Pech yer osti lahimi bo‘lib, foydali qazilmani pastga o‘z og‘irligi bilan tushirish uchun xizmat qiladi.
Gorizontal yer osti kon lahimlariga --- shtolnya, kvershlag, shtrek, rassechka kiradi. . . Shtolnya -- gorizontal yer yuzasi bilan tutash kon lahimi bo‘lib, geologik qidiruv yoki kon qazish ishlari – tashish, shamollatish va suv chiqarish uchun xizmat qiladi. Kvershlag gorizontal yer osti kon lahimi bo‘lib, yer yuziga chiqmaydi. Tog‘ jinslari orasidan foydali qazilma yotqizig‘iga ko‘ndalang o‘tkazilgan va tashish, shamollatish, ishchilar yurishi, suv chiqarish uchun mo‘ljallangan, elektr va aloqa kabellari o‘tkazilgan kon lahimidir. . Shtrek gorizontal yer osti kon lahimi bo‘lib, foydali qazilma yotqzig‘iga parallel o‘tkazilgan bo‘ladi. Rassechka gorizontal kon lahimi bo‘lib, yer yuziga chiqmaydi va u kon qidiruv ishlari uchun mo‘ljallangan shurf, shtolnya, shtrek, ko‘tarilmalar ichidan foydali qazilmalarga ko‘ndalang o‘tiladi. Rassechkalar uzunligi 20–30 metr, ba’zida 50–100 metr gacha bo‘ladi. Gorizontal kon lahimi foydali qazilma ichidan ko‘ndalang o‘tilgan bo‘lsa, ort deyiladi. Ortning yuzasi shtrekning yon devoridan, foydali qazilma ichidan o‘tiladi Duchka-kichik qiya yoki vertical kon lahimi, tortburchak yoki aylana shaklda o`tiladi. Portlagan rudani ishchi gorizontga chiqarish uchun xizmat qiladi. Odatda uning yuzasi 2-4 m2 ni tashkil qiladi. To`ldirish (забутовка)-kon lahimida mustahkamlagich tayanchi va tog` jinsi orasidagi bo`shliqni to`ldirish jarayoni. Odatda to`ldirish nateriali sifatida bo`sh tog` jinsi yoki turli xil to`ldiruvchi materiallar ishlatiladi( yog`och, temir beton, shinalar, beton va h.). Qazib olish tizim klassifikatsiyasi— ishlab chiqarish tizimlari bir yoki bir nechta tanlangan belgilar asosida guruhlarga taqsimlash. Adabiyotlarda qirqdan ortiq turli xil tizimlar mavjud. Ularni sinflarini ajratish va kichikroq birliklarga bo`lish uchun asos sifatida turli xil xususiyatlar qabul qilingan. Ular: -kon bosimini boshqarish. - qazib olinayotgan maydonning qazish davridagi holati. - foydali qazilmani massivdan ajratish usuli. - zaboyni tozalash formasi. - foydali qazilma konlarining geologic xususiyatlari. - foydali qazilma yetkazib berish usuli. - konlarni ishlab chiqish tartibi va boshqalar. Ruda konlarida qazish tizimlari turlicha klassifikatsiyalanadi. Bu yerda (1-jadval) kon bosimini boshqarish usuli bo’yicha klassifikatsiya keltirilgan. 1 – jadval
Sinf
Qazish tizimlari:
I
Ochiq qazib olingan bo’shliq bilan
II
Qazib o’tilgan bo’shliqda rudalarni magazinlash bilan