Arab tilidagi الموصولة الجملة o‘zbek va rus tillaridagi aniqlovchi, ega, kesim yoki to‘ldiruvchi ergash gapli qo‘shma gaplar shaklida tarjima qilinganligi uchun ham o‘zbek va rus arabshunos olimlari الموصولة الجملةtarkibidagi nisbiy olmoshlarning vazifasini inobatga olgan holda arab tilshunoslarining tahlillaridan farqli ravishda ega, kesim, to‘ldiruvchi ergash gaplar shaklida tahlil qiladilar.
Ko‘p hollarda ﻤﺎ nisbiy olmoshi kesim va ega ergash gaplarda bosh gap bilan ergash gapni bog‘laydi.
Arab tilidagi الموصولةالجملة “al-jumlatu l-mavsulatu”larni o‘zbek tiliga ega, kesim va to‘ldiruvchi ergash gaplar tarzida tarjima qilinadigan muqobillarini ko‘rib o‘tamiz.
Bosh gapning to‘ldiruvchisi vazifasida keluvchi ergash gap to‘ldiruvchi ergash gap deyiladi. To‘ldiruvchi ergash gap ham to‘ldiruvchi javob bo‘lgan savollarga javob bo‘ladi. Arab tilidagi الموصولة الجملة larni o‘zbek tiliga to‘ldiruvchi ergash gaplar tarzida tarjima qilinadigan muqobillarini keltiramiz.
1. ﺍﻟﺻﻌﺑﺔ ﺃﻴﺎﻤﻰ ﻓﻰ ﺴﺎﻋﺪﻭﻨﻰ ﺍﻟﺫﻳﻦ ﺃﻨﺴﻰ ﻻ ﺇﻨﻨﻰ Qiyin kunlarimda menga yordam qilganlarni unutmayman. أكرمتُ اللتينِ اجتهدتا
Ta’lim olayotgan ikki ayolga yaxshilik qildim. Bu ikki misolga e’tibor qaratadigan bo‘lsak, birinchi misoldagi ﺍﻟﺫﻳﻦ nisbiy olmoshi ﺃﻨﺴﻰfe’li, ikkinchi misolda اللتينnisbiy olmoshlari أكرمتُ fe’li ta’sirida tushum kelishigida kelgan.
Quyida nisbiy olmoshlar fe’l ta’sirida tushum kelishigida kelgan va o‘zbek tiliga to‘ldiruvchi ergash gaplar shaklida tarjima qilinadigan misollarni keltirib o‘tamiz.
. ﺑﻪ ﺗﺜﻕ ﺍﻟﺬﻯ ﺍﺴﺘﺸﺮ