Mavzu: Applikatsiya va mozaika bilan ishlash darslarini tashkil etish metodikasi. Qog‘oz va karton bilan ishlash darslarini mazmunini tashkil etish metodikasi. Reja



Yüklə 140,83 Kb.
səhifə3/8
tarix28.11.2023
ölçüsü140,83 Kb.
#168994
1   2   3   4   5   6   7   8
1-mavzu

Sariq karton - oq kartondan ko‘ra pishiqroq, egiluvchan, yaxshi qirqiladi, yelimdan ko‘tarilmaydi. Turli ishlarda foydalaniladi.
Kulrang karton - oq va sariq kartondan pishiqroq, qirqish qiyin. Pichoq karton massasidagi qumdan tez o‘tmaslashadi. Kartonning bu turidan o‘ta pishiqlikni talab qiluvchi narsalar tayyorlanadi.
Rangli karton - bu yupqa, egiluvchan, sathiga turli rangda jilo berilgan, ishlov berish oson va ko‘rinishi chiroyli. Hajmi kichik narsalar, papkalar, muqovalar tayyorlash uchun quiay bo‘lgan karton turidir.
Ta’lim jarayonida o‘quvchilar turli qog‘ozlarning asosiy jismoniy xususiyatlari: rangi, qaliniigi, zichligi, siyohni ishlatish xususiyati, sathining xarakteri silliq, g‘adur-budurligi bilan tanishadilar. Ba’zi narsalami tayyorlashda bolalar yelimdan foydalanadilar. Demak, bolalar 1-sinfdayoq tayyor yelimlaming asosiy xususiyatlari: yopishqoqligi, saqlanishi, yelimlashni o‘rganishlari kerak.
Qog‘oz va kartonga ishlov berish usullari unchalik murakkab emas, bolalar ulami osonlik bilan o‘zlashtirib oladilar. Qog‘oz va kartonga ishlov berish yuzasidan egallangan malakalar keyinchalik barcha mehnat turlari bo‘yicha mehnat ta’limida keng qo‘llaniladi.
Qog‘ozni buklash usullari. Qog‘ozni teng ikkiga buklash uchun qog‘oz stol yoki parta ustiga qo‘yiladi va o‘ng hamda chap qo‘l bilan qog‘ozni o‘ziga yaqin turgan tomonining ikki uchidan ushlab, uni pastki uchlari bilan tenglashtiriladi. Bunda qog‘ozning uchlarining qirrasi bir-biriga to‘g‘ri tushishi kerak. Ana shundagina qog‘oz qo‘l bilan tekislanib, uning bukilgan chizig‘i ustidan timoq bosib yurgiziladi.
Qog‘ozni bukilgan joyidan yirtish. Qog‘ozni yirtishdan oldin, avval ehtiyotlik bilan ochiladi, uning bir tomoni o‘ng qo‘l bilan bosilib, chap qo‘l bilan bukilgan chiziqdan sekin yirtiladi. Bukilgan chiziq ustiga chizgichni qo‘yib ham qog‘ozni yirtish mumkin.
Qog‘ozni bukilgan joyini pichoqda qirqish. Qog‘ozni buklab, timoq bilan bosib iz tushiriladi. Shundan so‘ng uning buklangan chizig‘ini o‘ng tomonga qilib stol ustiga qo‘yiladi, uning orasiga pichoqni tiqib yurgiziladi.

Yüklə 140,83 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin