Mavzu. Angliya va Fransiyada klassik maktabning shakillanishi reja


FIZIOKRATIZM. F.KENE VA A.TYuRG’O IQTISODIY TA’LIMOTLARI



Yüklə 117,14 Kb.
səhifə4/15
tarix06.06.2023
ölçüsü117,14 Kb.
#126048
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
Mavzu. Angliya va Fransiyada klassik maktabning shakillanishi re

FIZIOKRATIZM. F.KENE VA A.TYuRG’O IQTISODIY TA’LIMOTLARI



Fransua Kene (1694-1774) ҳar tomonlama keng’ bilimli olim bo’lib, Versal yaqinida kambaG’’al deҳqon oilasida dunyog’a keldi, u yoshlig’idan medistinag’a xavas qo’ydi, qishloq jarroҳidan dars oldi, medistina amaliyoti ung’a shuҳrat keltirdi. Dvoryan unvonig’a eg’a bo’ldi va Versal saroyig’a (Lyudovik XV qirol saroyig’a) o’tdi. 1718 yilda vrachlik kasbini oldi. 1744 yilda medistina doktori ilmiy darajasig’a erishdi, 1752 yildan esa Lyudovik XV xonadonida tabiblik qildi (leybmedik). Medistina va biolog’iyag’a oid ko’pg’ina asarlar yaratdi. Eng’ muҳimi shuki, u oltmish yoshidan boshlab iqtisodiyot muammolari bilan bevosita shuG’’ullana boshladi.
Shuni ta’kidlab o’tish kerakki, F.Kenening’ iqtisodiy G’’oyalari qirol saroyida - Versalda yuzag’a keldi. Bu erda u umrining’ deyarli oxirig’acha yashadi va ijod qildi. Bizning’cha, bu erda ob’ektiv iqtisodiy informastiya etarli bo’lg’an va olim ulardan yaxshi foydalanib o’z ta’limotlarini yaratg’an. 1766 yilda Adam Smitҳam uning’ meҳmoni va suҳbatdoshi bo’lg’an edi. Didrova D`Alamber tomonidan chop etilg’an «Qomus»da F.Kenening’ dastlabki iqtisodiy maqolalari: «Fermerlar», «Don», «Aҳoli», «Soliqlar» paydo bo’ldi (1756-1757yy). 1758 yilda uning’ asosiy va eng’ muҳim asari - «Iqtisodiy jadval» kitobi dunyog’a keldi. F.Kene bu asarlarida fiziokratizm maktabi asoslarini yaratdi, uning’ nazariy va siyosiy dasto’rini ta’riflab berdi. Uning’ ishini va tadqiqotlarini XVIII asrning’ ikkinchi yarmida Franstiyaning’ taniqli davlat arbobi A.Tyurg’o (1727-1781 yy.) davom ettirdi. Fiziokratizm G’’oyalarini (ayniqsa F.Kene ta’limotini) Dyupon de Nemur, D`Alamber, V.Mirabo, G’.Letron va boshqalar keng’ tarG’’ib etdilar. Shunday qilib, ҳaqiqiy fiziokratlar maktabi yoki o’sha davr tili bilan aytg’anda «iqtisodchilar maktabi» tarkib topdi. Uning’ eng’ rivojlang’an davri XVIII asrning’ 60-70 yillarig’a to’G’’ri keladi.
Qishloq xo’jalik ishlab chiqarishi muammolari tadqiqot predmeti sifatida qaraladi. Shu bilan birg’a, xalq xo’jalig’i tarmoqlarining’ o’zaro chambarchas boG’’liqlig’i deyarli e’tiborg’a olinmaydi.
F.Kene «tabiiy tartib» konstepstiyasini ilg’ari surdi, bu olimning’ uslubiy platformasi edi («tabiiy ҳuquq » konstepstiyasini eslang’), bunda u paydo bulayotg’an va tobora mustaxkamlanayotg’an daxlsiz xususiy mulkni tushundi, iqtisodiyot erkin raqobat asosida rivojlanishini, bozor
Fiziokratlar (lotincha physio - tabiat va kratos - ҳoqimiyat) XVIII asrda Franstiyada ijod etg’an klassik iqtisodiy maktab namoyandalaridir. Fiziokratlar maktabi feodalizmdan kapitalizmg’a o’tish davrida rivojlandi, bu iqtisodiy yo’nalish Franstiyada vujudg’a keldi va bu tasodifiy emas edi. Franstiya iqtisod va ayniqsa sanoat buyicha Ang’liyadan ancha ortda bo’lishig’a qaramay, bu erda ҳam sanoatning’ kapitalistik turi - manufaktura rivojlana boshladi (bu ҳaqda yuqorida aytib o’tildi). Ammo mamlakat ҳali ҳam ag’rar ҳolatda edi. Aҳolining’ asosiy qismi qishloqlarda yashar, milliy boylikning’ 2/3 qismi shu soҳada yuzag’a keltirilar edi.
Bu ta’limot fermerlar sinfini ҳimoya qildi, ishlab chiqarishni, asosan qishloq xo’jalig’ini mamlakatni oG’’ir axvoldan chiqarishning’ bosh yo’li deb belg’iladi. Tabiiy qonun-qoidalarg’a amal qilish keraklig’i, shu yo’l bilan mamlakat boylig’ini orttirish mumkinlig’i ko’rsatib berildi.
Franstiyadag’i qishlok xo’jalig’ining’ axvoli va uni yaxshilash tadbirlari tadqiqotlarning’ asosi bo’ldi (P.Buag’ilber ҳam shu masalag’a katta e’tibor berg’an edi). Ekspluatastiyaning’ asosiy shakli obrok bo’lib, u pul va natural maҳsulot shaklida oling’an. Deyarli barcha ҳaydaladig’an er, yaylov va o’rmonlarning’ 80 foizi dvoryanlarg’a teg’ishli edi. Obrok shampar - don sifatida to’lang’an va ҳosilning’ 25 foizini tashkil etg’an. Ijarag’a oling’an erning’ yarim ҳosili er eg’alarig’a (pomeshchikka) to’lang’an. 1789 yilda (inqilob boshlang’an yil) Franstiyada ikki million xonavayron bo’lg’an deҳqon bor edi, bu paytda soliq doimo oshib borg’an.
Ag’rar masalani ҳal etish fiziokratlarning’ asosiy vazifasi bo’lib qoldi. Ular qishloq xo’jalig’ini mamlakat boylig’ining’ asosi deb tushundilar.
Fiziokratlarning’ muҳim tomoni shuki, ular merkantilistlardan farq qilib, o’z tadqiqotlarini iqtisodiyotning’ muomala soҳasidan ishlab chiqarish soҳasig’a ko’chirdilar. Olimlar iborasi bilan aytg’anda, ular «zamonaviy siyosiy iqtisodning’ ҳaqiqiy otalari» edilar. Ularning’ xizmati shundaki, o’sha davr dunyoqarashi doirasida kapitalning’ dastlabki taҳlilini berishdi. Bu ularni boshqalardan ajratib turuvchi asosiy masala edi. Ammo fiziokratlar ishlab chiqarish soҳasini faqat qishloq xo’jalig’i soҳasi bilan cheklab qo’yg’an edilar (Franstiyaning’ ta’siri), ular sanoat (ҳunarmandchilik)ni samarasiz soҳa deb bilg’anlar.
(Kolberning’ merkantilizmi) qattiq tanqid qilinadi. Lyudovik XIV o’rnig’a kelg’an yang’i qirol Lyudovik XV ҳam eski siyosatni davom ettirdi, Franstiya Ang’liya bilan etti yillik urush olib borib, unda eng’ildi, Kanadadan va Sharqdag’i bir qancha mustamlakalaridan ajraldi, oqibatda Evropadag’i ikkinchi darajali davlatg’a aylandi. Shu sharoitda bu aҳvoldan chiqish yo’li tabiatdan qidirildi.
Fiziokratlarning’ dasturi bo’yicha Franstiyadag’i feodalizm qoldiqlari tug’atilishi, fiskal (soliq) tizimni rastionalizastiya qilib, rentadan yag’ona soliq olinishi, mayda er uchastkalari birlashtirilib, don savdosidag’i barcha protekstionistik to’siqlar bartaraf etilishi kerak edi, oddiyroq qilib aytg’anda, Ang’liyadag’i qishloq xo’jalig’ig’a xos ish yuritish taklif etildi.
F.Kene almashuvning’ ekvivalentlig’i ta’limotini ilg’ari surdi. U almashuv yoki savdo boylik yaratmaydi, demak, almashuv jarayoni ҳech narsa ishlab chiqarmaydi, deb ҳisoblag’an. Erkin raqobat sharoitida almashuv soҳasida teng’ miqdorli qiymatlarning’ almashuvi ro’y beradi. Bu qiymat tovarlarda ular bozorlarg’a kirmasdan oldin ҳam mavjud bo’ladi (V.Pettining’ tovar qiymati faqat almashuv paytida paydo bo’ladi, deg’an fikri noto’G’’ridir). Bundan kelib chiqadiki, almashuv jarayonida boylik yaratilmaydi va foyda paydo bo’lmaydi. Almashuvning’ ekvivalentlig’i to’G’’risidag’i ta’limot merkantilistlarning’ qarashlarini inkor etish uchun nazariy asos bo’ldi. Bu xolat shu bilan birg’a fiziokratlardan boylik manbaini muomala soҳasidan tashqarida izlashni taqozo etdi. Ammo F.Kene miqdorli qiymatlarning’ almashuvi sababini to’G’’ri tushuntirib bera olmadi, chunki qiymat nazariyasi ҳali to’la ishlab chiqilmag’an edi va u qiymatni ishlab chiqarish ҳarajatlari bilan aynan bir deb ҳisobladi.
Fiziokratlarning’ iqtisodiy tizimida «sof maҳsulot» to’G’’risidag’i ta’limot markaziy o’rinni eg’allaydi. F.Kene yalpi ijtimoiy maҳsulot va ishlab chiqarish ҳarajatlari o’rtasidag’i farqni sof maҳsulot deb bilg’an, boshqacha qilib aytg’anda bu ishlab chiqarish chiqimlaridan oshiqcha maҳsulotdir. F.Kene «sof maҳsulot» faqat qishloq xo’jalig’ida, deҳqonchilikda yaratiladi, bu soҳada tabiat kuchlari ta’sirida iste’mol qiymatlari miqdori ko’payadi, deb ta’kidlaydi. Sanoatda esa iste’mol qiymatlari faqat turli kombinastiyalarg’a uchraydi, meҳnat jarayonida deҳqonchilikda yaratilg’an maҳsulotning’ shakli o’zg’aradi, lekin uning’ miqdori ko’paymaydi, shuning’ uchun «sof maxsulot» paydo bo’lmaydi va boylik yaratilmaydi (kuchli, ammo noto’G’’ri mantiq bor).
A.Smitning’ fikricha, shu asosda ҳunarmandlar (sanoatchilar) unumsiz, foyda bermaydig’an sinf deb qaralg’an. Aslida esa fiziokratlar bu sinfning’ borlig’ini tan oladilar, uni unumsiz emas, balki foydag’a sof qo’shimcha daromad keltirmaydig’an sinf deb qarag’anlar. A.Tyurg’o esa bu sinfg’a yuqori baҳo berib, «ҳaq to’lanadig’an sinf» deb qaraydi.
Fiziokratlar qiymatni iste’mol qiymatig’a, xatto tabiat maҳsulotig’a teng’lashtirg’anlar (almashuv qiymati ҳam bor). Ularni faqat miqdoriy soҳa, ya’ni ishlab chiqarish jarayonida oling’an iste’mol qiymatlarining’ ortiqcha qiymati (iste’mol qiling’andan ortiG’’i) qiziqtirg’an. Bu narsa asosan deҳqonchilikda aniq namoyon bo’ladi. Ammo F.Kene ta’limotining’ boshqa tomoni ҳam bor, uning’ fikricha «sof maҳsulot» miqdori ishlab chiqarish chiqimlarining’ miqdorig’a boG’’liqdir, bu chiqimlarg’a xom ashyo sarflari, materiallar va ish ҳaqi kiradi. Materiallarning’ qiymati belg’ilang’anlig’i tufayli, ish ҳaqi tirikchilikning’ minimum ҳarajatlarig’a keltirilg’an ekan, «sof maҳsulot» (qo’shimcha qiymat) qo’shimcha meҳnatning’ samarasi sifatida yuzag’a keladi.
Fiziokratlarning’ «unumli» va «unumsiz» meҳnat to’G’’risidag’i ta’limoti «sof maҳsulot» to’G’’risidag’i ta’limot bilan chambarchas boG’’liq bo’lib, uning’ mantiqiy davomi deb ҳisoblanadi. Merkantilistlardan farqli ravishda ular «sof maҳsulot» yaratuvchi meҳnat unumli bo’ladi, ya’ni qo’shimcha qiymatni yaratadi, deg’an edilar. Bu unumli meҳnatning’ tabiati to’G’’risidag’i masalag’a prinstipial to’G’’ri yondashish yo’li edi.
F.Kene «sof maҳsulot» to’G’’risidag’i o’z qarashlari asosida jamiyatni uch sinfg’a bo’ladi: unumli sinf (fermerlar), er eg’alari sinfiva unumsiz sinf(bu sinfni u sanoatchilar sinfi deb ҳam ataydi). Unumli sinfg’a deҳqonchilikdag’i barcha xodimlar, qishloq xo’jalik ishchilari ҳam, fermerlar ҳam, ya’ni uning’cha «sof maҳsulot» yaratuvchilarning’ ҳammasi kiradi. Er eg’alari «sof maxsulot» yaratmag’anlig’ig’a qaramasdan, shu bilan birg’a bu maxsulotning’ iste’molchilari ҳisoblanadi, chunki ular uni ijara to’lovi sifatida oladilar. Samarasiz, «unumsiz» sinf vakillari esa deҳqonchilikdan boshqa tarmoqlarda ishlaydi (sanoat, savdo, ҳizmat soҳasi). Ular «sof maҳsulot» yaratmaydilar.

Yüklə 117,14 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin