Bitiruv malakaviy ishining maqsad va vazifalari: Axborotni yoshlar ustidan o‘rnatgan hukmronligi, uning tartibsizligi, alohida olingan xalq, millat, elatlarning yo‘q bo‘lib ketishiga, oxir-oqibatda zamonaviy jamiyatning ma’naviy tanazzulga olib kelishini mumkin. Jamiyatimiz yoshlarini turli mafkuraviy huruj ob’ektlaridan himoya qilishning g’oyaviy-ma’naviy negizlarini mukammal o’rganish, tahlil etish va ularni oqibatlaridan yosh avlodni ogohlantirish ushbu bitiruv malakaviy ishini asosiy maqsadi hisoblanadi.
Oldimizga qo‘yilgan maqsadga erishish uchun quyidagi vazifalarni bajarish kerak:
1. Jamiyat ma’naviy muhitini axboriy tahdidlardan himoyalashning g‘oyaviy asoslarini o‘rganish;
2. Ongni axboriy tahdidning ob’ekti sifatidagi o‘rnini tahlil etish;
3. Milliy barqarorlikka xavf soluvchi axboriy tahdidlarning shakllarini o‘rganish;
4. Yosh avlod ma’naviy olamiga xavf soluvchi ahboriy tahdidlarni o’rganish;
5. Yuksak ma’naviyat - axboriy tahdidlarga qarshi kurash vositasi ekanligini asoslash
Bitiruv malakaviy ishining ob’ekti. Axboriy tahdidlarning yoshlarimiz g’oyaviy-ma’naviy hayotiga kirib kelish omillari va manbalari.
Bitiruv malakaviy ishining metodologik va nazariy asosi: O‘zbekiston Respublikasi “Yoshlarga oid davlat siyosati to’g’risida”gi Qonun (2016 yil 14 sentabr), O‘zbekiston Respublikasi “Bolalarni ularni sog’ligiga zarar yetkazuvchi axborotlardan himoyalash to’g’risida”gi Qonun (2017 yil 8 sentabr), O‘zbekiston Respublikasi birinchi prezidenti I.A.Karimovning “Yuksak ma’naviyat yengilmas kuch” (Ma’naviyat, 2008), “Xavfsizlik va tinchlik uchun kurashmoq kerak” (T: O‘zbekiston, 1997), "Islom - haqiqatni anglash demakdir". (O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Mirziyoev Shavkat Miromonovichning IHTning Toshkent shahrida bo’lib o’tgan 43-sessiyasida so’zlagan nutqi. 2016 yil 18 oktabr), “Buyuk kelajagimizni mard va olijanob xalqimiz bilan birga quramiz” (O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoevning 2016 yil 1 noyabrdan 24 noyabrga qadar Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri saylovchilari vakillari bilan o‘tkazilgan saylovoldi uchrashuvlarida so‘zlagan nutqi) kabi huquqiy va ilmiy adabiyotlar hamda axboriy tahdidlar tahlili hamda ularga qarshi kurash yuzasidan fikrlar bayon etilgan boshqa asarlari ishimizning metodologik asosini tashkil qiladi. Shunin gdek, shu sohaga oid mutaxassislarning nazariy va ilmiy ishlaridagi qarashlari ham mazkur ishga asos qilib olingan.
Izlanishning nazariy xulosasi shundaki, siyosiy-ma’naviy ko‘rinishdagi axboriy tahdidlar nafaqat jamiyat ma’ naviy hayoti, balki, boshqa sohalariga ham fojiyaviy ta’sir qilishi va milliy-ijtimoiy guruhlar o‘rtasida qarama-qarshilikni kuchayishiga olib kelishini ko‘rsatib beradi.