Yangi mavzu bayoni: Kitoblarni muqovalab foydalanish ularning umrini yanada uzaytiradi. Kitob uchun muqovani o‘z qo‘llarimiz bilan tayyorlashimiz ham mumkin.
Amaliy ishni boshlashdan oldin o‘quvchilaming darsga tayyorligi o‘qituvchi tomonidan kuzatiladi, zarur ish materiallari tanlab olinadi.
Amaliy ish: (darslik bilan ishlash) Kitob uchun muqova yasash bosqichlari darslikdan kuzatiladi va bajariladi.
• Kitob uchun muqova yasash uchun birinchi kvadrat shaklidagi karton turi tanlab olinadi;
• Kartondan o'lcham olish va kartonning to‘rt tomonini o'lcham asosida burchak qilib kesiladi;
• Hosil bo‘lgan shaklni yon tomonlarining kesilgan qismini ichki qismiga qaratib buklanadi;
• Tayyor bo‘lgan shaklning o‘rtasini belgilab, o‘tkir tig‘Ii buyum yordamida o‘rtasi sindiriladi;
• Muqovaning singan qismidan teng ikkiga to‘rtburchak shakliga keltirib buklanadi;
• Xuddi shu bosqichni keyingi uchlarida ham takrorlab, yuqoridagi uchlarini ichki qismiga buklab qo‘yiladi.
• Kitob uchun muqova tayyor bo‘ldi. Muqovani old tomonini pastga qilib qo‘yib ochiladi va ichki qismiga yelim surtiladi va muqova yopiladi, bu ish old tomoniga ham takrorlanadi. Kitob press ostida quritiladi.
Yakuniy qism. Dars yakunida bajarilgan ishlar ko‘rsatilib, o‘quvchilar bilan birgalikda tahlil qilinadi.
Har bir o‘quvchilar bajargan ishlariga qarab izohli baholanadi. Uyga kitob uchun muqovani mukammal yasash, she’r yodlash vazifasi beriladi.
Muqovalami yasash ishlarini boshlashdaii oldin o‘quvchilami bosmaxonaga ekskursiyaga olib borish, undan keyin suhbat o‘tkazish kerak. Suhbat jarayonida 0‘qituvchi o‘quvchilar yozuvning paydo bo‘lishi, kitob ishlab chiqarish texnologiyasi borasida qanday bilimga ega ekanliklarini aniqlaydi. U o‘quvchilaming bilimlariga tayanib, ulami to‘ldiradi, aniqlashtiradi va tizimga soladi. Suhbat jarayonida u qog‘ozdan yasalgan ko‘pgina narsalar: daftarlar, kitoblar, rasmli albomlar mustahkamroq material-karton bilan muhofaza qilinmasa tezda eskirishi, iflos boMishi, yaroqsiz holga kelishi mumkinligini tushuntiradi.