Mavzu. Axborot xurujiga qarshi yoshlarda ogohlik tuygularini tarbiyalash kirish I bob. Axborot xuruji va ogohlikning nazariy-metodologik asoslari


Axborot resurslaridan foydalanish sohalarining yoshlar ongiga ta’siri



Yüklə 340,5 Kb.
səhifə8/26
tarix07.06.2023
ölçüsü340,5 Kb.
#126351
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   26
G`olib disertatsiya eng yangi

1.2. Axborot resurslaridan foydalanish sohalarining yoshlar ongiga ta’siri
Hozirgi globallashuv davrida axborot oqimi jadallashuvi milliy axloqiy qadriyatlarga munosabatni qayta ko‘rib chiqishni taqozo etmoqda. Negaki, mazkur jarayon milliy axloqiy qadriyatlarni mustahkamlashning omillari va usullarini ishlab chiqishni kun tartibiga dolzarb vazifa kilib qo‘ymoqda. Bugungi kunda boshqa tarmoqlarga qaraganda Internet tizimi keng tarqaldi va o‘zining munosib o‘rnini topishi bilan birga jamiyat milliy axlokiy qadriyatlariga ham o‘z ta’sirini ko‘rsatmoqda. SHu sababli yuksak salohiyatli yoshlarni tarbiyalash masalalari qatorida ularda axborot madaniyatini shakllantirish alohida o‘rin tutadi. Axborot madaniyatini shakllantirish jamiyat rivoji bilan bevosita bog‘liq bo‘lganligi sababli u mamlakat miqyosida ijtimoiy ahamiyatga molik masaladir. SHunga ko‘ra, axborotlashgan jamiyat shakllanishi sharoitida axborotlashtirish jarayonining barcha sohaga oid jihadlarini o‘rganish alohida ahamiyat kasb etmoqda.
Hozirgi paytda millat va davlatning eng muhim resurslaridan biri insonlarning aqliy salohiyati va bilim darajasi hisoblanadi. Ijtimoiy taraqqiyot, avval tasavvur etib kelganidek, yuqori turmush darajasiga erishgan yoki zamonaviy texnika ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘ygan mamlakatarni emas, balki ta’lim va tarbiyaning yanada yuqori darajasini ta’minlashga erishgan mamlakatlarni tarix sahnasining old qatoriga chiqayotganligini ko‘rsatmoqda. Kelgusida esa, insonni avvalo, yoshlarni nafaqat yangi texnologiyaga o‘qitish va ulardan foydalanish qobiliyatini shakllantirish, ayni chog‘da ana shunday texnologiyalarni yaratish va takomillashtirishda ularning keng ishtirokini ta’minlash ustuvor vazifalardan bo‘lib qolmoqda. Bu esa, o‘z navbatida, yoshlar oldiga yanada chuqur bilim egallashni, katta ko‘lamdagi axborotni to‘la o‘zlashtirishni va undan samarali foydalanishni dolzarb vazifa qilib qo‘yadi. CHunki, biz bugun yon-atrofimizda, aytish mumkinki, butun dunyoda tinchlik, qarama-qarshilik va keskin ziddiyatlar ro‘y berayotgan o‘ta murakkab bir zamonda yashayapmiz. SHunday tahlikali vaziyatni e’tiborga oladigan bo‘lsak, yurtimizning tinchligi, xalqimizning hamjihatligini har tomonlama asrash va mustahkamlash, doimo sergak, sezgir va hushyor bo‘lib yashashimizni bugun hayotning o‘zi talab qilmoqda25. Globallashuv sharoitida jahon hamjamiyatining qator mamlakatlari misolida axborotlashuv jarayolarining jadallashuvi katta hajmdagi axborotni qabul qila olish, qayta ishlash, o‘zlashtirish, uni qo‘llash vositalari va usullaridan unumli foydalanish uchun inson to‘liq tayyor emasligi muammosini keltirib chiqarayotganligini ko‘rishimiz mumkin. SHu sababli fuqarolarda, avvalo yoshlarda axborot resurslari va axborot vositalaridan samarali foydalanish ko‘nikmalarini shakllantirish hozirgi davrning dolzarb masalalaridan biriga aylandi. O‘zbekistonda zamonaviy bilim, intellektual salohiyat va ilg‘or texnologiyalarni o‘zlashtirmasdan, axborot resurslari va aloqaning zamonaviy vositalaridan samarali foydalanish madaniyatini shakllantirmasdan turib biror bir jiddiy iqtisodiy, ijtimoiy, texnik masalani hal etib bo‘lmasligi to‘g‘risidagi tasavvur to‘liq shakllanganligini ta’kidlash zarur. SHunday ekan, o‘zbek xalqining tanlagan yo‘lidan chalg‘itish uchun axborot resurslari orqali qilinayotgan mafkuraviy xurujlarni quyidagicha tasniflash mumkin.

Yüklə 340,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   26




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin