Mavzu: Applikatsiya va mozaika bilan ishlash darslarini tashkil etish metodikasi. Qog‘oz va karton bilan ishlash darslarini mazmunini tashkil etish metodikasi. Reja



Yüklə 140,83 Kb.
səhifə4/8
tarix28.11.2023
ölçüsü140,83 Kb.
#168994
1   2   3   4   5   6   7   8
1-mavzu

Qog‘ozni qaychi bilan qirqish. Qaychi o‘ng qolda ushlanadi. Ish vaqtida qaychini to‘g‘ri ushlab, qirqilayotgan qog‘ozni undagi kesish chizig‘i aniq ko‘rinishi uchun ayiantirib turiladi.
Qog‘ozni yopishtirish. Stolning ustiga gazeta yozib, uning ustiga kerakli o‘lchamda qirqib olingan rangli yoki istalgan qog‘oz qo‘yiladi va mo‘yqalam yordamida o‘rtasidan chetiga avval chap, so‘ngra o‘ng tomonga qarab yelim suriladi. Yelim tez, yupqa qilib suriladi. Yelim surilgan qog‘ozni yopishtiriladigan predmetning ustiga qo‘yib, uning ustidan g‘ijimlanishlar bo‘lmasligi uchun toza mato bo'lagi bilan bosib tekislanadi.
Qog‘oz va kartonni o‘lchash usullari. Mehnat darslarida qog‘ozni o‘lchash usullari unchalik murakkab emas va ular matematika darslarida qo‘llanadigan asboblar yordamida bajariladi. Birinchi navbatda bu oddiy chizg‘ich, uchburchak chizg‘ich va sirkuldir.
Qog‘oz va karton bilan ishlash darslarining asosiy xususiyati shundaki, bu darsda buyumlaming umumiy ko‘rinishidagi yig‘ma, chizma va buyumning namunasi yoki faqat texnikaviy rasm va chizmalardan foydalaniladi.
O‘qituvchi o‘quvchilaming yig'ma chizmani o‘qishga, chizma va namunadan barcha detallami, ulaming o‘ lchamini aniqlash va har qaysi detalni mustaqil belgilab olishga o‘rgatadi. O‘qituvchi o‘quvchilarga namuna va mehnat darsidagi chizmani ko‘rsatib, bolalar bilan maketni yasash uchun nechta detal tayyorlash kerakligini, ularning o‘lchami shakli qanday boiishini aniqlaydilar.
Bolalar chizmaga qarab to‘g‘ri to‘rtburchak, uchburchak shaklida ekanligini aytadilar. Qog‘oz va karton bilan ishlash mashg‘uIotlarida o‘quvchilar oldindan quyidagicha tayyorgarlik ko‘rishadi: stolning ustiga qog‘oz yozib, ish uchun kerakli ish qurollari va materiallarni olib tayyorlaydilar. Har bir mashg‘ulot oxirida o‘quvchilar keyingi mashg‘ulotda kerakli bo‘ladigan narsalarni yozib oladilar.
O‘quvchilar ishlayotgan materiallarga tejamkorlik bilan munosabatda bo‘lishlari, o‘z ishini rejalashtira bilishlari, vaqtdan unumli foydalanishlari, shu bilan birga ish joylarini toza va ozoda tutishlari, sinf xonasini tozalab qo‘yishlari kerak.
Barcha fanlarda qo‘llanilganidek, mehnat darslarida ham ta’limning ko‘rsatmali vositalaridan foydalaniladi. Jumladan, mehnat darslarida turli xil namuna, rasm, chizma, sxematik namuna, turli predmetlar shuningdek, texnik vositalardan foydalaniladi. Yuqorida aytib o‘tganimizdek, “Qog‘oz va karton bilan ishlash” mashg‘ulotlarida o‘quvchilar qog‘ozni buklash yo‘ li bilan turli xil narsalaming shaklini yasashni ham o‘rganib boradilar. Ana shunday mashg'ulotlar davomida o‘qituvchi quyidagi ko'rsatmali qurollardan foydalanishi mumkin. Shu bilan o‘quvchilar bu ko'rgazmalami yasashning bosqichlariga rioya qilgan holda, dars davomida yasalishini o‘rganib borishlari mumkin.

Yüklə 140,83 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin