Qo’shimcha adabiyot
Iqtisodiy ta’limotar tarixi. T., TMI. 2003
Istoriya ekonomicheskix ucheniy. M., 2010
mavzu. Fransiyada fiziokratlar maktabining shakillanishi va ahamiyati rivojlanishi.
Uy hunarmandchiligi o'rniga manufakturaning kirib keIishi katta ijobiy voqea bo'ldi. Tarix, xalq xo'jaligi tarixi va boshqa ijtimoiy fanlami o'qiganda hunarmandchilik, sex va manufaktura nima ekanligi bayon etiladi, uy hunarmandchiligida hamma asosiy ishlar bir odam yoki oila tomonidan bajarilgan (xomashyoni tayyorlash, qayta ishlash, sotish ... ), unda aniq mehnat taqsimoti yo'q, manufakturada esa (manu - qo'l, facture -tayyorlash) mehnat taqsimoti, kooperatsiya, yollanma ishchi kuchi, demak, kapitalistik ishlab chiqarishning kurtaklari paydo bo'ldi. XVI asrdan boshlab dastlab Angliyada dehqonlarning yerdan mahrum qilinishi (yer yirik lendlordlar qo'liga o'ta boshladi) ro'y berdi,
yomenlar - dehqon sinfi tugatildi, oqibatda kapitalistik fermerchilik
yuzaga keldi (ular yerni lendlordlardan uzoq muddatli ijaraga olgan),
ular yollanma mehnatdan (krepostnoylik emas) keng foydalangan,
keyinchalik texnikani, ilmiy texnika yangiliklarini keng qo'llaganlar. Agrar
inqilob, islohot nomini olgan bu o'zgarish manufaktura sanoatining
rivoji bilan bog'liq. Dastlabki paytlarda bu sohada mato to'qish asosiy
ish edi. U nihoyatda foyda keltiruvchi sohaga aylandi. Matoga talab oshdi,
uni qondirish uchun, sanoat uchun kerakli xomashyo bazasini yaratish
talab qilindi. Xomashyo esajun bo'Iib, qo'ylardan olinardi. Manufaktura
rivojiga jun kerak, bulling uchun qo'ylar sonini oshirish talab etildi,
ko'p qo'y boqish uchun esa yangi keng yaylovlar zarur, oqibatda chakalakzor, botqoq, bo'z yerlar chegaralanib «degan ibora shundan keIib chiqqan) yaylovga aylantirildi, Dehqon
(yomen)lar o'z yerlaridan haydab chiqarildilar, yerlari esa tortib olinib,
yaylovlarga aylantirildi. Bu jarayonning muhim ahamiyati bor: 1.
manufaktura (sanoat) uchun xomashyo ko'paydi; 2. sanoatga ko'p va
arzon ishchi kuchi yetkazib berildi ( yerdan mahrum bo'lgan, haydalgan
dehqonlar ish qidirib shaharlarga borganlar). Oqibatda sanoat tez o'sa
boshladi, yangi sinflar paydo bo'ldi. Demak, sanoatdagina emas (manufaktura), qishloq xo'jaligida ham kapitaIistik munosabatlar g'alaba qozondi. Mamlakatning iqtisodiy rivojlanishiga yo'l ochib berildi. Lekin
ko'plab dehqonlarning ekspropriatsiya qilinishi (yersizlantirilishi), ularni
zo'rlik yo'Ii bilan yollanma mehnatga jalb etilishi (chunki boshqa iloj
yo'q) qarama-qarshilikni kuchaytirdi, oqibatda 1641-1660-yillarda
Angliyada inqilob bo'Iib o'tdi. XVII asrdagi Niderlandiya keyingi ikkinchi
bu inqilob burjua inqilobi bo'lib, u Angliyadagi feodal jamiyatga chek
qo'ydi. Angliya respublika deb e'lon qilindi, parlament VUjU9'6a keldi,
demokratik jarayon kuchaydi.
Xalq xo'jaligining yuksak rivoji ilmiy kashfiyotlami taqozo etdi. Shu
davrda Angliyada tabiiy fanlar, ayniqsa, mexanika, astronomiya va fizika
tez rivoj topdi. Bu davrning eng buyuk vakili Isaak Nyutondir (1643-1727), Tomas Gobs (1588-1679) ingliz faylasufi, mexanistik materializm
sistemasining asoschisi sifatida katta ahamiyatga ega. Uning fikricha,
jamiyat mexanizmga o'xshash narsa, uning oddiy elementi inson degan
g'oya yotadi. dnson insonga bo'ri» iborasi shu olimga tegishli, uningcha
egoizm insonni harakatlantiruvchi kuchdir. Bu olimda tarixga zid fIkrlar
rnavjud bo'lishiga qaramay, uning fIkricha, ijtimoiy hayotda ham xuddi
tabiatdagi kabi obyektiv qonuniyatlar mavjud. Ana shunday sharoitda
klassik iqtisodiy tp.aktab shakllandi va rivojlandi. Bu davrda merkantilizm
ta'limoti talabga javob bermay qo'ydi va uning buzilishi ro'y berdi.
Merkantilistlardan farqli ravishda (ular iqtisodiyotning faqat muomala
sohasinigina tahlil etganlar), klassik maktab namoyandalari feodalizm
o'rniga kelgan nisbatan progressiv kapitalistik munosabatlarning ichki
iqtisodiyaloqalarini o'rgandilar va o'z tadqiqotlarini asosan ishlab chiqarish sohasiga ko'chirdilar. Klassik iqtisodiy maktab deganda V.Pettidan
boshlanadigan iqtisodiy tadqiqotlar tan olinadi, bu ta'limot ishlab
chiqarishdagi bozor munosabatlarining ichki aloqadorligini o'rganadi
va tahlil etadi. v.Petti klassik maktab otasi va statistikaning kashfiyotchisidir.
Angliyada v.Petti, Fransiyada P.Buagilber shu maktabning boshlovchilari
bo'lsa, Fransiyada shu maktabning bir yo'nalishi bo'lgan fIziokratlar
vujudga keldi (F.Kene, A.Tyurgo) va u A.Smit, D.Rikardolar bilan
yakunlanadi. Bu davr kapitalistik munosabatlar rivojiga yo'I ochib berdi.
R.Xeylbronerva L. Turoulaming fIkricha «<3KoHoMuKa aJlJl 8Cex»), ishlab
chiqarish omillari vujudga keldi: mehnat, yer va kapital tovarga aylantirildi, bungacha ular tovar bo'lmagan. Hozirgi davr till bilan aytganda,
bozor tizimi, bozor jamiyati barpo etila boshlandi.
Yangi ta'limotning klassik (mumtoz) deb atalishiga sabab shuki,
hozirgi iqtisodiyotning asosida yotuvchi ko'pgina nazariya va metodologik
qoidalarning haqiqiy ilmiy xarakteri bilan izohlanadi. Mana shu maktab
namoyandalarining xizmatlari tufayli iqtisodiy nazariya ilmiy fan
darajasiga ko'tarildi. Erkin xususiy tadbirkorlikning ahamiyati isbotlab
berildi. P.Samuelson fikricha, yangi ta'limot to'la laisser faire (ya'ni
tadbirkorlik faoliyatiga davlatning mutlaq aralashmasligi) sharoitiga o'tishga
va voqea1aming boshqacha rivojiga ohb keladi va faqat XIX asming oxirIarida
deyarli barcha mamlakatlarda davlat iqtisodiy funksiyalarining doimiy
kengayishi ro'y berdi. Bu ta'limot namoyandalari Angliyada V.Pettidan
72
to D.Rikardogacha, Fransiyada P.Buagilberdan S.Sismondigacha (XIX
asrning o'rtalarigacha) yangi jamiyatning haqiqiy ishlab chiqarish
munosabatlarini tadqiq etdilar. Ularning fikricha, erkin xo'jalik faoliyatida
shu davrdagi tuzum mukammal deb qaraladi.
Ya.S. Yadgarov klassik maktab rivojlanishida (ma'lum shart bilan) 4
bosqichni ajratadi: I-bosqich XVII asr oxiri - XVIII asr boshiga to'g'ri
keladi. Bu bosqichda merkantilizm ta'limotining xatolari yoritib beriladi
va uning asoschilari V.Petti va P.Buagilber bir-biridan bexabar qiymatning mehnat nazariyasini ilgari surdilar va har qanday qiymatning
manbayi va o'lchovi sifatida tovar mahsulot yoki boshqa boylikni yaratish
uchun sarflangan mehnat miqdori hisoblanadi. Boylik va farovonlik
muomala sohasida emas, ishlab chiqarish sohasida yaratilishi ko'rsatiladi.
Bu bosqich XVIII asr o'rtalarida va 2-yarmida fransiyalik F.Kene va
A Tyurgolar tomonidan ilgari surilgan fiziokratizm bilan yakunlanadi.
Sofmahsulot (milliy daromad) manbayini qidirish orqali asosiy e'tiborni
mehnat bilan yerga qaratdilar. Merkantilizm tanqid qilinib, tahlilda ishlab
chiqarish asossiz ravishda muomala sohasidan to'la ajratib qo 'yilgan.
2-bosqich. XVIII asr oxiri va XIX asr boshiga to'g'ri kelib, A.Smit
asadaridagi iqtisodiy g' oyalarda aks etgan.
3-bosqich. XIX asrning l-yarmiga to'g'ri kelib, fransiyalik J.B. Sey
va F. Bastiya, inglizlar D. Rikardo, T. Maltus va N. Senior, amerikalik
G. Keri va boshqalar asarlaridagi g'oyalar bilan bog'liq.
4-bosqich. XIX asrning 2-yarmiga to'g'ri keladi va J.S. Mill g'oyalarida
o'z nihoyasiga yetadi. K.Marksga ham shu bosqich vakili sifatida qaraladi lekin, fIkrimizcha, bu unchalik to'g'ri emas. Bu bosqichlarning
xususiyatlari tegishli boblarda yoritiladi.
6.2. V.Petti - Angliya klassik iqtisodiy maktabiniog asoschisi
Umumiy bahoga ko'ra, klassik maktab XVII asr oxiri - XVIII asr
boshlarida V.Petti (Angliya) va P.Buagilber (Fransiya) asarlarida
yaratildi.
Vdyam Petti (1623-1687) Romsi shahrida tug'ilgan. Angliya klassik
iqtisodiy maktabining asoschisidir. Ko'pchilik bu olimning iqtisodiyot
fani sohasidagi faoliyatiga yuksak baho berib, uni buyuk va takrorlanmas
iqtisodchi-tadqiqotchi deb baholagan edi. V.Petti favqulodda hartomonlama va yuksak bilim1i inson bo'lgan. U mayda hunarmand-matochi
oilasida tug'ildi. Leyden, Parij va Oksford universitetlarida tibbiyot sohasi-73
da tahsil ko'rdi. U juda qobiliyatli talaba bo'lgan, 1647-yilda nusxa ko'chiradigan mashinani (kseroks) ixtiro qildi, 1649-yilda fizika doktori ilmiy
darajasiga ega bo'ldi. U dengizchi, vrach sifatida ham ishladi. Petti, shu
bilan birga, yirik yer egasi ham edi, u yirik ingliz lendlordlar (yirik yer
egasi) sulolasining asoschisi bo'lib qoldi. 1652-yilda Kromvel hukumatirung topshirig'iga ko'ra Irlandiyaning «yer obzori» (kadastri)ni o'tkazdi.
U XVII asrdagi Angliya bmjuaziya inqiloblaridan keyin kuchaygan
ingliz tadbirkorlar matkurachisi sifatida tanildi. U tadbirkorlar mulkini,
ya'ni xususiy mulkni «muqaddas» va «daxlsiz» deb bildi va uni turlicha
yo'l1ar bilan himoya qildi. Ish haqini cheklash tarafdori sifatida ishchilarga
fIzik jihatdan minimum haq to'lash, shu bilan birga, yangi sinfning
boyishiga yordam berishni qo'l1adi. U mehnatning kapital tomonidan
ekspluatatsiyasini yoqlab chiqdi. Shuningdek, AngJiyaning
mustamlakachilik siyosatini ham qonuniy deb hisobladi. V.Petti kapitalga
soliq solishga qarshi edi, chunki bu ishlab chiqarishni cheklashi mumkin
edi. Shu bilan birga, u mehnatkashlarning daromadlaridan soliq ollsh
tarafdori edi. U iqtisodiy muammolarga bag'ishlangan «Soliqlar l'R yig'imJar to'g'risida risola» (1662), «So'z donisbmandlarga» (1665), «lrlandiyaning siyosiy anatomiyasi» (1672), «Siyosiy arifmetika» (1683) va boshqa shu kabi asarlami yozdi.
V.Petti XVII asrdagi eng taniqli shaxslar qatoridan o'rin oladi (MakKulloxning 1845-yilda bergan bahosi). U iqtisodiyotni o'rganishda yangi
usul qo'l1adi, ko'rinib turgan voqealarni sharhlashdan ularning mohiyatini tahlil etishga o'tdi. V.Petti tadqiqot predmeti sifatida ishlab chiqarish
sohasi muammolarini tahlil etdi. Uning ftkricha, boylik paydo bo'lishi
va ko'payishi faqat moddiy ne'matlar yaratish sohasida ro'y beradi,
bujarayon savdo va savdo kapitalining hech qanday ishtirokisiz bo'ladi.
Olimning tadqiqot usulida empirizm elementlari (unsurlari) bo'lishiga qaramasdan (bu masalan, yer bahosini talqin etishda ko'rinadi),
davlatning iqtisodiy faoliyatga aralashuvini qisman qo'llaydi (mamlakatdagi savdogarlar sonini qisqartirishni talab etadi), u asosan erkin
iqtisodiyot (laisser faire) prinsiplarini qo'l1aydi vamerkantilistlardan
farqli ravishda pul muomalasi va savdoni erkinlashtirish tarafdori bo'lgan.
U o'z tadqiqotlarida bir qancha metodik (shartli) soddalashtirishlardan
foydalanadi:
• muomala sohasining ishlab chiqarishga teskari ta'siri inkor etiladi;
• pul va tovar bozodarining o'zaro bog'liqIigi ko'zda tutilmaydi;
74
mehnat natijasi sifatida namoyon bo'ladi, bu qO'shimcha qiymat,
uningcha, rentadir.
U ishlab chiqarmaydigan aholiga -dindorlar, advokat, amaldorlarga
salbiy munosabatda bo'ldi, shuningdek, u sotuvchilar sonini ham
keskin kamaytirish tarafdori edi. Tadbirkorlar va yer egalarining
daromadlarini belgilash uchun umumiy bo'lgan «Renta» tushunchasi
kiritiladi.
V.Petti renta nazariyasini ham ishlab cbiqdi (siz ham rent ani bir
eslang). Uning flkricha, renta mahsulot (natura) ko'rinishida ish haqi
va urug'likni ajratgandan keyin qoladigan mahsulot miqdoriga teng
bo'lishi kerak. Demak, bu holda renta qo'shimcha mahsulotga teng. Pul
holidagi renta qO'shimcha mahsulotning kumush miqdoliga teng
qiymatidir.
V.Pettida foyda tushunchasi alohida kategoriya shaklida yo'q, renta
barcha qo'shimcha qiymatga teng miqdor deb baholanadi. Shu sababIi
renta to'g'risidagi nazariyada amalda qo'shimcha qiymat haqida gap
boradi. Qiymatni mehnat sarflari sifatida qarab, V.Petti birin-ketin
renta (qo'shimcha qiymat)ni qO'shimcha mehnat natijasi ekanligini
aniqlaydi. Buni fermerning foydasi sifatida ham qaraydi.
Ish haqi va rentani mehnat asosida yuzaga kelgan qiymatning bir
bo'lagi sifatida tahlil etib, Petti muhim qisqacha xulosalar chiqaradiki,
unga ko'ra ish haqi va renta bir-biriga qarshi. Masalan, - deydi u, -bir bushel (36,4 kg) bug'doy 60 pensdan sotiladi, undan 20 pensi
yer rentasiga, 40 pensi yer egasining ish haqi sifatida berilsa va ish
haqi 1/8 ga yoki kuniga 8 dan 9 pensga ko'tarilsa, yer egasining 1
bushel bug'doydagi hissasi 40 dan 45 ga ko'tariladi, yer rentasi esa 20
dan 15 pensga (ya'ni 5 pensga) kamayadi.
V.Petti rentaning kelib chiqishi to'g'risida ham muhim va qiziqarli
fikrlarni beradi (umuman, renta absolut va differensial bo'ladi).
Differensial rentaning kelib chiqishini u yer uchastkalarining turlicha
joylashganligi bilan tushuntiradi (birinchi sabab, ya'ni bozorga uzoqyaqinligi, masofa, transport sarflari). U rentaning ikkinchi sababini
ham aniqlab, yeming tabiiy unumdorligining turlicha ekanligini
ko'rsatgan. Olimlarning flkricha, V.Petti differensial rentani Adam
Smitdan ham yaxshi bayon etgan.
Absolut renta haqida gap borganda shuni aytish kerakki, bu renta
yerga xususiy mulkchilik bo'lganda namoyon bo'ladi. V.Petti yer bahosi
79
masalasini juda qiziq va noyob ravishda hal etishga uringan. U ning
fikricha, yerni sotib oluvchi har yili renta olish huquqini qo'lga kiritgan
shaxsdir. Shu sababli yerning bahosi bir yillik rentani ma'lum bir
songa ko'paytirish orqali aniqlanadi. Hamma masala shunda bo'lib, uni
tanlash talab etiladi. Xo'sh, u nima bo'lishi mumkin?
V.Petti bu savolga javoban shunday deydi: yer sotib oluvchi o'zi va
o'ziga yaqin avlod-ajdodlarining manfaatlarini e'tiborga olib ish yuritadi.
Uningcha, odatda, uch avlod vakillari bir vaqtda hamkorlikda yashaydilar: buva (50 yosh), o'g'il (28 yosh) va nabira (7 yosh). U shu uch
avlodning hamkorlik davrida yashagan yillar rentasi yig'indisini yer
bahosi deb qabul qiladi. U Angliya uchun bunday son 21 yilga teng
ekanligini aniqlaydi. Demak, yerning bahosi shuncha bir yillik rentalar
yig'indisiga teng, degan xulosa chiqariladi.
V.Petti yerni sotib oluvchi uchun yer yillik daromad manbai ekanligini tushungan. Shunga muvofiq u yerning bahosi shunday summaga
teng bo'lishi kerakki, bu summa har yill olinadigan renta huquqini
beradigan bo'lishi kerak, deb to'g'ri hisoblagan. Arnalda yeming bahosini kapitallashgan rentadek hisoblash orqali V.Petti masalaning
mohiyatini to'la va to'g'ri tushungan.
Ammo yerning bahosi masalasi hali to'la hal etilmadi, chunki yerning
bahosi ikki omilga bog'liq: 1) yer rentasining miqdori, 2) prosent
(foiz) darajasi. V.Petti esa yuqorida qayd etilganidek, ssuda prosentini
yer bahosidan chiqargan. Bu qiyin ahvoldan chiqish uchun u yer
bahosi rentaning 21 ga ko'paytiriIganiga teng deb hisoblagan (uch avlod
- buva, ota va nevara birgalikda 21 yi1 yashaydilar va yerdan birga
foydalanadilar, degan qisqacha xulosalar). Yening asl bahosi masalasini
boshqa olimlar to'g'ri hal etdilar.
V.Pettining «Siyosiy arifmetika» asari to'la ravishda uning vafotidan
keyin bosilib chiqdi (kitob uning o'g'li lord Shelbem tomonidan nashr
etilgan). Buning sababi shuki, unda Angliya va Fransiyani chog'ishtiruvchi
ma'lumotlar bor edi. Bu asar yangi fan - statistikaga asos soldi. Bu
davrda hali bu tushunchaning o'zi yo'q edi «oxirida paydo bo'ldi).
V.Petti birinchilardan bo'lib davlat statistika xizmatini tuzish zarurligi
masalasini ko'tardi va ma'lumot to'plashning ayrim yo'nalishlarini belgilab
berdi. Uningcha, mamlakatdagi aholining umumiy soni, joylashuvi,
yoshi va kasbi hamda boshqa ma'lumotlar muhimdir. Iqtisodiy
80
mehnat natijasi sifatida namoyon bo'ladi, bu qo'shimcha qiymat,
uningcha, rentadir.
U ishlab chiqannaydigan aholiga -dindorlar, advokat, amaldorlarga
salbiy munosabatda bo'ldi, shuningdek, u sotuvchilar sonini ham
keskin kamaytirish tarafdori edi. Tadbirkorlar va yer egalarining
daromadlarini belgilash uchun umumiy bo'lgan «Renta» tushunchasi
kiritiladi.
V.Petti renta nazariyasini ham ishlab chiqdi (siz ham rentani bir
eslang). Uning ftkricha, renta mahsulot (natura) ko'rinishida ish haqi
va urug'likni ajratgandan keyin qoladigan mahsulot miqdoriga teng
bo'lishi kerak. Demak, bu holda renta qo'shimcha mahsulotga teng. Pul
holidagi renta qO'shimcha mahsulotning kumush miqdoriga teng
qiymatidir.
V.Pettida foyda tushunchasi alohida kategoriya shaklida yo'q, renta
barcha qo'shimcha qiymatga teng miqdor deb baholanadi. Shu sababli
renta to'g'risidagi nazariyada amalda qo'shimcha qiymat haqida gap
boradi. Qiymatni mehnat sarflari sifatida qarab, V.Petti birin-ketin
renta (qo'shimcha qiymat)ni qo'shimcha mehnat natijasi ekanligini
aniqlaydi. Buni fennerning foydasi sifatida ham qaraydi.
Ish haqi va rentani mehnat asosida yuzaga kelgan qiymatning bir
bo'lagi sifatida tahlil etib, Petti muhim qisqacha xulosalar chiqaradiki,
unga ko'ra ish haqi va renta bir-biriga qarshi. Masalan, - deydi u, -bir bushel (36,4 kg) bug'doy 60 pensdan sotiladi, undan 20 pensi
yer rentasiga, 40 pensi yer egasining ish haqi sifatida berilsa va ish
haqi 1/8 ga yoki kuniga 8 dan 9 pensga ko'tarilsa, yer egasining 1
bushel bug'doydagi hissasi 40 dan 45 ga ko'tariladi, yer rentasi esa 20
dan 15 pensga (ya'ni 5 pensga) kamayadi.
V.Petti rentaning kelib chiqishi to'g'risida ham muhim va qiziqarli
flkrlarni beradi (umuman, renta absolut va differensial bo'ladi).
Differensial rentaning kelib chiqishini u yer uchastkalarining turlicha
joylashganligi bilan tushuntiradi (birinchi sabab, ya'ni bozorga uzoqyaqinligi, masofa, transport sarflari). U rentaning ikkinchi sababini
ham aniqlab, yerning tabiiy unumdorligining turlicha ekanligini
ko'rsatgan. Olimlarning flkrlcha, V.Petti differensial rentani Adam
Smitdan ham yaxshi bayon etgan.
Absolut renta haqida gap borganda shuni aytish kerakki, bu renta
yerga xususiy mulkchilik bo'lganda namoyon bo'ladi. V.Petti yer bahosi
79
masalasini juda qiziq va noyob ravishda hal etishga uringan. Dning
fikricha, yerni sotib oluvchi har yili renta olish huquqini qo'lga kiritgan
shaxsdir. Shu sababli yerning bahosi bir yillik rentani ma'lum bir
songa ko'paytirish orqali aniqlanadi. Hamma masala shunda bo'lib, uni
tanlash talab etiladi. Xo'sh, u nima bo'lishi mumkin?
V.Petti bu savoiga javoban shunday deydi: yer sotib oluvchi o'zi va
o'ziga yaqin avlod-ajdodlarining manfaatlarini e'tiborga olib ish yuritadi.
Uningcha, odatda, uch avlod vakillari bir vaqtda hamkorllkda yashaydilar: buva (50 yosh), o'g'il (28 yosh) va nabira (7 yosh). U shu uch
avlodning hamkorlik davrida yashagan yillar rentasi yig'indisini yer
bahosi deb qabul qiladi. U Angliya uchun bunday son 21 yilga teng
ekanligini aniqlaydi. Demak, yerning bahosi shuncha bir yillik rentalar
yig'indisiga teng, degan xulosa chiqariladi.
V.Petti yerni sotib oluvchi uchun yer yillik daromad manbai ekan-1igini tushungan. Shunga muvofiq u yem.ing bahosi shunday summaga
teng bo'lishi kerakki, bu summa har yili olinadigan renta huquqini
beradigan bo'lishi kerak, deb to'g'ri hisoblagan. Arnalda yeming bahosini kapitallashgan rentadek hisoblash orqali V.Petti masalaning
mohiyatini to'la va to'g'ri tushungan.
Ammo yerning bahosi masalasi hali to'la hal etilmadi, chunki yerning
bahosi ikki omilga bog'liq: 1) yer rentasining miqdori, 2) prosent
(foiz) darajasi. V.Petti esa yuqorida qayd etilganidek, ssuda prosentini
yer bahosidan chiqargan. Bu qiyin ahvoldan chiqish uchun u yer
bahosi rentaning 21 ga ko'paytirilganiga teng deb hisoblagan (uch avlod
- buva, ota va nevara birgalikda 21 yil yashaydilar va yerdan birga
foydalanadilar, degan qisqacha xulosalar). Yening asl bahosi masalasini
boshqa olimlar to'g'ri hal etdilar.
V.Pettining «Siyosiy arifmetika» asari to'la ravishda uning vafotidan
keyin bosilib chiqdi (kitob uning o'g'li lord Shelbem tomonidan nashr
etilgan). Buning sababi shuki, unda Angliya va Fransiyani chog'ishtiruvchi
ma'lumotlar bor edi. Bu asar yangi fan - statistikaga asos 8Oldi. Bu
davrda hali bu tushunchaning o'zi yo'q edi (<oxirida paydo bo'ldi).
V.Petti birinchilardan bo'lib davlat statistika xizmatini tuzish zarurligi
masalasini ko'tardi va ma'lumot to'plashning ayrim yo'nalishlarini belgilab
berdi. Uningcha, mamlakatdagi aholining umumiy soni, joylashuvi,
yoshi va kasbi hamda boshqa ma'lumotlar muhimdir. Iqtisodiy
80
/,
I
j
,
~
ko'rsatkiehlardan asosiy tovarlarning ishlab ehiqilishi va iste'moli, aholi
daromadi, boylik taqsimoti haqidagi ma'lumotlar kerakli hisoblangan.
Pettining kuzatishieha, mamlakatda faqat soliq va tashqi savdo bo'yieha
ayrim ma'lumotlar bor edi, xolos. Biror rnasala haqida gap oehilar
ekan, Petti «awal hisoblab ko'rish keralo> degan fIkrni aytishni yaxshi
ko'rar edi. Statistika bilan shug'ullanganligi tufayli rna'lum ma'noda
«rejalashtirish» masalalari ham ko'tarilgan. Masalan, u «ishehilar kuehi
balansi» bilan shug'ullanib, rnamlakatga shuneha vraeh va advokat kerak,
demak, oliy o'quv yurtlariga yiligi shuneha talaba qabul qilish kerak,
degan hisob-kitoblarni keltirar edi. Odatda, u Angliya va Fransiyaning
iqtisodiy ahvolini solishtirib, qaysi davlat boyroq ekanligini aniq faktlar
bilan ko'rsatishga intilgan.
«Siyosiy arifmetika» kitobining rnuqaddimasida u o'z uslubining
yangi ekanligini ta'kidlab, qiyosiy (ozroq, ko'proq, yaxshiroq,
yomonroq) ko'rsatkiehlardan aniq statistik raqamlar - son, og'irlik
bilan boshqa o'lchovlar tiliga o'tish kerakligini aytadi. U milliy daromad,
milliy boylik haqida gapiradi va Angliyaning milliy boyligini hisoblab
ehiqadi (rna'lurnki, bu ko'rsatkiehlar hozirgi kunda juda muhirn
ko'rsatkieh hisoblanadi). Masalan, u Angliyaning rnoddiy boyligini
250 million funt sterling deb baholaydi, ammo aholining 417 million
funt sterling pulini ham shunga qo'shish kerak, deydi.
V.Pettining iqtisodiy ta'lirnoti aholining soni va tarkibidan
boshlanishi nihoyatda rnuhimdir. Uning g'oyasi o'zidan keyingi Maltusdan keskin farq qiladi, agar Pettining fIkri bo'yieha «aholi - boylikning asosi» bo'lsa, Maltusda aholining tez o'sishi kambag'allikning
asosidir. V.Petti Angliyaning milliy darornadini ham hisoblab ehiqdi.
Uning hisobiga ko'ra, Angliyaning pul shaklidagi boyligi bareha
boylikning faqat 3%iga teng ekan. Xuddi shundan hozirgi davrning
milliy hisob raqamlari yuzaga keldi, unga qarab ishlab ehiqarish
hajm.ini, bu boylikning aholi o'rtasida taqsimotini (iste'rnol, jamg'anna,
eksport, aholi, asosiy sinflar, guruhlar daromadi) va boshqalarni bilib olish rnumkin. Albatta, hozirgi davr bilan solishtirganda bu hisobkitoblarda jiddiy uslubiy xatoliklar bor edi. Masalan, u milliy daromadni aholining iste'rnol sarflari yig'indisi deb bilgan, ya'ni jamg'anna, bino, qurilish, asbob-uskuna, yerni yaxshilashga ketgan kapital qo'yilmalar hisobga olinmasa ham bo'laveradi, deb noto'g'ri o'ylagan.
Ammo XVII asrdagi Angliya uehun bunday yo'l aneha realistik edi,
6-180 81
chunki jamg'arma normasi past bo'lgan Angliyaning moddiy boyligi
nisbatan sekin o'sayotgan edi. Sal keyinroq V.Pettining bu xatolari
uning izdoshi Gregori King tomonidan to'g'rilandi va XVII asr
oxiridagi Angliya milliy daromadi nihoyatda to'g'ri hisoblab chiqildi.
V.Pettining so'nggi asarlari ko'proq aholi, uning o'sishi, joylashuvi
va ish bilan bandligi masalalariga bag'ishlangan. V.Petti zamondoshi va
do'sti, mayda savdogar Jon Graund bilan birgalikda demografik statistika
faniga asos soldi. 1662-yildan boshlab Angliyada umumiy aholi soni,
tug'ilish, o'lim va tabiiy o'sish masalalari bo'yicha kitoblar yuzaga kela
boshladi.
6.3. Fransiyada klassik iqtisodiy maktabning vujudga kelishi.
P • Buagilberning iqtisodiy qarasblari
Agar Angliyada klassik iqtisodiy g'oyalarning boshlanishi V.Petti
nomi bilan bog'liq bo'lsa, Fransiyada P.Buagilber bilan boshlanadi,
bu g'oyalar Angliyada Rikardo bilan intihosiga etgan bo'lsa, Fransiyada
Sismondi bilan yakunlanadi.
Fransiyadagi ijtimoiy-iqtisodiy muhit Angliyanikidan keskin farq
qilar edi. Fransiyada feodal munosabatlar hali ham kuchli bo'lib, qirollar
(<qattiq himoya qilingan. Kolber tomonidan olib borilgan siyosat mamlakat
iqtisodiyotining umumiy rivojiga olib kelmadi. U sanoatni, moliyani
taraqqiy ettirish tarafdori edi, ammo bu ish qishloq xo'jaligining ziyoniga
o'tkazildi, feodal munosabatlar to'la saqlab turildi (eslang, Angliya burjua
inqilobi XVII asrda bo'lib o'tdi, vaholanki, Fransiyada bu inqilob XVIII
asr oxirida ro'y berdi) , bu esa iqtisodiy va ijtimoiy rivojlanishga to'siq edi.
Marrufakturalar paydo bo'ldi, ammo rivoj topmadi. Sex tizimi saqlangan
bo'lib, rivojga to'siq edi.
Yer masalasi to'la hal etilmadi, «Senorsiz yer yo'q» tamoyili saqlandi,
mayda yer egaligi, dehqonlarning turli soliq va yig'im1arga mahkum
etilganligi ularni bu tizimda yerni yaxshilash va ishlab chiqarishni
rivojlantirishga rag'batlantirmas edi. Vaholanki, aholining 3/4 qismi
dehqonlar bo'lib, ular bu sohada tushkunlikda edi.
Shu sababli bu sohada islohotlar o'tkazish zarur bo'lgan, ammo
unga shu davrdagi tizim halaqit berardi. Ichki bozor tor bo'lib,
kapitalistik tadbirkorlikning 0 'sishiga yo'l bermasdi. Bu sinf asosiy soliq
82
to'lovchi sinf edi, dvoryanlar va dindorlar umuman soliq to'lamagan,
shahar burjuaziyasi hali nisbatan kam sonli, soliqlardan ustalik bilan
bosh tortar edi.
Yana bir muhim to'siq - bu urushlar edi. Fransiya olib borgan
urushlar tufayli mablag'larning asosiy qismi shu urushlarga sarflanardi.
Qirol saroyidagi bazmi jamshidlar ham davlat xazinasiga katta ziyon
keltirar edi.
Demak, Fransiyada XVII asrning ikkinchi yarmida feodal munosabatlar o'zining cho'qqisiga chiqqan edi (Angliya bilan solishtiring).
Vaholanki, Angliyada bUIjua inqilobi bo'lib, kapitalistik munosabatlar
tez shakllana boshladi. Fransiyada yuqori tabaqa barcha yeming egasiga
aylandi, dehqonlar shaxsan ozod bo'lsalar ham, feodal majburlyatlar
nihoyatda ko'p edi. Xo'jalikdagi kapitalistik uklad nihoyatda sekin
rivojlandi, ichki bozor xiyla tor edi, xalq xo'jaligida natural xo'jalik
asosiy bo'lib, sanoat rivoji past bo'lgan. Faqat zeb-ziynat buyumlari
va pa.riYumeriya mahsulotlari tayyorlash bo'yichagina Fransiya YevropadB
yuqori o'rinda edi.
Ana shunday sharoit Fransiyaning XVII asr oxiri - XVIII aSI
boshidagi ijtimoiy-iqtisodiy ahvoli klassik iqtisodiyotning Fransiyadagi
asoschilaridan biri bo'lgan Per Buagilber (1646-1714)ning iqtisodiy
qarashlariga katta ta'sir ko'rsatdi. Per Lepezan - iqtisodchining asl
familiyasi bo'lib, de Buagilber -bu oila yer pomestyesining nomi edi.
Lekin tarixda Per Buagilber nomi saqlanib qoldi. Per Lepezan de
Buagilber dvoryan normand oilasidan chiqqan, u yaxshi ma'lumo~
olgach, adabiyot bilan shug'ullandi, keyinchalik Ruan okrugida lavozimini egalladi. U bu lavozimni umrining oxirigacha saqlab qoldi va
katta o'g'liga topshirdi; o'zini «qishloq xo'jaligining advokati - himoyachisi» deb atadi.
Olimning tadqiqot predmetini qisqacha qilib jamoat boyligi
konsepsiyasidan iborat deyish mumkin. Bu boylik pulning fizik massas'
bilan emas, balki turli-tuman foydali boylik va buyumlardan, masalan,
non, vino, go'sht, kiyim-kechak va boshqalardan iborat. Hatto yerga va
pulga egalikning o'zi boylikni ta'min1aydi. Agar yer ishlanmasa, pul esa
hayot uchun zarur ashyolar (masalan, oziq-ovqat va kiyim-kechak)
aralashtirilmasa, bunday «boylik» egasi qashshoqlikka mahkum etiladi.
Shu sababli jamiyatda pulni ko'paytirish emas, balki ishlab chiqarishni
o'stirish masalasi iqtisodiy fanning asosiy vazifasi hisoblanishi kerak.
83
Olimning tadqiqot uslubiga quyidagilar xos:
• iqtisodiyotda erkin raqobat sharoitida avtomatik mo'tadillik mavjud
bo'ladi;
• tovarlar va xizmatlar qiymatini belgilashda xarajatlar qoidasiga
amal qilinadi;
• milliy iqtisodiyot manfaatlari uchun shaxsiy manfaatning jamoat
manfaatlaridan ustunligi tan olinadi;
• xo'jalik hayotida pulning mustaqil va ahamiyatli roliga yetarli baho
berilmaydi va boshqalar.
Buagilber sanoat va savdoni kamsitish yo'li bilan qishloq
xo'jaligining rolini ataylab mutlaqlashtirgan.
Adam Smitdan ancha oldin shaxsiy manfaat uning jamiyat uchun
ahamiyatini ko'ra bildi.
1691-yilda u Fransiyani og'ir iqtisodiy ahvoldan chiqarish tizimini
taklif etdi. Dastlabki fIkrlari bo'yicha turli islohotlar o'tkazib (war
bUljua-demokratik xarakterga ega bo'lishi kerak edi), 1707-yilda esa
uning g'oyalari etilib, quyidagi uch qismdan tarkib topdi:
1. Soliq tizimini o'tkazish. Soliq tizimining dehqonlar mehnatidan
manfaatdorlik tamoyiliga asoslanishi, undan tashqari soliq barchaga
tegishli bo'lishi kerak edi.
2. Ichki savdoni har xii cheklovlardan ozod qilish (ichki savdo
erkinligi); bu chora ichki bozorni kengaytirish, mehnat taqsimotining
o'sishini ta'minlash, tovar-pul muomalasini kuchaytirishi kerak edi;
3. Donning erkin sotilishiga yo'l berish, donga tabiiy baho ta'sirini
cheklamaslik. Gap shundaki, mamlakatda donga sun'iy ravishda baho
belgilangan bo'lib, ishlab chiqarish harajatlari qoplanmas, don
yetishtirish o'smay qo'ygan edi. Buagilberning fIkricha, iqtisodiyot erkin
raqobat sharoitida rivojlanishi va tovarlar bozorida «haqiqiy qiymat»ga
ega bo'lishi kerak edi. U davlat bu sohada dehqonlarga homiylik qilishi
zarur, deb .hisobladi.
Uning asosiy iqtisodiy asarlari «Fransiyaning to'la tavsifi», «Fransiya
to'g'risida varaqa», «Boylildar tabiati to'g'risida traktat» va boshqalardir. Uning ayrim asarlari, masalan, 1707 -yili 2 jildda chiqarilgan «Fransiya ayblari» kitobi taqiqlangan. Ularda Fransiyaning shu davrdagi og'ir
iqtisodiy ahvoli to'la yoritilgan, ayniqsa, qishloq xo'jaligining orqada
qolish sabablari to'g'ri berilgan. Xalq xo'jaligi orqada qolishining bosh
sababi-olib borilayotgan iqtisodiy siyosatning, Kolber (moliya boshli-84
g'i) va boshqalarning merkantilistik qarashlari fosh etilgan. U faqat
sanoat rivojini bir tomonlama qo'llab-quvvatlashga don eksportini
chekiashga qarshi chiqdi. Qishloq xo'jaligi manfaatlarini himoya qildi,
soliq tizimini isloh qilish tarafdori bo'ldi. U xalq ommasining ahvolini
yaxshilash tarafdori edi (V.Petti bilan solishtiring). Olib borilayotgan
iqtisodiy siyosat xo'jalik hayotining tabiiy rivojiga teskari edi. Buagilber
aytadiki, avvalgi davrdagi to'kin-sochinlikni qaytarish uchun mo'jiza
qilish shart emas, tabiat ustidan bo'layotgan doirniy zo'ravonlikka
chek qo'yish yetarlidir. Olimning fikricha, shunday soliq va iqtisodiy
siyosat tadbirlari kerakki, ular tabiatga qarama-qarshi bo'lmasin. Bu
g'oyaga ko'ra iqtisodiyotda shunday qonunlar borId, ularni bemalol,
jazosiz buzish mumkin emas (ekologiyada ham shunday).
Shunga mos ravishda u tabiatning talablari nimadan iborat ekanligini
ochib berishga uringan, obyektiv qonuniyatlarni o'rganishga kirishib,
ilrniy tahlil qilish yo'li sari qadam tashlagan. Ammo shu bilan bir
vaqtda u xo'jalikdagi hodisalarni tabiiy va tabiiy bo'lmaganlarga ajratib,
avvalgisini himoya qildi va keyingisini qoraladi. Buagilber o'zi tak1if etgafi
siyosatni amalda isbotlovchi nazariyani yaratishga intildi. U ning iqtisodi)
qarashlari ko'p jihatdan V.Pettiga o'xshab, marnlakatning iqtisodiy
o'sishi nima bilan bog'liq degan savolga javob topish edi. Buagilbenu
ko'proq Fransiya iqtisodining turg'unlik holati va uning orqaga ketish
sabablari qiziqtirardi. Bundan u umuman nazariy masalalar, masalan,
xalq xo'jaligida qanday qonuniyatlar harakat qiladi va uning rivojini
ta'minlaydi, degan masalaga o'tdi.
Buagilber bu muammoga javob berishda «optimal baho paydo
bo'lishi» masalasiga asosiy e'tibor qaratdi. Uningcha, iqtisodiy
barqarorlik va taraqqiyotning eng muhim sharti proporsional va normal
baholar hisoblanadi. XO'sh, bu baholar nimadan iborat? Avvalo, bu
baholar o'rtacha har bir sohadagi ishlab chiqarish xarajatlarini
qoplashga yordam berishi va ma'lum kirim, soffoyda keltirishi kerak
Aks holda, ishlab chiqarish bo'lmaydi, undan so'ng, bu shunda~
baholarki, unda tovarlarni realizatsiya qilish jarayoni bekam-u ko'st
davom etishi va barqaror iste'mol talabi qondirilishi kerak. Vanihoyat,
pullarning «o'z o'rni bo'lib», ular to'lov vositasi vazifasini bajarishi
va odarnlar ustidan hukmronlik, zo'ravonlik qila olmasligi zarur.
Xalq xo'jaligi proporsionalligi ifodalangan baholar qonunini, aslida
esa qiymat qonunini tushunish yangi va ilg'or g'oya edi. Olimning
85
asosiy asarlari shu g'oyalar bilan bog'liq. Iqtisodiyotda «optimal
baholaf>>lli qanday ta'minlash mumkin? Buagilbeming fIkricha,
baholarning bunday strukturasi raqobat erkinligi sharoitida stixiyali
ravishda tarkib topadi.
Erkin raqobat sharoitining buzilishiga sabab Fransiyada donga
maksimal baholarning qo'yilganligidir, deydi u. Uningcha, donga erkin
baholar belgilansa, baholar birmuncha oshadi, bu dehqonlaming
daromadini oshiradi va ularning sanoat tovarlariga talabini ko'taradi,
oqibatda bu mahsulotlami ishlab chiqarish ortadi va hokazo. Bunday
zanjirli reaksiyalar bir vaqtning o'zida «proporsional baholaf»
o'matilishiga va xo'jalikning ravnaqiga olib keladi.
Demak, Buagilber iqtisodiy erkinlik tarafdori edi va talabga qarshi
chiqmaslikni taklif etadi. Shu bilan birga, u davlatning iqtisodiy funksiyasini inkor etmadi: bu o'sha davr uchun, real hayotni tushungan
amaliyotchi olim uchun tabiiy edi. Uningcha, davlat to'g'ri soliq tizimi
orqali mamlakatda iste'mol va talabni yuqori darajada ta'minlashi
mumkin. Agar iste'mol sarflari oqimi pasaysa, tovarlarni sotish va
ishlab chiqarish keskin kamayadi. Agar kambag'allar ko'proq ishlab
topsalar, soliqlarga kam sarf qilsalar, ular o'z daromadlarini tez sarflashga moyildirlar. Boylar esa, aksincha, o'z daromadlarini saqlashda,
va demak, mahsulotni sotishda qiyinchilik tug'dirishiga olib keladi.
Buagilberning bu mulohazalari iqtisodiy ta'limotlaming keyingi
yuzyillikdagi rivojiga katta ta'sir etdi.
Jamiyat boyligi va iqtisodiy o'sish bo'yicha prinsipial jihatdan ikki
xiI qarash mavjud. Birinchisi bo'yicha ishlab chiqarishning o'sishijamg'arish hajmi (ya'nijamg'arma va kapital qo'yilmalar)ga bog'liq. Bunda
to'lovlarga talab avtomatik ravishda (stixiyali) amalga oshadi. Bu konsepsiyaga ko'ra, ortiqcha ishlab chiqarish inqirozlari bo'lishi inkor etiladi.
Ikkinchi pozitsiya bo'yicha iste'mol talabi ishlab chiqarishning yuqori
sur'atlarda o'sishini qo'l1aydigan omil sifatida qaraladi. Buagilber rna'lum
rna'noda mana shu pozitsiya tarafdori edi va u qonuniy ravishda iqtisodiy
inqirozlar muammosini keltirib chiqargan.
Buagilber inqiroz hodisasini xo'jalikning ichki qonuniyatlari bilan
emas, balki yomon davlat siyosati bilan bog'laydi. Uningcha, yaxshi
siyosat olib borish yo'Ii bilan talab kamomadini hal etish va inqirozlarni
chetlab o'tish mumkin. Bu masalajuda murakkab bo'lib, Seyga tegishli
(buni keyin qarab chiqamiz) «bozorlar qonuni»ga asos bo'lgan deyish
86
mumkin, ya'ni erkin mahsulotlar almashuvi tizimida mahsulotlarning
ortiqeha ishlab ehiqarilishi mumkin emas (inqirozlar bo'lmaydi).
Aksineha, Shumpeteming flkrieha, Buagilber iste'mol talabining
yetarli emasligi va jamg'arma ortiqehaligi sababli, o'sha davrdagi tizim
uehun inqiroz xam bo'lib, tizim barqarorligiga shubha bildirgan, ya'ni
Sey qonunini oldindan tanqid qilgan.
Buagilber o'zining «Boylik, pol va o'lponlarning tabiati to'g'risida
molohaza» asarida iqtisodiy inqiroz davrida nima ro'y berishini yorqin
va obrazli ifodaIab beradi. Merkantilistlardan farqli ravishda u boylikning
manbayi almashuv sohasi emas, baIki ishlab ehiqarish degan edi.
Almashuvga esa ishlab ehiqarish rivojining sharti sifatidagina qaraydi.
Buagilber V.Pettidan mustaqil ravishda qiymatning mehnat
nazariyasiga asos soldi. U bozor bahosi va «haqiqiy baho»ni farqlagan,
«haqiqiy baho mehnat sam bilan belgilanadi», degan. U haqiqiy baho
deganda, ishlab ehiqarishning turli tarmoqlari o'rtasida mehnat
taqsimotining to'g'ri proporsiyasini tushungan. Shunday proporsional
taqsimotning zaruriy shart-sharoiti sifatida ishlab ehiqaruvchilar
orasidagi erkin raqobat yotadi.
V.Pettidan farqli ravishda (qiymatni pul shaklida ifodalashni taklif
etgan) Buagilber qiymatning pul shaklini qat'iy ravishda inkor etgan.
Agar V.Pettining diqqat markazida pullar va boshqa tovarlar o'rtasidagi
almashuv munosabatlari turgan bo'lsa, Buagilberning e'tibori
tovarlarning tovarga bevosita munosabati, ya'ni tovarlarning to'g'ridan
to'g'ri almashuviga qaratilgan edi. Buagilber uehun shu narsa xarakterli
ediki, u pulga keskin qarshi bo'lgan, pulda bareha yovuzlik va ofatlarning
manbayi mujassamlangan, tovarlarning «haqiqiy baho» asosida
almashuvi buzilishining sababi ham shunda deydi u. U oltin va kumushni
buyuk yovuzlik deb baholaydi, pulga qarshi mutaassiblik (fanatizm)
bilan kurashadi. Pu1ning yagona yaxshi tomoni shundaki, u aImashuvni
osonlashtiradi. Oltin va kumush o'rnini qog'oz pul bemaIol qoplaydi.
Ko'rinib turibdiki, olim pulning barcha funksiyaIarini tushunib yetmaydi.
Pu1 umumiy ekvivalent bo'lib, uning o'rnida qiymatga ega bo'lgan
tovarlargina xiznlat qilishi mumkin. Shu sababli, uningeha, tovar ishlab
ehiqarilishini saqlagan holda, pulni yo'q qilish kerak. Shu yerda u
iqtisodiy munosabatlarning ikki shakli o'rtasidagi ehambarehas aloqani
tushunmadi, uning bir shaklini (tovar) saqlab, ikkinehi (Pul) shaklini
yo'q qilmoqehi bo'ladi.
87
Olim tovar ishlab chiqarishning asl maqsadi faqat iste'molni
qondirishda deb xato o'ylagan (iste'mol va almashuv uchun).
Demak, Buagilberning eng buyuk xizmati shundaki, u qiymatni
sarflangan ish vaqtiga tenglashtirdi. Lekin u tovar ishlab chiqarishning
qulay tomonini saqlagan holda uning salbiy tomonlarini tugatislmi
orzu qiladi. Agar Pettining iqtisodiy ta'limotida almashuv qiymati
asosiy bo'lsa, Buagilberda iste'mol qiymati bosh rol o'ynadi. Aslida,
ularni bir-biridan ajratib bo'lmaydi.
Qisqacha xulosalar
XVII -XVIII asrlarda dastlab Angliyada klassik iqtisodiy maktab
kurtaklari paydo bo'la boshladi. Bu yangi iqtisodiy g'oyalar V.Petti
nomi bilan bog'liq (burjua inqilobi, manufaktura va savdoning
rivojlanganligi, agrar islohot, dehqonlarning chegaralanishi,
mustamlakachilik siyosati, qulay tarixiy, tabiiy va geografik hamda iqlimiy
sharoitlar).
Klassik iqtisodiy maktabning shakllanishi avvalgi g'oya -merkantilizmdan prinsipial farq qiladi. Agar merkantilizmda boylikning asosi muomala sohasi (javohir, oltin, kumush, pul, savdo saldosi)da
vujudga keladi deb qaralgan bo'lsa, endi boylik ishlab chiqarish sohasida
vujudga keladi deb isbotlab berildi. V.Petti yangi kapitalistik jamiyatni,
erkin tadbirkorlikni, kapitalistlarni himoya qildi, xususiy mulkni
«muqaddas» va «daxlsiZ» deb bildi.
U iqtisodiy tadqiqotda tabiiy fanlarni, ya'ni abstrakt usullarni qo'llab,
har bir masalaning ichki bog'liqligiga asosiy e'tiborni qaratdi, matematik
va statistik usullardan keng foydalandi. V.Petti «tabiiy baho» (qiymat),
«siyosiy baho» tushunchalarini kiritdi, tovar qiymatining unga sartlangan
mehnat miqdori bilan o'lchanishi g'oyasiga, ya'ni qiymatning mehnat
nazariyasiga asos soldi. «Mehnat boylikning otasi, yer esa uning onasidir»
degan fikrni bildirdi. Qiymatni aynan almashuv qiymati (pul) shaklida
tushundi. Ish haqi ishchilarga tirikchilik uchun zarur bo'lgan jismoniy
minimum, ya'ni «yashash, mehnat qilish va ko'payish» uchun kerak
darajada to'lansa bas, degan g'oyani ilgari surdi.
Kapitalistlarning foydasini imkoni boricha oshirishni, ishchilarning
soliq to'lashlarini zarur deb bildi. Pulning roli va uning mamlakatdagi
miqdori masalalarini asosan to'g'ri hal etdi, ya'ni pul ~qdori ishlab
88
chiqarilgan mahsulot miqdoriga to'g'ri, pulning aylanish oborotiga esa
teskari proporsionalligini aniqladi. Pulning me'yorda bo'lishini qo'llabquvvatladi. Yer va renta masalalarini ancha puxta ishlab chiqdi. Ish haqi
va rentaning bir-biriga qarama-qarshiligini isbotladi (yer bahosini to'g'ri
hal etmadi).
Petti «Siyosiy arifmetika» va boshqa asarlarida statistika, aniqrog'i
demografik statistika faniga asos soldi. «Aholi -boylik asosi» masalasini
to'g'ri qo'ydi. Milliy daromad masalasini qo'ydi va uni qisman hal etdi.
Fransiyadagi klassik iqtisodiy maktabning dastlabki vakili P.Buagilber
ham muhim g' oyalarni ilgari surdi. Bu mamlakat ahvoli Angliyanikidan
ancha farq qilardi. Shu sababli iqtisodiy qarashlarda o'ziga xoslik seziladi.
• Agar Petti ko'proq sanoat va savdoni qo'llagan bo'lsa, Buagilber
asosan qishloq xo'jaligi sohasini tadqiq etdi va o'zining muhim
xulosalarlarini chiqardi.
•
Qiymatni aynan iste'mol qiymati shaklida tushundi. «Proporsional
baholar» tarafdori edi, erkin tadbirkorlik, raqobat va erkin baholarni
qo'lladi. Ortiqcha ishlab chiqarish inqirozini to'g'ri tushuntirib berdi,
pulga salbiy munosabatda bo'ldi, oltin va kumushlarni yovuzlik sababi
deb bildi. Noto'g'ri ravishda faqat qishloq xo'jaligini qo'llab-quvvatladi,
sanoat va savdoga kam e'tibor qildi.
Buagilberning iqtisodiy islohotlari bo'yicha takliflari o'z davri uchun
nihoyatda ahamiyatlidir.
Asosiy tushuncha va iboralar
Klassik maktab, mehnat boylik manbai, tabiiy va siyosiy baholar,
pulning miqdori, (iste'mol va almashinuv), v.Pettining ish haqi, renta
nazariyalari, yer bahosi, statistika, inson resurslari, P.Buagilber,
iste'mol qiymati, ishlab chiqarish va qishloq xo'jaligi, boylik va
qashshoqlik.
Nazorat va mulohaza uehun savoDar
I. Klassik iqtisodiy maktab vujudga kelishining shart-sharoitlari. Bu
maktabning merkantilizmdan asosiy farqi nimadan iborat?
2. V.Pettining iqtisodiy qarashlari, uning uslubi.
~ 3. Qiymat, ish haqi, pul, renta to'g'risidagi g'oyalar.
89
4. Kapitalizm, xususiy mulk, erkin tadbirkorlikka bo'lgan munosabat.
5. V.Pettining qarashlaridagi cheklanganlik.
6. Fransiyaning shu davrdagi iqtisodiy ahvoli va uning P.Buagilber
qarashlariga ta'siri.
7. P.Buagilber nima uchun qishloq xo'jaligini qo'llab-quvvatladi?
8. Fransiya iqtisodiyotini rivojlantirish uchun qanday isiohotiar
taklif etildi?
9. Proporsional baholar, iqtisodiy inqiroz to'g'risidagi g'oyalar.
10. Nima uchun P.Buagilber pulga qarshi edi?
11. Qiymat tushunchasining talqini.
3kohomuka>
Dostları ilə paylaş: |