Mavzu: Applikatsiya va mozaika bilan ishlash darslarini tashkil etish metodikasi Reja


Zamonaviy ta’lim shakllari: masofali o`qitish, mahorat darslari, vebinar, evrestik



Yüklə 147,4 Kb.
səhifə23/36
tarix13.05.2023
ölçüsü147,4 Kb.
#113225
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   36
Mavzu Applikatsiya va mozaika bilan ishlash darslarini tashkil

Zamonaviy ta’lim shakllari: masofali o`qitish, mahorat darslari, vebinar, evrestik
metodlar
Vebinar metodi
Bugun masofaviy ta’limning yana bir turi «webinar» (1998 yilda bu termin
muloqatga kiritildi) texnologiya vujudga keldi. Vebinar texnologiya o‘qitishni web –
texnologiya asosida interaktiv holda tashkil etishni nazarda tutadi. Bu texnologiya nafaqat
tinglovchilarga axborotni etkazadi, balki ular bilan muloqotga kirishish (og‘zaki, ѐzma)
imkonini yaratadi, ya’ni seminar ko‘rinishida fikrlarni almashish, o‘z fikrini baѐn etish
mumkin. Boshqacha qilib aytganda internet tarmog‘i asosida tashkil etiluvchi ta’lim ham
sub’ekt-sub’ekt paradigmasiga o‘tmoqda.
Vebinar usulida dars seminar ѐki konferensiya Internet orqali bir vaqtda hozir
bo‘lgan tinglovchilar bilan audio video (va avvalgi postlarda sanab o‘tilgan ko‘plab
interaktiv imkoniyatlar) bilan jonli olib borilib ushbu dars keyingi foydalanishlar uchun ѐzib
olinishi mumkin bo‘lsa-da, butun o‘quv ѐki kurs jaraѐnidagi darslar yagona platforma
doirasida o‘zaro uzviy bog‘lanmaydi, ya’ni alohida-alohida bir martalik darslar bo‘ladi
deyish mumkin.
Evristik o‘qitish metodi
Evristik o‘qitish metodini qo‘llashda o‘qituvchi o‘quvchilar bilan hamkorlikda hal
etilishi zarur bo‘lgan masalani aniqlab oladi.O‘quvchilar esa mustaqil ravishda taklif etilgan
masalani tadqiq etish jaraѐnida zaruriy bilimlarni o‘zlashtirib oladilar va uning echimi
bo‘yicha boshqa vaziyatlar bilan taqqoslaydi. O‘rnatilgan masalani echish davomida
o‘quvchilar ilmiy bilish metodlarini o‘zlashtirib tadqiqotchilik faoliyatini olib borish
ko‘nikmasi tajribasini egallaydilar.
Ta’lim jaraѐnida tadqiqotchilik o‘qitish metodini qo‘llashda o‘qituvchi va o‘quvchilar
tomonidan quyidagi harakatlar amalga oshiriladi.
Evristik metod o‘qituvchilardan ijodiy xususiyat kasb etuvchi yuqori darajadagi bilish
faoliyatini tashkil eta olish ko‘nikma va malakalariga ega bo‘lishni taqozo etadi. Buning
natijasida o‘quvchilar mustaqil ravishda yangi bilimlarni o‘zlashtira oladilar. Ular odatda
yuqori sinf o‘quvchilarining o‘zlashtirish darajalarini hisobga olgan holda ma’lum holatlarda
qo‘llaniladi. Ushbu metodlardan boshlang‘ich sinflarda foydalanish amaliѐtchio‘qituvchilarning fikrlariga ko‘ra birmuncha murakkab hisoblanadi. Biroq uzluksiz ta’lim
tizimiga shaxsga yo‘naltirilgan ta’limni faol joriy etishga yo‘naltirilgan ijtimoiy harakat
amalga oshirilaѐtgan mavjud sharoitda ushbu yo‘nalishdagi loyihalarni tayѐrlash o‘ziga xos
dolzarb ahamiyatga ega bo‘lib bormoqda.
SHunga qaramasdan bu tasnif maktab amaliѐtida birmuncha keng tarqalgan va pedagogik
hamjamiyat tomonidan e’tirof etilgan. SHuningdek, buyuk didakt I.YA.Lerner asarlari asosida
ilmiy tadqiqot ham amalga oshirilgan.
Xorijiy ta’limda so‘nggi yillarda bir qator atamalar keng ishlatilmoqda. Bularga
tyutor, edvayzer, fasilitator va moderator tushunchalari kiradi.
TYUTOR - ( Tutorem-lotincha) ustoz, murabbiy vazifasini bajaradi. Ba’zi hollarda
ma’ruza o‘qituvchisi bilan tinglovchi orasidagi bog‘lovchi rolini ham bajaradi. Bunda
ma’ruzachi tomonidan berilgan bilimlarni keng egallashda maslahatchi va ustoz rolini bajaradi.
EDVAYZER (advisor)-fransuzcha ―avisen‖―o‘ylamoq‖) tinglovchilarning individual
holda bitiruv malakaviy ishi, kurs loyihalarini bajarishda maslahatchi rolini bajaradi.
FASILITATOR - (ingliz tilida facilitator, lotincha facilis–engil, qulay)- guruhlardagi
faoliyat natijasini samarali baholash, muammoning ilmiy echimini topishga yo‘naltirish,
guruhdagi komunikatsiyani rivojlantirish kabi vazifalarni bajaradi.
MODERATOR -qabul qilingan qoidalarga amal qilishni tekshiradi, tinglovchilarning
mustaqil fikrlash va ishlash qobiliyatlarni rivojlantirish, bilish faoliyatini faollashtirishga
ѐrdam beradi.
Ma’lumotni, seminarni, treninglar va davra suhbatlarini boshqaradi, fikrlarni
umumlashtiradi.Bizning ta’limda ushbu faoliyatlarning hammasini o‘qituvchi bajaradi va
pedagog ѐki o‘qituvchi deb yuritiladi.

Yüklə 147,4 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   36




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin