Yozuv qog‘ozi- sathi silliq, yelim singdirilgan, namlikni kamroq singdiradi. Narsalarni ixtirolashda, muqovalashda, kartondan yasalgan narsalarni yelimlashda juda qulaydir.
Rangli qog‘ozi - turli ranglarda bo‘ladi, jilo berilgan rangli qog‘ozning o‘rinini bosa oladi. Qo‘l mehnati darslarida ko‘p ishlatiladi.
Gazeta qog‘ozi - eng ko‘p tarqalgan qog‘oz turlariga kiradi. Sifatiga ko‘ra unchalik pishiq emas, namlikni, yelimni o‘ziga tez singdiradi.
Daftar qog‘ozi- sirti silliq, yelim singdirilgan, pishiq qog‘oz hisoblanadi. Daftar qog‘ozi katakli va yo‘l-yo‘l chiziqli bo‘ladi.
Millimetrli qog‘oz - sathi bosma to‘r shaklida tayyorlanadi. Qog‘oz olchamli, mayda chiziqli bo‘ladi.
Baxmal qog‘ozi - turli ranglarda bo'ladi, sirti mayin tuk bilan qoplangan boMib, karton qog‘oz o‘mida ham ishlatish mumkin. - turli ranglarda bo'ladi, sirti mayin tuk bilan qoplangan boMib, karton qog‘oz o‘mida ham ishlatish mumkin.
Qum qog‘ozi- yog'och va turli materiallarga ishlov berish uchun foydalaniladigan qog‘oz turi bo'lib, uning sirtiga qum zarralari yelimlangan.
Oboy gul qog‘ozi - rangi va guli turlicha bolib, muqovalashda, narsalaming ustidan yelimlashda, bezak ishlarida keng foydalanish uchun mo‘ljallangan.
Bosma qog‘oz - rasm va yozuvlardan nusxa olish uchun mo‘ljallangan.
Karton qog‘ozi - bu 1 kv m 250 grammdan ortiq bo‘lgan qog‘oz turi hisoblanadi.
Chizmachilik qog‘ozi - eng pishiq va qalin qog‘ozdir. Matodan tayyorlanadi, uning oliy navi qo‘lda tayyorlanadi. Undan bayramlar uchun qiziqarli niqoblar tayyorlashda foydalaniladi.
Rasm qog‘ozi - ikki xil nomerli bo‘ lib, selyullozadan tayyorlanadi. Oliy naviga 25% mato bo‘lagi qo‘shiladi. Chizmachilik chizishda shuningdek, qo‘l mehnati darslarida foydalaniladi.
Rangli va jiloli qog‘oz - mehnat darslarida keng qo‘llaniladi. Turli xil rangdagi muqovalash ishlarida va turli xil rangda qog‘ozlar to‘plami chiqariladi.
Oq karton - uni qirqish oson, o‘zi unchalik pishiq emas, tez sinadi. Bu karton yelimni ko‘p shimadi (ko‘pincha yelimdan shishadi). Undan mayda narsalami muqovalashda foydalanish mumkun.