Mavzu: Axborotlashuv jarayonining jamiyat taraqqiyotiga ta'siri


Mavzu: Media maydon va internet imkoniyatlari



Yüklə 67,39 Kb.
səhifə17/23
tarix28.04.2023
ölçüsü67,39 Kb.
#104243
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   23
Mediasavodxonlik va Axborot texnologiyalari

Mavzu: Media maydon va internet imkoniyatlari.

Mashhur “Forbes” nashrining yozishicha, media manipulyatsiyasi idrok va haqiqat 


o’rtasidagi farqdan foydalanadi. Ommaviy axborot vositalari uzoq davrlar davomida 
jamoatchilik uchun ishonchli axborot manbai bo’lib kelgan. Bugungi kunda uni 
ishonchli qilgan barcha to’siqlar buzildi. SHunga qaramay, eski tushunchalar saqlanib 
qolmoqda. Agar tasodifiy har qanday blogdagi media kontent bir nechta muharrirlar tomonidan tekshirilgan,
tahrirlangan va ko’rib chiqilgan “New York Times” maqolasi kabi ishonchli bo’lsa, uni yoritish ikki baravar oson ishga aylanadi. Bu esa manipulyatorlar orasida kim o’zarga o’ynash yoki kimning ovozi 
balandroq chiqishiga bahslashish va onlayn olamda kim ko’proq shov-shub qila olishni 
ko’rsatish imkonini beradi. Bilamizki, agar biz yetarlicha onlayn shovqin-suronni yarata olsak, odamlar tutun bor joyda olov bor deb o’ylashadi va haqiqiy bo’lmagan narsa haqiqatga aylanadi.
O’tgan asrda yoki yangi asrimizning boshida ham, ommaviy axborot vositalarini 
manipulyatsiya qilish haqida gap ketganda, bizda faqat bir nechta tahdidlar bor edi: hukumat targ’ibotchisi va shov-shuvli
publitsist. Ular jiddiy tahdidlar edi, ammo bu kabi tahdidlardan 
himoyalanishda hushyorlik qolibiliyati aniq va oddiy himoya sifatida ishlardi. Ammo bugungi globallashuv va raqamlashuv davrida, bloglarga tobeligimiz va internetga asoslangan media siklimiz bilan hech narsa bo’rttirish, buzish, uydirma va soddalashtirishlardan qochib qutula olmaydigan bolib qoldik.
Media manipulyator sifatida mazkur holatni anglash, uni o’z faydasiga hal etish 
murakkab emas. CHunki uning ishi ommaviy axborot vositalaridan manipulyatsiya istrumenti sifatida foydalanish ya’ni odamlarni o’zlari qilmaydigan narsalarni qilishlari yoki o’ylashlari uchun media orqali undash hamda ta’sir o’tkazishdan iboratdir. Ular xuddi parda ortida qo’g’irchoqning iplarini tortib o’ynatadigan aktyorlarga o’xshaydilar. Bu holatda aktyor
manipulyator, iplar – ommaviy axborot vositalari, qo’g’irchoq esa- auditoriyadir.
Amerikalik tadqiqotchi Deniyel Boorstin o’zining “Tasvir: Amerikadagi psevdo-
hodisalar bo’yicha qo’llanma”kitobida shunday fikrlarni keltiradi: “Biz va hayot haqiqatlari 
o’rtasida qandaydir qalinlik paydo bo’lmoqda va u borgan sari murakkablashmoqda.”
CHindan ham olimning davosida jon bor, chunki bugan auditoriya yangilikni nima muhimligiga qarab emas, balki nimani xohlayotganiga qarab yaratilmoqda; informatsiya qabul qilish sikli shunchalik tezlashmoqdaki, axborotlar doimiy va muntazam ravishda to’liq bo’lmagan, tekshirilmagan boshqa narsa bo’lish ehtimoli juda yuqorilab bormoqda.
Bugungi kunda nafaqat oddiy kompyuterlar va smartfonlar, balki ulangan zamonaviy 
televizorlar ham mavjud. Internet foydalanuvchilarga (ularning shaxsiy xohishlariga ko’ra) 
ommaviy axborot vositalari matnlarini individual tanlash imkoniyatini beradi. An’anaviy 
ommaviy axborot vositalari (matbuot, televideniye, radio) yildan-yilga o’z ta’sirini yo’qotib, 
yangi OAV, aksincha, zamonaviy media makonda o’z o’rni va ko’lamini yanada kengaytirib 
bormoqda. Masalan, “Mediascope” ma’lumotlariga ko’ra, 2019 yilda Rossiyada Internet birinchi marta kundalik yoritish bo’yicha televizordan o’zib ketdi: yirik shaharlar aholisining taxminan 
75 foizi har kuni onlayn va 70,4% televizor tomosha qilgan.
jumladan manipulyatorga aylani bormoqda. 1980-yillarda gazetalar (ayrimlari yuzlab 
xodimlardan iborat) tirajlari 2-3 millionga yetganidan faxrlanardi, ammo bugungi kunda 
mashhur bloggerning o’n million auditoriyasi borligi endi ajablanarli emas.
Ma’lumki, ijtimoiy tarmoqlar dastlab siyosiy yoki manipulyatsiya vositasi sifatida o’ylab 
topilmagan: ular do’stlar va o’rtasidagi muloqot uchun erkin va demokratik makonga aylanishi 
kerak edi. Qarindoshlari, boshqa obunachilar bilan kitoblar, filmlar, musiqa, sayohatlar, taomlar haqidagi taassurotlari bilan o’rtoqlashdigan, retseptlar, fotosuratlar, video va postlar e’lon qiladigan platformaga aylanishi ko’zlangan edi. Biroq, ijtimoiy tarmoqlar bilan (ularning keng 
foydalanuvchilarni qiziqishlari bo’yicha segmentatsiya qilish imkoniyatlari) darhol ko’p 
millionli auditoriyaga ega bo’ldi va biznes manfaatlari sohasiga kirdi.

Yüklə 67,39 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   23




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin