Mavzu. Axborot xurujiga qarshi yoshlarda ogohlik tuygularini tarbiyalash kirish I bob. Axborot xuruji va ogohlikning nazariy-metodologik asoslari



Yüklə 340,5 Kb.
səhifə5/26
tarix07.06.2023
ölçüsü340,5 Kb.
#126351
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   26
G`olib disertatsiya eng yangi

Худойкулов Голибжон Толибович
Аннотация
Поскольку кибератаки продолжают использовать уязвимости и внедрять новые угрозы и уязвимости, учителя, родители и учащиеся также должны быть оснащены знаниями для защиты своих устройств и личной информации. Благодаря многочисленным достижениям в области современных технологий онлайн-обучение стало более удобным, чем когда-либо, позволяя учащимся испытать высококачественный опыт и результаты, которые традиционное образование обеспечивает посредством виртуального опыта.
Ключевые слова: киберактивность, информационная атака, киберзлоумышленники, молодежь.

AXBOROT XURUJI, KIBERHUJUMGA QARSHI YOSHLARDA OGOHLIK TUYG`ULARINI TARBIYALASH MASALALARI
Xudoyqulov G'olibjon Tolib o'g'li
Annotatsiya
Kiberhujumchilar bo'shliqlardan foydalanishda va yangi tahdidlar va zaifliklarni kiritishda davom etar ekan, o'qituvchilar, ota-onalar va o'quvchilar ham o'z qurilmalari va shaxsiy ma'lumotlarini himoya qilish bo'yicha bilimlar bilan jihozlanishi kerak. Zamonaviy texnologiyalarning ko'plab yutuqlari tufayli onlayn ta'lim har qachongidan ham qulayroq bo'lib, o'quvchilarga virtual tajriba orqali an'anaviy ta'lim taqdim etadigan yuqori sifatli tajriba va natijalarni olish imkonini beradi.
Kalit so`zlar: kiberfaoliyat, axborot xuruji, kiberhujumchilar, yoshlar.

I BOB. AXBOROT XURUJI VA OGOHLIKNING NAZARIY-METODOLOGIK ASOSLARI
1.1. Axborot xuruji va ogohlik tushunchasi mazmun-mohiyati va asosiy yo‘nalishlari
Jahon mamlakatlari uchun ijtimoiy-iqtisodiy, ma’naviy-madaniy, siyosiy va boshqa sohalarda globallashuv asri namoyon bo‘lmoqda. Bugungi kunda axborotlashuv sohasining globallashuvi rivojlanayotgnan mamlakatlarda yoshlarda ogohlik tuyg‘ularini shakllantirish strategiyasini qayta ko‘rib chiqishini taqozo etmoqda. Chunki, axborot xurujining obyekti qamrovi ham chegara bilmas darajada kengayib bormoqda. Jamiyat iste’moliga yo‘naltirilayotgan axborotlarning qaysisi foydal, qaysisi zararli ekanligini inson anglashi qiyinlashib ketdi. Bu esa axborot xurujlariga qarshi yoshlarda ogohlik tuyg‘ularini shakllantirish vazifalariga ehtiyojni ortishiga olib kelmoqda. Shu sababli, axborot xuruji va ogohlik tuyg‘usi tushunchasining mazmun-mohiyatini ilmiy-nazariy jihatdan o‘rganish va kelajak avlodga yetkazish ijtimoiy fanlarning vazifasiga aylangan.
Axborot tushunchasi haqida turli tadqiqotlarda turlicha ma’lumotlar berilgan. Masalan, N.Viner “axborot – tashqi olamga ko‘nikish jarayonida undan olingan mazmunni ifodalashdir”9, L.Popov esa, “axborot kommunikatsiya va aloqa jarayonidagi noaniqlikning bartaraf qilinishi”10 – deb hisoblaydi. R.Eshbi “axborot – struktralarining me’yori, yangilik, orginallik”11, S.Mol “axborot – tanlash ehtimolligi”12, L.G.Svitich “axborot tushunchasi ko‘p ma’noga ega, lekin umumiy falsafiy, metolengvistik ma’noda potensial, keng yoritilgan real mohiyatlarning majmui”13 – degan ta’riflarni berishgan. O‘zbek tilining izohli lo‘g‘atida – ish, voqea-hodisalar haqida tushuncha beruvchi xabar, ma’lumot14 deb, ta’kidlangan. O‘zbekiston milliy ensiklopediyasida, axborot – biron voqea haqidagi batafsil xabar, ma’lumot deb izohlangan. SHuningdek, davlatlar o‘rtasidagi muzokaralar natijasida tuzilgan bitim yoki shartnoma to‘g‘risida hukumatning rasmiy xabari. Xalqaro huquqda ikki va undan ortiq davlatlar o‘rtasida olib boriladigan diplomatik muzokaralar natijasida tuzilgan bitimlar, shartnomalar yoki qabul qilingan boshqa qarorlar haqidagi xabar ikki yoki undan ortiq davlatlar tomonidan rasmiy e’lon qilinadi. Ikki davlatlar o‘rtasida olib borilgan muzokaralar haqidagi axborot odatda qo‘shma axborot deb ataladi15.
YUqoridagilardan ham ko‘rinib turibdiki, axborot mazmuni va tushunchasiga berilgan ta’riflar xilma-xilligi bilan ajralib turadi. Bugungi kunda axborot tushunchasini kundalik hayotda qo‘llayotgan kishilar:
- axborot – unga moslashish jarayonida tashqi dunyodan olingan mundarijani anglashdir;
- axborot – jarayon davomida noma’lumlikni bartaraf etadigan kommunikatsiyadir;
- axborot – xilma-xilligini etkazishdir;
- axborot – orginallik, yangilikdir;
- axborot – tizimning murakkabligi chorasidir;
- axborot – tanlash ehtimolidir;
- axborot – xilma-xillikni aks ettirishdir, degan ma’nolarni anglatish uchun ishlatadilar. Ko‘rinib turibdiki, axborot tushunchasi bugungi kunda global ma’no kasb etmoqda. U inson tafakkuriga ta’sir o‘tkazuvchi, insoniyat hayoti va taqdirini u yoki bu tomonga burib yuboruvchi, goh salbiy, goh ijobiy mohiyat kasb etuvchi vositaga aylandi16. SHu tariqa bugungi kunda axborot deganda biror kimsa, narsa yoki hodisa haqida darak, ma’lumot berish, bildirish, uni muayyan vositalar orqali etkazish yoki ovoza qilish tushuniladi.
Falsafiy jihatdan axborotlarni o‘zining aks ettirish ob’ektiga ko‘ra: birinchidan, tabiat (koinot, er-suv, tuproq, o‘simlik, hayvonot va boshqalar); ikkinchidan, jamiyat (odamlar, jamoat birlashmalari, davlatlar, ularning tuzilishlari, iqtisodiy, siyosiy, ma’naviy-ma’rifiy faoliyatlari); uchinchidan, inson faoliyati (jismoni va aqliy salohiyati, salomatligi, ongi va tafakkuri, mentaliteti, moyilligi va boshqalar) haqida batafsil ma’lumotlarni etkazib beruvchi guruhlarga ajratish mumkin. Bu bilan ularni tasniflash muammosi tugamaydi. Mavjud olamda yuz berayotgan hodisa, voqea, jarayonlar qanchalik tez va izchil kechsa, ular haqidagi informatsiyalar oqimi ham shunchalik ko‘p va xilma-xil bo‘ladi. YAngilanayotgan jamiyatda axborotlarni o‘zining sub’ektiga ko‘ra uchta katta guruhga ajratish mumkin. Bunda:
birinchi guruhga axborotlarni o‘zida miqdoriy va sifatiy jihatdan aks ettirgan holda saqlovchi, qayta ishlovchi va uzatuvchi texnologiyalarga asoslangan vositalar – oddiy aloqa tarmoqlaridan tortib bugungi kundagi murakkab texnologiya asosiga qurilgan ixcham va qulay xar-xil turdagi katta va kichik qurilmalargacha bo‘lgan vositalarni o‘z ichiga oluvchi;
ikkinchi guruhga ularning ijodkori bo‘lgan intellektual aql sohiblarini;
uchinchi guruhga ulardan foydalanuvchi shaxs, jamoa va boshqa turli xildagi birlashmalarni kiritish mumkin.
Bulardan tashqari axborotlarni quyidagi tur va shakllarga ajratish mumkin: idrok qilish usuliga ko‘ra; taqdim etish ko‘rinishiga ko‘ra. Ushbu axborot tur va shakllarining o‘zi ham bir necha qismlarga taqsimlash mumkin.
Idrok qilish usuliga ko‘ra quyidagi ko‘rinishlarga ajratiladi: vizual – ko‘rish organlari orqali; audial – eshitish organlari orqali; hidlash orqali qabul qilinadigan axborotlar.
Taqdim etish ko‘rinishiga ko‘ra axborotlarni quyidagi shakllari mavjud: matnli axborot – turli ramzlar orqali; sonli axborot – raqamlar va belgilar yordamida; grafik axborot – predmetlar, tasvirlar, grafiklar yordamida; tovushli axborot – og‘zaki yoki tovush uzatadigan yozuv shaklida ifodalanadi.
Axborot vazifasiga ko‘ra quyidagi turlarga ajratiladi: ommaviy jamiyatning ko‘pchilik qismi uchun tushunarli bo‘lgan; maxsus tor ijtimoiy guruh doirasi uchun mo‘ljallangan; shaxsning qaysidir shaxs to‘g‘risidagi ma’lumotlar majmuidan iborat axborotlar17.
Axborot tushunchasi aqlli inson shakllangan vaqtlardan axborot olish, qayta ishlash, uzatish jarayonlari ham tezlasha bordi. Ilk vaqtlarda axborot tizimi inson hayoti va faoliyatida muhim ijobiy jarayon sifatida namoyon bo‘lgan bo‘lsa keyingi vaqtlarda axborot inson ongiga sun’iy ta’sir etuvchi xuruj sifatida ham namoyon bo‘la boshladi. Axborot xuruji atamasi – axborot urushi nomi bilan ham yuritiladi. Axborot xuruji iborasi XX asrga va yangi ming yillikka talluqli bo‘lsada, insoniyat qadim-qadim zamonlardan buyon axborot urushlari olib borgan. Mohiyatan urushlar tarixi ikkita omilga tayanadi: moddiy va ma’naviy. Qadimgi davrlarda sarkardalar dushman bilan urushda qurolli qo‘shin kuchidan tashqari, dushman qo‘shini ruhiyatiga salbiy ta’sir o‘tkazish, o‘z kuchiga ishonmaslik hissini keltirib chiqarish usullarini ishlab chiqqanlar. SHu usulga ko‘ra, dushman qo‘shiniga ta’sir ko‘rsatgan. Masalan, Amir Temur Qarshini, Zahriddin Muhammad Bobur Afg‘onistonni bosib olish arafasida raqib askarlarni (Amir Temur oz sonli otliq qo‘shinga shox-shabbani bog‘lab chang tuzonni ko‘tarib ko‘p sonli qo‘shin kelayotgandek) yolg‘on axborotni tarqatish orqali mag‘lubiyatga uchratgan. Bunga o‘xshash feyk xabarlarni tarqatish sarkardalar faoliyatida juda ko‘p uchragan. Biroq, ommaviy axborot vositalari, gazetalar, radio, televidenie paydo bo‘lishi bilan, albatta, axborot makoni o‘zgardi, axborot oldingilarga qaraganda shiddat bilan tarqaladigan bo‘ldi.
XIX asrning oxiri XX asr boshlarida ko‘pgina davlatlarda harbiy usullar bilan birgalikda tashkiliy, mafkuraviy urushlar strategiyasi bilan shug‘ullanuvchi tuzilmalar vujudga kela boshladi (AQSHda Ijtimoiy axborot qo‘mitasi, Angliyada dushman qo‘shini va aholisi orasida tashviqot Boshqarmasi, Fransiyada tashviqot xizmati, Germaniyada General shtabning maxsus bo‘linmasi va hakozolar)18. Birinchi jahon urushida harbiy to‘qnashuvlar bilan birgalikda axborot vositalaridan keng foydalanganlik haqida ko‘plab ma’lumotlar bor. Dushmanni axborot vositalari yordamida ruhiyatiga ta’sir etish, uni o‘z tomoniga og‘dirish, urush kayfiyatini so‘ndirishga bo‘lgan davatlar qo‘llanilgan. Bular asosan samolyot orqali varaqalar tarqatish, qo‘rqitish, kuchlarning teng emasligi va taslim bo‘lishga chaqiriqlar shaklida bo‘lgan. Axborot urushi atamasi ilk bor 1967 yili tilga olingan bo‘lib, bu iboraning muallifi sobiq sovet ittifoqiga qarshi boshlangan axborot urushining asoschilaridan biri Allen Dallesdir19. Keyinchaliu axborot urushi atamasi amerikalik fizik-olim Tomas Rona (Prezident Reygan va Bushlar davrida Oq uy va Mudofaa boshqarmasining ilmiy maslahatchisi) tomonidan 1976 yilda Boing kompaniyasi uchun tayyorlangan “Qurollar tizimi va axborot urushi” hisobotida qo‘llanilgan20. Hisobotda axborot infratuzilmasi Amerika iqtisodiyotining muhim tarkibiy qismiga aylanganligi va bir vaqtning o‘zida ham harbiy sohada, ham tinchlik vaqtida keng qo‘llanilishi mumkinligi ta’kidlangan. U axborotni harbiy kuchlarning eng zaif bo‘g‘ini deb ta’riflab, ushbu masalaga barcha davlatlar miqyosidagi ma’sul kishilarni e’tiborini qaratdi. SHundan beri mazkur so‘zlarning ahamiyati kundan-kunga kuchayib kelmoqda.
AQSH harbiy-havo kuchlari 1980 yildan boshlab harbiy sohada axborot vositalaridan foydalanish masalasini faol muhokama qila boshladi. Bu paytga kelib, axborot ham maqsad, hamqurol bo‘lishi mumkinligi haqidagi tasavvurlar shakllanib ulgurgan edi. Sovuq urush tugagandan so‘ng, yangi vazifalar paydo bo‘lishi bilan AQSH Mudofaa vazirligi hujjatlarida axborot urushi atamasi keng qo‘llaniladigan bo‘ldi. 1991 yilda “Sahrodagi bo‘ron” operatsiyasidan keyin esa, bu tushuncha OAVlarda tez-tez ishlatila boshlandi. Mazkur masala bo‘yicha dastlabki rasmiy xujjat sifatida AQSH Mudofaa vazirining 1992 yil 21 dekabrdagi “Axborot urushi” nomli deklaratsiyasini keltirish mumkin21. Ushbu masalaga oid adabiyotlarda axborot urushlarining turlicha nomlanishlarini, masalan, axborot kurashi, axborot ziddiyati, assimetrik urush, radio orqali bo‘lsa radioelektron urush, efir orqali urush, dezinformatsiya, harbiy ayyorlik, psixologik urush, psixologik operatsiya, axborot psixologik operatsiya, axborot-psixologik kurash, qo‘shinni psixologik himoyasi, psixologik himoya va jangovar harakatlarni axborot-psixologik ta’minlash tarzida uchratish mumkin. Bizda ko‘proq axborot xuruji atamalari kengroq ishlatilishi kuzatiladi. Hozirda axborot texnologiyalari yordamida turli usullarda olib borilayotgan xurujlarning asl maqsadi inson qalbi va ongi uchun kurashga qaratilgan. Bu jarayonni uchta asosiy bosqichdan iborat, deb aytish mumkin. Birinchi bosqichda – muayyan axborot inson tomonidan qabul qilinadi. Ikkinchi bosqichda – axborot inson ongida ma’lumot sifatida saqlanib qoladi va boshqa bir masala yuzasidan qaror qabul qilishda manba sifatida xizmat qiladi. Uchinchi bosqichda – axborot g‘oya yoki fikr sifatida inson qalbini egallaydi, ma’naviy-ruhiy holatining uzviy qismiga aylanadi hmda uning amaliy faoliyati asosini tashkil qiluvchi omil bo‘lib qoladi.
Axborot xuruji atamasining kelib chiqishi va siyosiy-harbiy hamda ilmiy doiralarda tez o‘rin olishini quyidagi omillar bilan bog‘lash mumkin:
1) harbiy qurolli to‘qnashuvga qaraganda kam harajat talab etishi va samarali natijani berishi;
2) dushmanga sezdirmagan holdao‘z maqsadlarini amalga oshirish imkoni mavjudligi;
3) zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining rivojlanishi qurol shlab chiqarishga nisbatan tez va arzonroq kechishi;
4) qattiq kuch (harbiy, moliyaviy-iqtisodiy kuch) har doim ham samarali emasligi va muqobil kuch zarurligini taqozo etishi.
Axborot qurolining ishlab chiqarilishi nisbatan arzonligi, axborot quroli uchun davlat chegaralari nisbiy xarakterga ega ekanligi, axborot xurujini oldini olshning diyarli iloji yo‘qligi, axborot urushi oqibatidagi zararni hisoblash murakkabligi, doimiy ravishda harbiy bloklar tuzish qiyinligi ham axborot vositalari yordamida urush olib borishning masshtablari kengayishiga olib keladi. Hozirgi paytda axborot urushi iborasi moddiy sohada muayyan naf ko‘rish maqsadida tizimlarning aniq maqsadni ko‘zlagan holda bir-biriga ochiq yoki yashirin tarzda ta’sir ko‘rsatishi sifatida talqin qilinadi. SHu munosabat bilan axborot urushi olib borishning bir nechta asosiy maqsadlari ajratib ko‘rsatiladi, bular:
1) o‘z harbiy axborot xizmati vazifalarini dushman harakatlaridan himoya qilish maqsadida axborot makonini nazorat qilish;
2) dushmanga nisbatan shiddatli axborot hujumi olib borish uchun nazoratdan foydalanish;
3) barcha joyda harbiy axborot xizmati vazifalaridan foydalanish orqali hprbiy kuchlarning umumiy smaradorligini oshirish;
4) sof mafkuraviy ta’sir o‘tkazishga urinish;
5) mamlakat aholisiga noto‘g‘ri ma’lumot berish (davlat va hukumat rahbarlariga ishonchsizlik o‘yg‘otish, davlat siyosatining ayrim yo‘nalishlariga norozilik kayfiyatlarini tug‘dirish, rasmiy targ‘ibot va axborot manbalari va kanallariga ishonchini yo‘qotish);
6) fuqarolarga psixologik bosim o‘tkazishga urinish (mish-mishlarni tarqatish, nosog‘lom kayfiyat tug‘dirish, turli ijtimoiy guruhlar orasida dushmonana kayfiyatlarni - millatchilik, diniy ekstremizm va fanatizmni o‘yg‘otish).
Axborot urushi ijtimoiy-psixologik hodisa sifatida quyida keltirilgan o‘z tuzilmasiga ega:
1) psixologik operatsiyalar – axborotdan dushman askarlarining tushunchalariga ta’sir ko‘rsatish uchun foydalanish;
2) elektron urush – dushman aniq axborot olishga imkon bermaslik;
3) noto‘g‘ri axborot – o‘z kuchlari va mo‘ljallari to‘g‘risida dushmanga yolg‘on axborot taqdim etish;
4) jimonan barbod qilish - axborot tizimlarining elementlariga ta’sir ko‘rsatish maqsadiga ega bo‘lsa, axborot urushining muayyan qismi bo‘lishi mumkin;
5) xavfsizlik choralari – o‘z imkoniyatlari va mo‘ljallari to‘g‘risida dushman bilib qolishiga yo‘l qo‘ymaslikka harakat qilish;
6) to‘g‘ridan-to‘g‘ri shiddatli axborot xurujlari – axbortning mohiyatini ko‘zga tashlanmaydigan holda to‘g‘ridan-to‘g‘ri buzish.
Ogohlik tuyg‘ularini shakllantirish masalasi qadimdan dolzarb ahamiyat kasb etib kelgan. Inson yaralgan (paydo bo‘lgan)dan buyon o‘zini va yaqinlarini asrab-avaylash asosiy ustuvor vazifa sifatida qaralgan. Globallashuvning yuzaga kelishi, insonlarda ogohlik tuyg‘ulari bo‘lgan ehtiyojni bir necha barobarga oshirdi. SHu sababli, biz magistrlik tadqiqotimizning ushbu paragrafini axborotlashgan jamiyatning globallashuvi davrida ogohlik tuyg‘ularining rivojlanishga ko‘ra yoritishni maqsad qildik.

Yüklə 340,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   26




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin