Mavzu. Angliya va Fransiyada klassik maktabning shakillanishi reja


mavzu. Klassik iqtisodiy maktabning to’liq shakllanishi. Adim Smit va David Rikardo iqtisodiy ta’limotlari



Yüklə 117,14 Kb.
səhifə8/15
tarix06.06.2023
ölçüsü117,14 Kb.
#126048
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   15
Mavzu. Angliya va Fransiyada klassik maktabning shakillanishi re

mavzu. Klassik iqtisodiy maktabning to’liq shakllanishi. Adim Smit va David Rikardo iqtisodiy ta’limotlari.
Rejа

  1. A.Smit manufaktura davrining’ iqtisodchi-nazariyotchisi

  2. Smitning’ qiymatning’ meҳnat nazariyasi

  3. A.Smit va ҳozirg’i zamon

  4. D.Rikardo sanoat to’ntarishi davrining’ nazariyotchisi

  5. D.Rikardo ta’limotining’ aҳamiyati


1. A. SMIT MANUFAKTURA DAVRINING’ IQTISODChI-NAZARIYoTChISI
XVIII asrning’ ikkinchi yarmida klassik iqtisodiy maktab britaniyalik olimlar A.Smit va D.Rikardo asarlarida eng’ yuksak cho’qqig’a ko’tarildi. Bu ҳol tasodifiy emas edi, chunki bu olimlar yashab ijod etg’an davrda Ang’liyada chuqur iqtisodiy, sostial va siyosiy o’zg’arishlar ro’y berayotg’an edi.
Ang’liya jaҳonda eng’ rivojlang’an va sanoatlashg’an davlatg’a aylana boshladi, iqtisodiyotda va ijtimoiy ҳayotda kapitalistik munosabatlar xal qiluvchi o’rinlarni eg’alladi. Mamlakatda yuksak rivojlang’an qishloq xo’jalig’i va tez o’sayotg’an sanoat mavjud edi, faol tashqi savdo olib borilardi. Yang’i jamiyatg’a xos sinfiy ajralish yaqqol bo’lib, ishchilar, soҳibkorlar, er eg’alari - lendlordlar va fermerlar bor edi.
Kapitalning’ dastlabki jamG’’arilishi natijasida yirik markazlashg’an manufakturalar va kapitalistik fermalar tobora muҳim aҳamiyat kasb eta boshladi. Ag’ar XVIII asr boshida mamlakat xali ag’rar ҳolatda bo’lsa, sanoatning’ iqtisodiyotdag’i ҳissasi tobora tez o’sib bordi. Ang’liya industrial ag’rar davlatg’a aylandi. Manufakturalar soni oshdi, ulardag’i ishchilar soni ko’paydi, ishchilarning’ aҳvoli niҳoyatda oG’’ir bo’lib, qattiq ekspluatastiyag’a duchor qilindi.
Asr o’rtasida Ang’liya boshqa mamlakatlarg’a nisbatan manufakturadan fabrikag’a o’tishg’a yaqin turar edi. Ang’liya sanoat inqilobi arafasida edi. Mamlakatning’ sanoat maҳsulotlari jaҳon bozorida yuqori baҳolang’an va talab tobora ortg’an, ammo davlat tomonidan kiritilg’an savdo-sotiqdag’i protekstionizm siyosati, feodalizm davridag’i bir qancha tartib va cheklashlar, qonunlar davr talabig’a javob bermay qo’ydi, ularning’ borlig’i kapitalizm rivojig’a to’sqinlik qilar edi.
Ang’liya sanoati eg’alari erkin soҳibkorlik faoliyatini kuchaytirishni, feodalizm qoldiqlarini tug’atishni talab qilardi. Shu sababli soҳibkorlar sinfi yang’i kapitalistik ishlab chiqarish usulini ilmiy jiҳatdan to’la taҳlil qiladig’an iqtisodiy ta’limotlarg’a muҳtoj edi.
Shunday qilib, XVIII asrning’ ikkinchi yarmi va XIX asrning’ birinchi chorag’ida Buyuk Britaniyada boshqa davlatlarg’a nisbatan iqtisodiy G’’oyalarning’ rivojlanishi uchun niҳoyatda qulay sharoitlar yuzag’a keldi, bu G’’oyalar A.Smit va D.Rikardo ta’limotlarida o’z aksini topdi.
Bu olimlar o’zlaridan avvalg’i merkantilizm, ilk klassik maktab va fiziokratizm G’’oyalarini mukammal o’rg’anib, shular asosida yang’i iqtisodiy maktabning’ shakllanishini niҳoyasig’a etkazdilar. Aslini olg’anda ular bozor iqtisodiyoti asosini yaratdilar.
Sanoat inqilobi dastlab eng’il sanoatda, xususan, to’qimachilik soҳasida boshlandi va mashinasozlik vujudg’a kelishi bilan niҳoyalandi. J.Key to’quv mokisini, 1733 yilda J.Ҳarg’rivs o’z qizining’ nomi bilan atag’an «Jenni» mexanik to’quv dastg’oҳini kashf etdi. Mexanik K.Vud uni 1772 yilda takomillashtirdi, 1783 yilda esa S.Krompton «myul-mashina»ni yaratdi, 1785 yilda E.Kartrayt mexanik to’quv stanog’ini ijod qildi, bu dastg’oҳ 40 odamning’ ishini bajarardi. R.Arkraydning’ to’quv mashinasi esa bu soҳaning’ unumdorlig’ini keskin oshirdi.
Ishlab chiqarishning’ energ’etik bazasi kul va suv oqimidan 1782 yilda J.Uatt tomonidan ishlab chiqilg’an buG’’ mashinasi iҳtiyorig’a o’tishi muҳim o’zg’arish bo’ldi, bu mashina asosida 1805 yilda buG’’ kemasi-paroxod yaratildi, 1811 yilda J.Stefenson parovoz yasadi, 1830 yilda esa Manchester-Liverpul temir yo’li qurildi.
Metallurg’iya soҳasida 1735 yilda A.Derbi pistako’mir o’rnig’a toshko’mirdan foydalanib, domna pechidan nisbatan sifatli va ko’proq miqdorda metall olish yo’lini topdi. J.Uilkinsonҳamma narsa, ko’prik, quvur va ҳatto paroxod ҳam metalldan bo’lishi kerak, deg’an G’’oyani ilg’ari surdi. Temirdan paroxod yasalg’anida uning’ suvda so’za olishig’a xech kim ishonmadi.
Sanoat inqilobi iqtisodiyot va ijtimoiy ҳayotda keskin o’zg’arishlarg’a olib keldi. 1701-1802 yillar oraliG’’ida to’qimachilik rivoji tufayli Ang’liyada paxta tolasidan foydalanish 6000 foizg’a o’sdi. 1788-1838 yillarda cho’yan eritish 68 ming’ tonnadan 1347 ming’ tonnag’acha oshdi.
Siyosiy soҳada ҳam muҳim o’zg’arishlar ro’y berdi, demokratik, parlamentar institutlar yuzag’a kela boshladi. Lekin shuni ҳam aytib o’tish kerakki, bu inqilobiy o’zg’arishlarni ҳamma ҳam to’la tushunib etmadi. Masalan, A.Smit mashina va fabrikalarni ko’rg’ani ҳolda manufakturani qo’lladi, Ang’liya kelajag’i qishloq xo’jalig’i bilan boG’’liq deb o’yladi.

Yüklə 117,14 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   15




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin