Mavzu: Applikatsiya va mozaika bilan ishlash darslarini tashkil etish metodikasi. Qog‘oz va karton bilan ishlash darslarini mazmunini tashkil etish metodikasi. Reja



Yüklə 140,83 Kb.
səhifə5/8
tarix28.11.2023
ölçüsü140,83 Kb.
#168994
1   2   3   4   5   6   7   8
1-mavzu

l.”Lola“ ko‘rsatmali quroli.
1-bosqich. Rangli qog‘ozlardan kvadrat qirqib olinadi.
2-bosqich. Uning diagonallari bo‘yicha buklab, buklangan do‘ppi shakliga keltiriladi.
3-bosqich. Buklashdan hosil bo‘lgan uchburchakning pastki, asos tomonidagi ikki uchi yuqoridagi uchinchi uchiga qarab, unga yetkazdirib buklanadi.
4-bosqich. Xuddi shuningdek orqa tomondagi ikki uchi ham uchinchi uchiga qarab buklanadi.
5-bosqich. Hosil bo'lgan shakl cheti qog'ozning o‘rtasiga, yani hosil bo‘lgan chiziqqa tomon buklanadi. Shaklning orqa tomoni ham shunday buklanadi.
6-bosqich. Oxirgi buklangan shakllaming har bir orqa tomoniga qaytarib buklanadi. Buklangandan so‘ng ularning uchlari bir biriga qaytarilib qayriladi. Keyin shaklni pastgi ochiq tomonidan asta puflanadi. Shaklining yuqori qismidagi uchlari esa orqaga qaytarib buklanadi. Natijada “Lola” shakli hosil bo‘ladi. Lolaning bandini boshqa qog‘ozni silindir shaklida o‘rab, uni lolaning pastki puflangan qismiga kiritib qo‘yish bilan tugallash mumkin. Bu bandga lolaning bargini, g‘unchasini ham yopishtirib qo'yish mumkin.
Maktabda muqovalash ishlari. Kitobni qo‘da muqovalashga aloqador barcha amaliy ishlar boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining qo‘lidan bemalol keladi. Muqova ishlarini bajarishda o‘quvchilar qog‘oz va kartonga ishlov berish (egish, qirqish), kartonga qog‘oz yopishtirish, ayrim-ayrim varaqlarni yopishtirish kabi malakalarini mustahkamlaydilar. Ular kitobga muqova qilish usullarini o‘rganib, egallab borar ekanlar, poligrafiya sanoatining tarmoqlaridan biri haqida bilim olib, muqovasozlik ishining asoslari bilan tanishadilar. Muqova ishlash ishiga aloqador kasblar bilan tanishadilar. Bundan tashqari bolalarga kitobga muhabbat, unga nisbatan tartiblilik bilan munosabatda boiish singdiriladi. Muqova yasash ishlarini bajarish jarayonidagi muqovani bezashda bolalardagi badiiy did, o‘lcham olish, qirqish va egish ishlarida aniqlik va tartiblilik rivojlanadi. Kitoblami tuzatishda ularni ijtimoiy foydali mehnatga o‘rgatiladi.

Yüklə 140,83 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin