Mavzu. Axborot xurujiga qarshi yoshlarda ogohlik tuygularini tarbiyalash kirish I bob. Axborot xuruji va ogohlikning nazariy-metodologik asoslari



Yüklə 340,5 Kb.
səhifə2/26
tarix07.06.2023
ölçüsü340,5 Kb.
#126351
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   26
G`olib disertatsiya eng yangi

Tadqiqot obyekti va predmeti. Axborot resurslaridan foydalanish va axborot xuruji bilan bog‘liq barcha jarayonlar tadqiqot obyektini tashkil etadi.
Tadqiqot predmeti, axborot xurujiga qarshi yoshlarda ogohlik tuyg‘ularini shakllantirish va axborot resurslaridan foydalanish madaniyatini takomillashtirishdan iborat.
Tadqiqot maqsadi va vazifalari. Tadqiqot maqsadi, axborot xuruji sharoitida shaxs ogohlik tuyg‘ularini shakllantirish hamda uning axborot resurslaridan oqilona foydalanish imkoniyatlarini aniqlashdan iborat.
Vazifalari:
birinchidan, axborot xuruji va ogohlik tushunchasi mazmun-mohiyati va asosiy yo‘nalishlarini yoritish;
ikkinchidan, axborot resurslaridan foydalanish sohalarining yoshlar ongiga ta’sirini aniqlashtirish;
uchinchidan, axborot xuruji sharoitida xavfsizlikni ta’minlash va shaxs axborot-psixikasidagi muammolarini ilmiy tahlil etish;
to‘rtinchidan, Yangi taraqqiyot davrida mustaqillik g‘oyalariga bo‘lgan ehtiyojning subyektiv omillari va aniq maqsadlarga yo‘naltirish usullarini ko‘rsatish;
beshinchidan, axborot xurujiga qarshi shaxs fuqarolik tarbiyasining o‘rni, ahamiyati va samaradorligini ilmiy asoslab berishdan iborat.
Ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
axborot xuruji va ogohlik tushunchasi mazmun-mohiyati va asosiy yo‘nalishlari, ijtimoiy-tarixiy genezisi, shakllanish va rivojlanish darajalari ilmiy asoslangan;
axborot resurslaridan foydalanish sohalarining yoshlar ongiga ta’siri, takomillashtirish va aniq maqsadlarga yo‘naltirish usullari, samaradorlik mexanizmlari ko‘rsatilgan;
axborot xuruji sharoitida xavfsizlikni ta’minlash va shaxs axborot-psixikasidagi muammolari, uni bartaraf etishda davlat faoliyatining maqbulligi isbotlangan;
axborot xurujiga qarshi shaxs fuqarolik tarbiyasining o‘rni va ahamiyati tarbiyani zamonaviylashtirgan holda amalga oshirish zaruriyati aniqlashtirilgan.
Tadqiqotning asosiy masalalari va farazlari. 1) axborot xurujiga qarshi ogohlik g‘oyalarini shakllantirishni yoshlarning odob-ahloqi va ma’naviy tarbiyasini takomillashtirishni yangi sifat darajalariga olib chiqadi va umuminsoniy qonuniyat sifatida namoyon bo‘ladi; 2) yoshlarda ma’naviy yuksalish darajasi ma’naviy-ma’rifiy ishlarni to‘g‘ri tashkil etish mezoni sifatida doimiy ustuvorlashish harakteriga ega.

Yüklə 340,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   26




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin