Mavzu:Axborot sohasidagi globallashuv. Globallashuv jarayonining kelib chiqishi va unda OAVning roli to‘g‘risida gapirishdan oldin “globallashuv” terminiga izoh bersak. “Globalizatsiya” — “gloub” (inglizchadan “globe”, ya’ni yer shari), “global” (“global”, ya’ni butun dunyoga tegishli) va “globallashuv” (“globalize”, ya’ni butun dunyoga tarqalishi) so‘zlaridan kelib chiqqan.Globallashuv jarayoni 1990 yillar o‘rtalarida asrning buyuk kashfiyoti internet paydo bo‘lgach, yanada murakkab tabiatga ega bo‘ldi. Moskvaning globallashuv muammolari instituti chop etgan “Globallashuv amaliyoti. Yangi asr o‘yin qoidalari” to‘plamida (2000 yil. 16-bet) globallashuv jarayoni axborot inqilobi, ayniqsa, internetning rivojlanishi hamda moliyaviy bozorlarning integratsiyalashuvi bilan uzviy bog‘liq ekani yoziladi.
Bugungi kunda “Axborot xavfsizligi” tushunchasi faqat axborot texnologiyalari sohasidagi olimlar va mutaxassislar tomonidangina emas, balki davlat hokimiyatining barcha tarmoqlari vakillari, siyosatchilar, iqtisodchilar va moliyachilar tomonidan ham keng qo'llanila boshlandi. Shu bois har qanday davlat, har qanday jamiyat axborot xavfsizligi muammosiga jiddiy e'tibor qaratmoqda. Boshqacha aytganda, hozirgi dunyoda axborot xavfsizligini ta'minlash muammolari – axborot sohasida shaxs, jamiyat va davlat manfaatlarining himoyalangan holati dolzarb ahamiyat kasb etmoqda. Chunki, axborot qudratli kuchga aylanib, yadro poligonlaridan ham xavfliroq tus olib bormoqda. Jahonda noxolis axborot tarqatish, uni salbiy talqin qilish yoki o'z m anfaatiga moslab uzatish holatlari avj olmoqda. Shuning uchun ham axborot xavfsizligini ta'minlash har qachongidan ham muhimdir. Demak, axborot xavfsizligini ta'minlash usullarini 'rganish va tatbiq etish zarur va shartdir.
Axborot xurujlarining oldini olish, axborot xavfsizliginita'minlash — mamlakatni ichki va tashqi xavflardan himoyalash demakdir.ilgari surgan edi. Bugungi axborot texnologiyalari yuksak taraqqiy etgan , axborot jamiyati qaror topib borayotgan sharoitda masalaning mohiyati o`zgarib ketdi : kimki axborot tarqatishga egalik qilsa , dunyoning taqdiri o`shaning qo`lida bo`ladi.
Globallashuv jarayonini olimlar “internatsionallashtirish yoki baynalminallashtirish”, “liberallashtirish yoki erkinlashtirish”, “universallashtirish”, “amerikalashtirish” hamda “g‘arblashtirish”, deb talqin qilishadi. “Internatsionallashtirish” — mamlakatlararo munosabatlar, xalqaro savdoning o‘sishi, demokratiya va inson huquqlari kabi g‘oyalarni o‘zaro almashinishidir. “Liberallashtirish” — mamlakatlararo ochiq savdoning chegaralashning man etilishi va jahon iqtisodiyotini erkinlashtirish. “Universallashtirish” — bu turfa qarash va tajribalarning yer yuzidagi barcha insonlar orasida tarqalishi. Iqtisodiy va madaniy aloqalarning o‘sishi milliy madaniyat va qadriyatlarning uyg‘unlashuviga olib keladi. Boshqacha aytganda, madaniyatlarning qo‘shilib ketishi natijasida o‘zgacha madaniyat yuzaga keladi.
Ingliz olimi Voterning fikriga ko‘ra, “g‘arblashtirish” jarayonini “zamonaviylashtirish” jarayoni deb ham aytish mumkin. Biroq “zamonaviylashuvning ijtimoiy tuzilishi” bo‘lgan kapitalizm, mustamlakachilik, sanoatlashuv, byurokratizm, imperalizm va hokazolar globallashuv jarayonining asosiy negizini tashkil qiladi. Ya’ni gap “g‘arblashtirish” haqida ketganda, g‘arbiy kapitalizmning jahon miqyosida ustun turishi nazarda tutiladi. Masalan, 2000 yil ma’lumotlariga ko‘ra, dunyoda internetdan foydalanuvchilar soni 304 millionni tashkil etgan. Lekin butun dunyoni egallab olgan mazkur axborot tarmog‘idan foydalanuvchilar soni davlatlar va mintaqalarda teng taqsimlanmagan. 1999 yil oxirlarida internetdan foydalanuvchilarning 88 foizi rivojlangan davlatlarda istiqomat qilishgan. Bu esa dunyo aholisining 15 foizini tashkil qiladi.
AQSh va Kanadada yer yuzi aholisining 5 foizi istiqomat qiladi va mana shu besh foiz aholi internetdan foydalanuvchilarning 50 foizini tashkil etadi. Ma’lumotlardan ko‘rinib turibdiki, internetni butun dunyo axborot tarmog‘i deya atash ham qaysidir ma’noda nisbiylik kasb etadi.