-ki bog‘lovchi yordami bilan tuzilgan to’ldiruvchi ergash gaplarning o‘ziga xos turi bor. Bu xil konstruksiyalarda -ki bog‘lovchisi bevosita bosh gap tarkibidagi aniqlanayotgan otga bo‘g‘lanadi, bosh gapning kesimi shart fe’li shaklida bo‘ladi: ...unday bo‘lsa, har narsaki, boy munosib ko‘rib bersalar, o‘sha sening o‘n ikki yillik haqqing bo‘ladi.(S.A.) …u qaysi hovligaki qo‘nsa, hamma hujralarda o‘sha kecha palov pishirilar ekan. (S.A.) Bunday konstruksiyalarda -ki bog‘lovchisini olgan ot undan keyin kelayotgan gap tomonidan ham (boy munosib ko‘rgan narsa va qo‘ngan hovli), ergash gap tomonidan ham izohlanadi.
2. To’ldiruvchi ergash gaining maxsus turi bosh gapdan oldin keladi, bosh gap tarkibidagi biror otni izohlaydi, aniqlaydi, izohlanmish ot ergash gap bilan yonma – yon keladi. 37 To’ldiruvchi ergash gapning bu turi o‘zbek tilining o‘ziga xos ichki xususiyatidan kelib chiqadi va mazmunan hamda intonatsiyada yumuq bir guruhni tashkil etadi. Bosh gap tarkibidagi otning belgisi hukm yo‘li bilan ifodalanadi; to’ldiruvchi gap tarkibida o‘z egasi va kesimi bo‘ladi. Ana shu grammatik belgisiga ko‘ra, to’ldiruvchi ergash gap sanaladi.
To’ldiruvchi ergash gapning maxsus turi uch guruhni tashkil etadi.
To’ldiruvchi ergash gapningbirinchi guruhida ergash gap bosh gapga analitik yo‘l bilan bog‘lanadi: ergash gapni bosh gapga bog‘lash uchun asl ma’noni yo‘qotib , yordamchi so‘zga o‘tgan degan sifatdosh shaklida qo‘llanadi. Ergash gap shaklan ko‘chirma gap shaklida bo‘lsa ham, mazmunan biror shaxs tomonidan aytilgan gapning aynan ko‘chirmasi bo‘lmaydi. Muallifning taxmini yoki biror maqol, matal bo‘ladi.38 Ergash gapning tarkibida ega va kesim bo‘lib, ular shaxsda moslashadi, kesim shaxs ko‘rsatuvchi shaklda bo‘ladi. Odatda, ergash gapdan so‘ng qisqa pauza berilib, bosh va ergash gapni biriktiruvchi degan yordamchisi bosh gap tarkibidagi aniqlanmish so`z bilan umumuy intonatsiyaga ega bo`ladi, ularning orasida pauza berilmaydi:
Saida gap tomom bo‘ldi degan hayolda o‘rnidan turmoqchi edi. Nosirov to‘xtatdi. Saida qalandarov haqida biron gap topib keldi-mi, degan hayolda havotirga tushdi-yu, darrov cho‘qilab ko‘rdi. (A.Qh.)