10-MAVZU. BADIIY ASARNING UMRBOQIYLIGI MASALASI. KURS ISHI. AZAMOV OTABEK
1.2. Badiiy asar shakli tushunchasi. Xarakter adabiy asar mazmunining shaklidir. Chunki o‘quvchi mazmunni dastavval va butunicha xarakterlar orqali biladi va „hazm etadi". Shu sababli ham xarakterlar o‘quvchi yodida qoladi. Adabiy asarning boshqa komponentlari - tipik haroit tasviri, uning ifodasi bo‘lgan sujet va adabiyotning „material"i hisoblangan til xarakter yaratishning vositasi vazifasini bajaradi. Xarakter mazmunga nisbatan shakl bo‘lsa, til xarakterga nisbatan shakldir. Xarakter tasviri asarning mazmunini „badiiy axborof’ga aylantiradi. Xarakterning bir xususiyati bunga xizmat etadi: xarakter hayotiy haqiqatni aniq hissiy shaklda aks ettiradi, ya’ni asar mazmuni xarakter tasviri tufayli hayotiy aniqlik kasb etadi va shu bilan birga bizning hislarimizga ta’sir etish xususiyatiga ega bo‘ladi.
Xuddi shu gapni badiiy adabiyotning har bir asari haqida ham aytish mumkin. O‘zbek adabiyotidagi Farhod, Shirin, Layli, Majnun, Xolisxon, Otabek, Kumush, Anvar, Ra’no, Yo‘lchi, Navoiy va boshqa ko‘pgina obrazlar o‘quvchilar yodida asar mazmunining ifodasi, shu bilan birga doimo qattiq hayajonga soladigan hodisa sifatida saqlanadi.
Xarakter yaratishda badiiy to‘qimaning roli. Hayotning haqqoniy manzaralari va jonli xarakterlar yaratishda yozuvchi fantaziyasi (xayoli) katta rol o‘ynaydi. Shu sababli, hayotiy faktdan tashqari, yozuvchi o‘z fantaziyasi yordamida ixtiro etgan „to‘qima" ham badiiy ijodda muhim ahamiyatga ega. Estetik idealni mujassamlantiruvchi hayot manzaralari faqat to‘qima orqaligina yaratilishi mumkin. „Badiiy to‘qima" deb biz adabiy asarning g‘oyaviy mazmunini eng aniq va eng yorqin ifoda eta oladigan hayot manzarasini xayol yordami bilan maydonga keltirishni aytamiz. Birinchidan, hayotdagi zamon tushunchasi bilan san’at asaridagi zamon tushunchasi orasida katta farq bor. Masalan, hayotdagi zamon nuqtayi nazaridan olganda, Usmon Azimning Kunduzsiz kechalar" pyesasida bevosita o‘n yil ichida bo‘lib o‘tgan voqealar tasvir etiladi, ammo san’at qoidalariga ko‘ra, bu voqealar bizning ko‘z oldimizdan bir soat-u 15 daqiqa mobaynida o‘tj bo‘lishi kerak. Demak, muallif tasvir etilayotgan shaxsla hayotining hamma voqealarini emas, balki eng muhimlarinigij tanlab olishi lozim. Bu holda tashlab ketilgan voqealarning o‘rni bo‘shaydi va yozuvchi bu bo‘sh o‘rinni to‘ldirish uchun boshqi voqealarni o‘ylab chiqarishga majbur.
Ikkinchidan, badiiy asarda tasvir etilgan shaxslar (hammasi bo‘lmasa ham ko‘pchiligi), albatta, bir-birlari bilan bog‘langan bo‘lishi kerak. Aristotel „Poetika"da, dramatik asarda personajlar qanchalik yaqin qarindoshlik munosabatlarida bo‘lsa, uiar orasidagi to‘qnashuvdan olingan taassurot shunchalik kuchli bo‘lishini qayd etgan. Personajlarni mumkin qadar bir-biriga yaqin qilib qo‘yishni L.Tolstoy ham boshqacharoq tarzda e’tirof etadi. U „Urush va tinchlik" epopeyasida yosh ofitser Andreyning qanday qilib knyaz Balkonskiyga o‘g‘il bo‘lib qolganini tushuntirib kelib, yozgan edi: „Menga Austerlis jangida faqat zodagon bir yigitning o‘ldirilishi kerak edi, xolos; romanning bundan keyingi davomida menga faqat keksa Balkonskiy va uning qizigina kerak edi; ammo roman bilan hech qanday bog‘lanmagan shaxslarni tasvirlash o‘ng‘aysiz bo‘lgani uchun, men zodagon yigitni keksa Balkonskiyning o‘g‘li qilib qo‘yishga qaror qildim".
Badiiy asarda to‘qimaning zarurligi va muqarrarligiga yana bir sabab shuki, kishilar hayotida kurash va harakat bilan to‘lmagan soatlar, kunlar bo‘lishi mumkin. Ammo badiiy ijod qoidalari tasvir etilgan xarakterlarning hayotida bo‘sh, „sukunat" davrlari bo‘lmasligini taqozo etadi. San’at asarida hayot quyuqlashgan, tig‘iz, tezlatilgan holda tasvirlanadi, unda qahramonlar harakatsiz turishi mumkin emas, chunki san’at asari kishini doimo fikriy rivojda ko‘rsatadi. San’at asarida harakatning sustligi yoki yo‘qligi mahoratsizlik, no‘noqlik alomatidir.
Shu o‘rinda adabiyot shaklining bir xususiyatiga e’tibor berish lozim. Bu muhim xususiyat shuki, adabiy asarning shakli (mazmuni ham, albatta) o‘quvchi yoki tomoshabinning bevosita ishtiroki bilan maydonga keltirilgan, „kashf etilgan1’ shakldir. Yozuvchi ko‘z o‘ngimizda ma’lum hayotiy hodisa (masaian, „Kunduzsiz kechalar" dramasida Sezgirning sovet davlati mustamlakachilik siyosatining maqsad-mohiyatini tushunishi)ni izma-iz batafsil tekshiradi. Biz tasvir etilgan xarakter shakllanish jarayonining umumiy yo‘nalishi yoki natijasi bilangina tanishmaymiz, shu xarakterning rivoji va uzil-kesil shakllanishining ham jslitirokchisi bo‘lib qolamiz. Shunga ko‘ra, yozuvchi kashf qilgan jiaqiqat biz. o‘quvchilar tomonidan kashf etilgan haqiqat bo‘lib qoladiki, adabiy asarning ishontimvchanligi va emotsional ta’sirida bu faktning ahamiyati juda ham zo‘rdir Badiiy haqiqat ham yozuvchi, ham o‘quvchi tomonidan kashf etilgan haqiqatdir.
Tipiklashtirish va uning uch muhim qirrasi. „Tipiklashtirish" atamasi yunoncha,,tip" so‘zidan yasalgan bo‘lib, „nishona, nusxa, tamg‘a" ma’nolarinibildiradi.
Tipik tasvirda ikki tomon bor: umumiylik(tipikhodisa o‘ziga jinsdosh bo‘lgan bir qancha hodisalarning xususiyat va mohiyatini ifoda etadi) va xususiylik (jinsdosh hodisalarning mohiyati ayrim konkret hodisada, uning o‘ziga xos shaxsiy xususiyatlari orqali ifoda etiladi). Shu sababli asarda tasvirlangan xarakterlar bir-birlaridan qancha ko‘p farqlanib tursalar, asarning badiiy tasviri shunchalik zo‘r bo‘ladi. Haqiqiy badiiy asarda xarakterlar tasviri ham umumlashgan, ham individuallashgan bo‘lib, har bir shaxs - tip, lekin shu bilan birga u tamomila muayyan bir shaxsdir.
Bu aytilganlardan, yozuvchi faqat hayotdagi ijobiy hodisa-larniginatipiklashtirar ekan, degan xulosachiqmaydi. Yozuvchi hayotdagi salbiy hodisalami tasvirlaganda ham yaratilgan obrazlarda ana shu umumiylik bilan xususiylikning birligiga erishishga harakat qiladi. Shu tufayligina adabiy asarda salbiy hodisalar tasviri ham ishontiruvchanlik va hayajonga sola olish fazilatlariga ega bo‘ladi.
Tipiklashtirish — har bir hayotiy hodisani (shu jumladan, odamni ham) uning eng muhim va xususiy alomatlarini saqlagan holda, yorqin vata’sirli qilib tasvir etish mahoratidir. Tipiklashtirish tasvir etilayotgan hodisaga muallifning aniq munosabatini, shu hodisaning yozuvchi estetik ideali nuqtayi nazaridan baholanishini ham ko‘zda tutadi. Bu baho qisman shunda ko‘rinadiki, yozuvchi qalamga olgan hodisada o‘ziga ma’qul tushgan xususiyatlarni ham, ma’qut tushmaganlarini ham ma’lum darajada (hayotiy haqiqatni buzmaydigan me’yorda) atayin bo‘rttirib ko‘rsatadi. Boshqacha qilib aytganda, yozuvchi tasvirda mubolag‘aga yo‘l qo‘yadi. (Masaian, A. Qodiriyning „Mehrobdan chayon" romanidagi Anvar, Solih Mahdum obrazlarida ham mubolag‘alar mavjud.)
Tipiklashtirish adabiy asarning hamma komponentlari (tarkibiy qismlari)ga taalluqli universal tamoyil va badiiylikning asosiy hartlaridan biridir. Chunki u hayot hodisalarini jonsiz sxema shaklda emas, balki ishonarli, yorqin, esda qoladigan obrazlar orqali tasvir etishea imkon beradi.
Tipiklikning ikki turi, Agarda yozuvchi yigirmalab, elliklab; yuzlab do‘kondorlar, amaldorlar, ishchilar ichidan eng xarakterli belgilar, odatlar, didlar, imo-ishoralar, harakatlar, e’tiqodlar nutq usullari va boshqa xususiyatlarni ajratib ola bilsa va ularni yakka bir do‘kondor, amaldor, ishchi qiyofasiga birlashtira olsa shu usul bilan u tip yaratgan bo‘ladi.
Haqiqatan ham, yozuvchilar tipik xarakterlarni yaratganda hayotda juda ko‘p uchraydigan kishilar va hodisalarni ko‘zda tutadilar, uiarga asoslanib ish ko‘radilar. Natijada adabiyotda hayotiy asosga ega obraz va xarakterlar paydo bo‘ladi. „Boy ila xizmatchi"da Solihboy, Hoji ona, Xonzoda, Jamila, Xolmat, „Navoiy"da Ma-jididdin, Sultonmurod, Zayniddin, To‘g‘onbek, Dildor, Arslon-qul, „O‘tgan kunlar"da Yusufbek hoji, O‘zbek oyim, Hasanali, Qutidor, Homid kabi obrazlar hayotda ko‘p uchragan shaxslarning, hodisalarning tipiklashtirilgan tasviridir.
Yuqorida keltirilgan fikrda tipiklikning faqat bir turi tilga olingan. Adabiyotda boshqacha obrazlar va xarakterlar ham borki, ularni hayotda ko(p uchragan hodisalar va kishilar tasviri tariqasida emas, balki yakka hodisalar va kishilar tasviri deb tushunish to‘g‘riroq bo‘ladi. Navoiy, Otabek va Kumush kabi kishilar ular yashagan tarixiy haroitda kamdan-kam uchrar edi. Shunday bo‘lsa ham, bu obrazlar va xarakterlar adabiyotda hayotning haqqoniy tasviri namunasi boiib qoladi, ular hanuz o‘quvchilar tomonidan realistik, haqqoniy obrazlar va xarakterlar tarzida tushuniladi. Nima uchun bunday bo‘ladi? Bu hoi tipiklik to‘g‘risidagi tasavvurimizga zid emasmi? Yo‘q, zid emas. Chunki, hayotda kam uchragan hodisalarda ham hayotning qonuniyatlari o‘z ifodasini topadi. Hatto aytish mumkinki, hayotning eng istiqbolli, eng mustahkam qonuniyatlari avval kam uchrovchi ayrim hodisalarda namoyon bo‘ladi va bora-bora ommaviy hodisaga aylanadi.
Biz bu yerda ijobiy hodisalarning avval ayrim shaxslar qiyofasida paydo bo‘lishi va keyin ommaviy tus olishi haqida gapirayotirmiz. O‘z-o‘zidan anglashiladiki, shunday jarayon salbiy hodisalarda ham bo‘lishi mumkin.
Shunday qilib, tipiklik degan so‘z har safar ham ommaviylik degan so"z emas. Tipiklikda hodisaning qonuniy xususiyatlari ro‘yobga chiqadi, uning eng muhim, hal etuvchi va doimiy alomatlari o‘z aksini topadi. Bu alomatlar yakka hodisada ham yorqin namoyon bo‘lishi mumkin, shu sababli yakka hodisa adabiyot va san’atda, kelajakda keng quloch yozib, katta ko‘lam kasb etadigan hodisaning namoyoni bo‘lib ham maydonga chiqa oladi. Bunday hollarda yozuvchilar yakka hodisalarni ongli ravishda va dadil umum-lashtiradilar, ya’ni tipiklashtiradilar. Masalan, I.S.Turgenevning iqror bo‘lishicha, u hayotda kam uchragan, ammo keyin („Otalar vabolalar" romani e’lon etilgandan so‘ng) keng tarqalib, „nigilizm" deb nom olgan hodisaning ilk alomatlarini bir yosh yigitda ko‘r-ganidan keyin o‘sha alomatlarni bo‘rttirish asosida Bazarov obrazini yaratgan. Yuqorida nomlari tilga olingan „Boy ila xizmatchi", ;Navoiy", „O‘tgan kunlar" asarlarining mualliflari ham bir qancha obrazlarni yaratishda ana shunday yo‘ldan, ya’ni kam uchraydigan hodisalarni umumlashtirish, tipiklashtirish yo‘lidan borganlar. Bu tipiklikning hayotda uchraydigan mana shu ikkinchi turi, ya’ni asar yozilgan paytda hayotda kam uchragan, ammo kelajakda keng rivoj topish imkoniyatiga ega hodisalar ham adabiyot va san’at asarida o‘z in’ikosini topishi mumkinligini ko‘rsatadi.
Adabiyotda hayot tasvirining o‘ziga xosligi. Adabiy asarda mazmunning shakli va estetik idealning mujassami bo‘lgan xarak-terni yaratish murakkab jarayondir. Yozuvchi estetik baholash, fantaziyava to‘qima, tipiklashtirish va individuallashtirish natijasida, Abdulla Qahhor ta’biri bilan aytganda, hayotiy materialni „qayta bichib, qayta tikadi". Yozuvchi xarakterlarni avvaldan o‘zi tayyorlab qo‘ygan andozalar asosida emas, balki hayotiy materialni o‘rganish va uning qonuniyatlarini kashf etish natijasida yaratadi.