O`zbekistonda xor madaniyati
O`tmishda So`g`t davlatida professional xor mavjud bo`lgan, keyinchalik Arab iste`losidan keyin bu san`at rivojlanmagan. O`zbek musiqasi asosi monodik (bir ovozli) bo`lganligi sababli ko`p asrlar davomida ko`p ovozli xor ijrochiligi amalda qo`llanilmagan va professional yakka ijrochilik formasi saqlanib qolgan.
Ko`p ovozli xor dastdlab musiqali drama va komediyalarda xalq musiqasini xorga moslab qayta ishlangan holda qo`llanildi. S. Vasil’enko va M. Ashrafiy «Bo`ron»,
R. Glier va T. Sodiqovlarning «Layli va Majnun» kabi birinchi operalari ko`p ovozli o`zbek xor ijrochiligi rivojida muhim rol o`ynadi.
Qadim zamondan beri jamoa bo`lib qo`shiq aytish hamma xalqlarning mehnat faoliyatini, orzu-umidlarini ifodalab berish uchun ishlatilgan. Qo`shiqlar avloddan-avlodga og`zaki usulda qoldirilgan. O`zbekistonda erkaklar, ayollar va bolalarning birga qo`shiq aytish an`analari bo`lgan. Masalan turli marosim va sayillarda, ramozon oyida bolalarning qo`shiq aytishi yoki kattalarning zikr tushishi, marsiya qo`shiqlari aytishi. Bolalarning jamoa bo`lib ijro etadigan qo`shiqlarini: «Boychechak», «Oftob chiqdi olamga», «Laylak keldi».
Navro`z bayramlarda yigit va qizlarning qo`shiq aytishi, to`ylarda aytiladgan yor-yor, yallalar xor bo`lib ijro etilgan. SHashmaqomning vokal qismidagi taronalar ham jamoa bo`lib aytilgan. Katta ashulalar ham 3-4 kishi bo`lib ijro qilingan (bu xam xor ijrosi). YUqridagi aytib o`tilgan asarlar bir ovozda ijro etilgan. Folklor qo`shiqlari (yor-yor, yalla, hashar, 5 qarsak, lapar, katta ashula) va maqomdagi (tarona, ufor, naqsh) qismlari jamoa bo`lib aytilgan.
Havaskorlik xor san`atining rivojlanishi
Respublikamizda musiqa va xor 20 yillardan boshlab rivojlana bordi. To`garaklar tuzila boshlandi.
1930 yillarda etuk bastakorlar Yu. Rajabiy, Imomjon Ikromovlar 1-2 ovozli xor qo`shiqlari yaratdilar. 1934 yilda 1-musiqa badiiy olimpiadasi o`tkazildi. Bu olimpiadada 1000 kishilik xor qatnashdi. 1937 yilda Moskva O`zbekiston dekadasida xor jamoalari qatnashdi.
Urush davrida havaskorlik xorlar jangchilar uchun kontsertlar uyushtirar edilar. Urushdan keyin respublika olimpiadasida 20 000 kishi qatnashdi (1143jamoalar).
1948 yil-III olimpiada 25 000 kishi qatnashdi, bir va ko`p ovozlilik rivojlana bordi. 50 yillarda Konservatoriya, musiqa bilim yurti o`qituvchilari havaskorlik xorlarga amaliy yordam bera boshladilar. 60-70 yillarda havaskorlik jamoalarini soni va sifati oshdi. Bolalar xor ijrochiligining rivojlanishda konservatoriya dotsentlari Kenzer, Valenkov, Vasil’eva, O`zbekistonda xizmat ko`rsatgan artist SH. YOrmatovlarning xizmatlari katta «Boychechak», «Bulbulcha» guruxlari juda ko`plab o`zbek xor asalarini ijro etib kelmoqdalar. Respublikamizda 100lab ashula va raqs ansambllari mavjud, ularni qoshida xor-vokal guruxi tuzilgan. Masalan: «Anor», «Gulrux», «CHust taronalari», «SHirin», «Roxat», «SHalola» xor tarkibida 15-20 kishi mavjud. Ular lapar, yalla. YOr-yor qo`shiqlarini ikki-uch ovozda ijro etishadi. O`zbek ko`p ovozli xor asarlariga o`zlarining salmoqli hissalarini qo`shib kelayotgan: T. Sodiqov, M. Burxonov, SH. Ramazonov, M. Ashrafiy, S. YUdakov, M. Leviev, S. Boboev, F. Nazarov, B. Umidjonov kabi bastakor va kompozitorlardir.
Dostları ilə paylaş: |