Axborot globallashuvning fan tarkibiga kiritilishi arafasi. Bu davrda dunyodagi barcha mamlkatlarning iqtisodiy jihatdan tabiiy yaqinlashuvi o‘rniga taraqqiy topgan mamlkatlarning butun dunyoda ustuvor darajaga ko‘tarilishi oqibatida yagona iqtisodiy makon shakllanishi tezlashuviga olib keldi. Globallashuv avvalo, iqtisodiy integratsiyalashuv asosida jahonni qamrab olishga urindi. Sobiq ittifoqning parchalanishi bir tomonning iqtisodiy yuksalishi, ikkinchi tomonning iqtisodiy inqirozga yo‘naltirilgani fonida kechdi. Davlat harbiy tomondan bir-birlarini mag‘lub etishi umuminsoniyatning halokatiga yo‘naltirilganini allaqachon anglab etgan edi. Endilikda to‘g‘ri yo‘l, iqtisodiy etakchilik orqali hukumronlikni qo‘lga kiritish bo‘lib qoldi. Ikki qutb o‘rtasidagi raqobat kuchlar balnsida tafovutlarni paydo qildi. Kuchlar balansidagi tafovut bir tomonlama qaraganda AQSH foydasiga o‘zgarganday tuyuladi. AQSHning moddiy, mafkuraviy, geosiyosiy imkoniyatlari kattaligi faoliyat doirasida bir muncha kengayishni yuzaga keltirgani ayni haqiqat. U dunyodagi iqtisodiy va harbiy, siyosiy jihatdan eng qudratli davlat. Ammo, bu AQSHni dunyo tizimini o‘z qo‘liga oldi degani emas. XX asr o‘rtalarida SSSR degan imperiya AQSHni ko‘p masalalarda yon berishga majbur etgani ma’lum. Asrning oxirgi choragidan boshlab, G‘arbiy Evropa davlatlari o‘z qudratlarini tiklab oldilar. YAponiya, Xitoy, Turkiya, Saudiya Arabistoni, Pokiston, Hindiston kabi davlatlar jahon iqtisodi va siyosatida muhim o‘rinni egallay boshlashdi22. Bu esa, axborotlashgan mafkuraviy jarayonlarning keng rivojlanishiga zamin hozirladi. Endilikda yangi ming yillik arafasida globallashuv bir tarmoqli jarayon emas, ko‘p tarmoqli jarayonga aylandi. Uning ta’sir etish aurasi kengayib ketdi.
Axborot globallashuvning tarmoqlararo kengayishi. Bu davrga kelib barcha mamlakatlarda jamiyatning iqtisodiy negizlarini mustahkamlash, fuqarolarning moddiy farovonligini oshirish masalalariga alohida e’tibor berila boshlandi. Iqtisodiy taraqqiyot ilm-fan rivoji, yangi va yangi kashfiyotlar uchun puxta zamin yaratdi. O‘z navbatida, ilm zafarlari kishilar, millat va elatlar, davlatlar o‘rtasidagi ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy, ma’naviy-madaniy aloqalarning intensivlashuviga keng yo‘l ochib berdi. SHu tariqa globallashuv butunjahon ijtimoiy taraqqiyotining tendensiyasiga aylandi. Buning ustiga, yangi asrga kelib uning sur’atlari shu qadar jadallashdiki, ko‘lami esa shu qadar kengaydiki, ayrim olimlar bu jarayonga nisbatan “gipergloballashuv” tushunchasini qo‘llamoqdalar23. Globallashuv aralashmagan sohaning o‘zi qolmadi. Bundan keyingi jamiyat globallashuv asosida kechadi. SHunga ko‘ra, globallashuvning salbiy ta’siri ham kengayib bormoqda. “Taassuflar bo‘lsinki, davlatlar, millatlar o‘rtasida sun’iy ravishda ziddiyatlar keltirib chiqarish bilan maxsus shug‘ullanadigan toifalar ham mavjud”24ligi xalqaro munosabatlarning chigallashuvi kuchlar va manfaatlar muvozanati buzilishiga hamda xalqaro keskinlikning kuchayishiga olib kelmoqda. Buni qanday izohlash mumkin? Ob’ektiv jarayonlarga sub’ektiv – “zarbami” yoki taraqqiyot qonuniyatlariga sub’ektiv hohish-istakning qarama-qarshi qo‘yilishi va uning asossiz ravishda bo‘rttirilishimi? Nima bo‘lganda ham globallashuv ob’ektiv jarayon ekanligi va shu bilan parallel ravishda mafkuraviy intilishlar mavjudligi ziddiyatli davrimizning mohiyatini o‘zida ifoda etadi. Siyosiy, iqtisodiy, madaniy-mafkuraviy gegemonizm esa xalqaro munosabatlarning eng muhim tarmog‘i bo‘lib qolmoqda. Uning uchun sun’iy ravishda qulay vaziyatlar, imkoniyatlar yaratildi. Bu jarayonlar insonlarda ogohlik tuyg‘ularini shakllantirishni, uni yanada mustahkamlashni kun zaruriyatiga aylantirdi va jadal rivojlanib bordi.
Paragraf xulosalariga ko‘ra, axborot xuruji tushunchasi axborot urushi iboralari bilan hamohanglikni tashkil etadi. Axborotlarni idrok qilish usuliga ko‘ra va taqdim etish ko‘rinishiga ko‘ra shakllarga ajratiladi. YAngilanayotgan jamiyatda axborotlarni o‘zining sub’ektiga ko‘ra uchta katta guruhga ajratish mumkin: birinchi guruhga axborotlarni o‘zida miqdoriy va sifatiy jihatdan aks ettirgan holda saqlovchi, qayta ishlovchi va uzatuvchi texnologiyalarga asoslangan vositalar – oddiy aloqa tarmoqlaridan tortib bugungi kundagi murakkab texnologiya asosiga qurilgan ixcham va qulay xar-xil turdagi katta va kichik qurilmalargacha bo‘lgan vositalarni o‘z ichiga oluvchi; ikkinchi guruhga ularning ijodkori bo‘lgan intellektual aql sohiblarini; uchinchi guruhga ulardan foydalanuvchi shaxs, jamoa va boshqa turli xildagi birlashmalarni kiritish mumkin.