Mavzu: Axborotlashuv jarayonining jamiyat taraqqiyotiga ta'siri


Mavzu: Globallashuv sharoitida axborot xurujlarining oldini olishdagi milliy tajriba



Yüklə 67,39 Kb.
səhifə12/23
tarix28.04.2023
ölçüsü67,39 Kb.
#104243
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   23
Mediasavodxonlik va Axborot texnologiyalari

Mavzu: Globallashuv sharoitida axborot xurujlarining oldini olishdagi milliy tajriba.

Bugungi dunyoning mafkuraviy manzarasi. Hozirgi davr - dunyo g’oyaviy qarama-qarshiliklar murakkab tus olgan, mafkura poligonlari yadro poligonlaridan ham kuchliroq bo’lib borayotgan davrdir. Butun yer yuzi odamzod uchun yagona makon bo’lib hisoblanadi. Ammo tarixda mavjud chegaralarni o’zgartirish, muayyan hududlarni bosib olish uchun son-sannoqsiz urushlar bo’lgan. Bu jarayonda esa urush qurollari muntazam takomillashib borgan. Mazkur urushlar to XX asrgacha asosan ko’proq bir yo ikki davlat yoxuj mintaqa o’rtasida bo’lgan. XX asrda ro’y bergan ikkita jahon urushida o’nlab davlatlar, bir necha qit’a mamlakatlari ishtirok etgan.


Xullas, urush qurollari takomilashib boraverdi. Bugungi kunda ular boshqa hududni bosib olish u yoqda tursin, balki butun yer sayyorasidagi hayotni bir necha marta yo’q qilib tashlashga yetadi. Insoniyat XX asr oxiriga kelib bir qator chegara bilmaydigan muammolarga duch keldi. Urush va tinchlik, ekologik falokatlar, ma’naviy qashshoqlik, narkobiznes, terrorizm kabi muammolar ana shular jumlasidandir.
XXI asr boshlariga kelib dunyo mamlakatlari o’rtasida o’zaro ta’sir shu qadar kuchayib ketdiki, bu jarayondan to’la ihotalanib olgan birorta ham davlat yo’q. Globallashuvning turli mamlakatlarga o’tkazayotgan ta’siri ham turlicha. Bu hol dunyo mamlakatlarining iqtisodiy, axborot, ma’naviy salohiyatlari va siyosati qanday ekani bilan bog’liq.
Globallashuv (globalizatsiya) – lotincha «glob» sshzidan olingan bshlib, aynan uni «dumaloqlashuv», «quralashuv» deb tarjima qilish mumkin. yer sharining, yer kurrasining fan-texnika yutuqlari tufayli insoniyat ixtiyoridagi huddi bir butun sharga, kuraga aylanishini tushuntirish uchun ishlatiladi. Insoniyat taraqqiyoti Ayni vaqtda ishlab chiqarish kuchlarining rivojlanish jarayonidir. Bu jarayon asardan asarga, ming yillar davom etgan…
Globallashuv - turli mamlakatlar iqtisodi, madaniyati, ma’naviyati, odamlari o’rtasidagi o’zaro ta’sir va bog’liqlikning kuchayishidir. Globallashuvga berilgan ta’riflar juda ko’p. Fransuz tadqiqotchisi B.Bandi ta’rifida globallashuv jarayonining 3 o’lchovli ekaniga urg’u beriladi:
1. Globallashuv - muttasil davom etadigan tarixiy jarayon.
2. Globallashuv - jahonning gomogenlashuvi (bir jinsli) va universallashuvi jarayoni.
3. Globallashuv - milliy chegaralarning «yuvilib ketish» jarayoni.
Rossiyalik A.Parshev globallashuvga quyidagicha ta’rif beradi: «Aslida, globallashuvning asosiy mazmuni boshqa mamlakatlarda ishlab chiqarilgan mahsulotning qo’shimcha qiymatini, dunyodagi asosiy zahiralarini o’zlashtirishdan iborat».
Globallashuvning mamlakatlar iqtisodiy siyosati va ma’naviyatiga o’tkazishi mumkin bo’lgan ijobiy va salbiy ta’siri xususida Hindistonning mashhur davlat arbobi Mahatma Gandining quyidagi so’zlarida yaxshi ifodalangan: «Men uyimning darvoza va eshiklarini doim mahkam berkitib o’tira olmayman, chunki uyimga toza havo kirib turishi kerak. SHu bilan birga, ochilgan eshik va derazalarimdan kirayotgan havo dovul bo’lib uyimni ag’dar-to’ntar qilib tashlashi, o’zimni esa yiqitib yuborishini ham istamayman».
SHuning uchun ham milliy istiqlol g’oyasi bugungi globallashuv jarayonida uyimizni, hayotimizni toza havo bilan ta’minlab, ayni paytda, «dovullar»dan saqlash omili ekanligini anglash mumkin.
Globallashuvning ijobiy tomoni shundan iboratki, u xalqlarning, davlatlarning, milliy madaniyat va iqtisodiyotlarning yaqinlashishini tezlashtiradi, ularning rivojlanish uchun yangi imkoniyatlar ochadi.
Globallashuvning salbiy tomoni shundan iboratki, ko’p ming-ming mayda, qoloq etnik guruhlar va millatlarning madaniyati, tili, rasm-rusmlari jahon bo’ylab kuchayib borayotgan globallashuv jarayonlarida kata millatlar, yirik milliy madaniyatlar, boy tillar bilan raqobatlasha olmay, o’z-o’zidan faol ijtimoiy-iqtisodiy, lisoniy-zaboniy hayotdan chntga chiqib qolmoqda. Bunday sharoitda har bir ongli fuqaroning vazifasi – o’z millatining raqobatbardoshligini ko’tarish, buning uchun uning faol siyosati, tadbirkor iqtisodiyoti, madaniyatida salmoqli yutuqlari uchun kurashishdir. Buning uchun mustaqil O’zbekistonning har bir fuqarosi 4 ta sifatga ega bo’lishi kerak: 1) zamonaviy mutaxassis bo’lishi; 2) o’zbek davlat tili, rus tili, ingliz tillarini mukammal bilishi; 3) doim o’z bilim doirasini yangilab borishi va 4) tadbirkor-tashabbuskor bo’lishi kerak (Mustaqillik: Izohli ilmiy-ommabop lug’at. Mualliflar: M.Abdullayev va boshqalar. – T.: SHarq, 2006. – 528



Yüklə 67,39 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   23




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin