,62 Kb.
#211518
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   38
Mavzu №9 Bilish jarayonlari diagnostikasi-fayllar.org (1)

4. Tafakkur rivojlanishi
Inson bilish faoliyati tarkibiga aks ettira olish shakli bo‘lgan tafakkur jarayoni ham kiradi. Ma’lumki, voqelikni bilishning ikki yo‘li mavjud bo‘lib, ular bevosita va bavosita bilish yo‘llaridir. Tafakkur - tashqi dunyoni bavosita va umumlashgan holda aks ettirish jarayoni.
Insonning aqliy faoliyati bilishga va tajribaga. ijodiy tafakkurga asoslanadi. Ya’ni bu holda tashqi dunyoni analiz, sintez, taqqoslash, umumlashtirish, mavhumlashtirish usullari orqali bilib olinadi.
Yangilikni yaratish insonda ilgari idrok etilgan predmet va hodisalalar haqidagi tasavvursiz amalga oshmaydi. Aqliy faoliyat xususiyatlari boshqa oliy psixik funksiyalar - xotira, iroda, hissiyotning hamda shaxsning individual psixologik xususiyatlari,qiziqishlar, ehtiyojlar, bilimlar, ko‘nikmalar, odatlar bilan uzviy bog’langan.
Insonlarning tafakkur jarayonlarini korreksiyalash va rivojlan- tirishda quyidagi mashqlardan foydalanish mumkin. Albatta bu jarayonda yosh xususiyatlarini ham inobatga olish lozim.
1-mashq. Quyidagi predmetlarga o‘z vazifasiga ko‘ra o‘xshash predmetlarni toping.
A. Zambil - ...
B. Igna
C. Velosiped
D. Fotoapparat
E. Arqon
2-mashq: Quyidagi so‘zlarni ma’nosiga ko‘ra o‘zaro bog‘laydigan predmetlarni toping.
A. Cho‘mich___________ Ovqat
B. Baho ____________ O‘quvchi
S. O‘t ______________ It
D. Bulut____________ Yer
E. Bolta ___________Mikroskop
3-mashq. Quyidagi predmetlarni asosiy vazifasidan tashqari yana qanday maqsadda ishlatish mumkin?
A. Kitob.
B. Dastro‘mol.
S. Shvabra.
4-mashq: Quyidagi fikrlami boshqa so‘zlar bilan ifodalab ko‘ring.
A. Bugun kun isib ketdi.
B. Ruchkam yozmayapti-yu!
S. Bolam, sessiyang qachondan boshlanadi?
5-mashq: Quyidagi voqea-hodisalarning sabablarini qidirib ko‘ring.
A. Ariqdagi suv toshib ketdi. Sabablar:_________________________
B. Trolleybus to‘xtadi. Sabablar:__________________________
C. Oyna sindi. Sabablar :__________________________
6-mashq: Tushunchalarni shunday ketma-ketlikda joylashtirish kerakki, bunda umumiylikdan xususiylikka borilsin.
l. Ibodatxona, qadimgi Xitoy ibodatxonasi, bino, osmon ibodatxonasi, diniy bino.
2. San’at asarining muallifi, Mikelandjelo, haykaltarosh, odam, o'rta asr xaykaltaroshi.
3.Suv qushi, yovvoyi o'rdak, o‘rdak, qush, umurqali hayvon.
4.Tabiat hodisasi, Yaponiyadagi zilzila, tabiiy ofat, Zilzila, Tokiodagi zilzila.
5.Qishgi bosh kiyim, telpak, bosh kiyim, qora telpak, kiyim.
6.Ommaviy axborot vositasi, axborot uzatish vositasi, radio, vosita, “Grand” radiosi.
7. Bahoriy gul, o‘simlik, oq gul, sovg'a qilingan gul, gul.
8.Shahar tran sport yo'lovchi tashish vositasi, avtobus, "Mersedes" avtobus, tez yurar "Mersedes" avtobus.
9.Kimyoziy modda. "Aspirin", dori. bosh og‘riq dorisi, O'zbekistonda ishlab chiqarilgan dori.
10.Sport anjomi, to’p, anjom, futbol to‘pi, "Adidas" firmasining futbol to‘pi.

Yüklə 290,62 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   38




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin