Mavzu: arifmetik progressiya



Yüklə 66,5 Kb.
səhifə5/5
tarix02.01.2022
ölçüsü66,5 Kb.
#38495
1   2   3   4   5
Arifmetik progressiya1

a1 + d,

a2 + d = a1 + 2d,

a3 + d = a1 + 3d va h.k.

Umuman,


an = a1 + (n -1)d, (1)

chunki arifmetik progressiyaning n- hadi uning birinchi hadiga d sonini (n - 1) marta qo‘shish natijasida hosil qilinadi.

(1) formula arifmetik progressiyaning n-hadi formulasi deyiladi.

2 - m a s a 1 a. Agar a1 = -6 va d = 4 bo‘lsa, arifmetik progressiyaning yuzinchi hadini toping.

(1) formula bo‘yicha: a100 = -6 + (100-1)-4= 390.



3-masaIa. 99 soni 3, 5, 7, 9, ... arifmetik progressiyaning hadi. Shu hadning nomerini toping.

Aytaylik, n - izlangan nomer bo‘lsin. a1 = 3 va d = 2 bo‘lgani uchun an = a1 + (n - 1)d formulaga ko‘ra: 99 = 3 + (n - 1) • 2. Shuning uchun 99 = 3 + In - 2; 98 = 2n, n = 49.



J a vob: n = 49.

4 - masa1a. Arifmetik progressiyada a8 = 130 va a12 = 166. n-hadining formulasini toping.

(1) formuladan foydalaniib, topamiz:



a8 = a1+ 7d, a12 = a1 + 11d.




a8 va a12 larning berilgan qiymatlarini qo‘yib, ax va d ga nisbatan tenglamalar

sistemasini hosil qilamiz:Demak, a1 = 130 - Id = 130 - 63 = 67. Progressiya n-hadi Ikkinchi tenglamadan birinchi tenglamani ayirib, hosil qilamiz:

4d = 36, d = 9

formulasini yozamiz:an = 67 + 9(n - 1) = 67 + 9n - 9 = 58 + 9n.



Javob: a = 9n + 58. a
O‘tilgan mavzuni mustahkamlash:

1. Savollar: 1) Sonli ketma-ketlik deb nimaga aytiladi?

2) Arifmetik progressiya deb nimaga aytiladi?

3) Arifmetik progressiyaning ayirmasi deb nimaga aytiladi?

4) Arifmetik progressiyaning n hadi formulasini ayting.



2. Misollar.

395. Agar:

l) a1 = 2 va d = 5; bo‘lsa, arifmetik progressiyaning dastlabki beshta hadini yozing.



a2= a1+d=2+5=7; a3= a2+d=7+5=12; a4= a3+d=12+5=17;

a5= a4+d=17+5=22;

Javob:_2,_7,_12,_17,_22.'>Javob: 2, 7, 12, 17, 22.
2) a1 = -3 va d = 2 bo‘lsa, arifmetik progressiyaning dastlabki beshta hadini yozing.

a2= a1+d=-3+2=-1; a3= a2+d=-1+2=1; a4= a3+d=1+2=3; a5= a4+d=3+2=5;

Javob: -3, -1, 1, 3, 5.
396. n- hadining formulasi bilan berilgan quyidagi ketma-ketlik arifmetik progressiya bo‘lishini isbotlang:

1) an = 3 - 4n;



a1 =3-4=-1; a2 =3-4*2=3-8=-5;

a3 =3-4*3=3-12=-9 a4 =3-4*4=3-16=-13.

d=a2-a1=a3-a2=a4-a3=-4;
397. Arifmetik progressiyada:

1) agar a1 = 2, d = 3 bo‘lsa, a15 ni toping;

a15=a1+14d=2+14*3=2+42=44;

Javob: a15=44;

2) agar a1 = 3, d = 4 bo‘lsa, a20 ni toping;



a20=a1+19d=3+19*4=3+76=79;

Javob: a20=79;
Darsni yakunlash:

Darsda faol qatnashgan o‘quvchilarni baholash va rag‘batlantirish.

Uyga vazifa: 396, 397(3-4).



Yüklə 66,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin