1.1-rasm. ALT vositalari kompleksi va komponentlarining turlari
Vazifasi bo’yicha DMKlar u m u m t i z i m i y DMKlarga va b a z a v i y DMKlarga
bo’linadi; bazaviy DMKlar uz navbatida muammoga yunalgan va ob`ektga yunalgan DMKlarga
bo’linadi.
Dasturiy-tehnikaviy kompleks DMKlarning tehnikaviy ta`minotning komplekslari va
(yoki) komponentlari bilan o’zaro bog`langan majmuidan iborat.
Vazifasi bo’yicha DTKlar avtomatlashtirilgan ish joyi (AIJ) va markaziy hisoblash
komplekslari (MHK)ga bo’linadi.
Vositalar komplekslari o’zlarining hisoblash va informatsion resurslarini birlashtirib
nimtizim yoki butun tizimlarning lokal hisoblash tarmoqlarini tashkil qilishi mumkin.
Dasturiy informatsion, metodik, matematik, lingvistik va tehnikaviy ta`minot turlarining
komponentlari vositalar komplekslarining tarkibiy qismi hisoblanadi.
ALTVK funksiyalarini samarali bajarishi vositalar komplekslari tarkibiga kiruvchi
komponentlarni sotib olinadiganlari bilan o’zaro moslashuzini ta`minlagan holda ishlab chiqish
hisobiga erishilishi kerak.
Umumtizimiy DMKlar dasturiy, informatsion, metodik va boshqa turdagi ta`minotlarni o’z
ichiga oladi. Ular boshqaruv, nazorat, hisoblash jarayonini rejalashtirish, ALT resurslarini
taqsimlashni bajarish va nimtizim yoki butun ALT uchun umumiy bo’lgan boshqa funksiyalarni
amalga oshirish uchun mo’ljallangan.
Umumtizimiy DMKlarga misollar: monitor tizimlari, ma`lumotlar bazalarini (MB)
boshqarish tizimlari, informatsion-qidiruv tizimlari, mashina grafikasi vositalari, dialogli rejimni
ta`minlovchi nimtizimlar va h.k.
Dostları ilə paylaş: