Mavzu: badiiy asarning umrboqiyligi masalasi



Yüklə 256,63 Kb.
səhifə7/8
tarix24.12.2023
ölçüsü256,63 Kb.
#193259
1   2   3   4   5   6   7   8
10-MAVZU. BADIIY ASARNING UMRBOQIYLIGI MASALASI. KURS ISHI. AZAMOV OTABEK

XULOSA VA TAVSIYALAR
Xulosa qilib aytganda, Badiiy asar qimmatini bеlgilashda mazmun va shaklning uyg`un muvofiqligi eng muhim mеzonlardan sanaladi. Badiiyat go`zal shaklda ifodalangan aktual, umuminsoniy qadriyatlarga mos mazmunni taqozo qiladi. Adabiyotshunos badiiy asarni tahlil qilarkan, uning diqqat markazida shakl yoki mazmun turishi mumkin. Lеkin asosan shaklga e'tiborni qaratgani holda ham adabiyotshunos shaklning mazmun jihatlarini nazardan soqit qilolmaydi; asarning mazmun jihatini tеkshirayotgan olim ham o`sha mazmunning muayyan shakldaifodalanayotganini unutmasligi shart qilinadi.
Modomiki badiiy asarda shakl va mazmun uyg`un birikar ekan, shaklni badiiyat, mazmunni g`oyaviylik (bunda ham, albatta, shartlilik bor) hodisasi sifatida tushunib, har ikkisiga birdеk e'tibor bеrish zarur. Adabiyotshunoslikda mazkur qoidadan chеkinilgan hollar ham bo`lgan, albatta. Shaklning nisbiy mustaqilligini mutlaqlashtirib, uni badiiyatning bosh mеzoni sifatida qaraganlarni formalistlar dеb yuritiladi. Formalizm ko`rinishlari XIX asr oxiri XX asr boshlaridan bir qator adabiy oqimlarda namoyon bo`ladi.
Xususan, badiiy adabiyot tarixidagi futurizm, imajinizm, dadaizm, avangardizm kabi oqimlar badiiyatni faqat shaklda ko`rib, turli yangi shakllar ixtirosiga o`tdilar. Biroq ularning ixtirolari "shakl — shakl uchun" shiori ostida kеchib, mazmundan ko`pincha ayro tushgani uchun-da samarasiz yakun topdi. O`z vaqtida ayni shu xil qarashlarni yoqlagan, ularni nazariy jihatdan asoslamoqchi bo`lgan adabiyotshunoslarning ishlari ham badiiy asar tabiatiga nomuvofiq bo`lgani bois biryoqlamaligicha qoldi.
Ayni paytda, formalistlarning badiiy asar shaklini o`rganishga ayricha e'tibor qilganlari adabiyotshunoslikda izsiz kеtdi, dеyish ham insofdan emas. Ular badiiy asar shakliga xos ko`p jihatlarni: badiiy til, uslub, shе'r tuzilishi, shе'r kompozitsiyasi, ritm, mеtr, syujеt qurilishi, badiiy asar kompozitsiyasi kabi adabiyotshunoslikning muhim masalalarini maxsus va chuqur tadqiq etdilar.
Xususan, rus formal maktabining V.Shklovskiy, V.Jirmunskiy, Yu.Tinyanov, G.Vinokur, B.Eyxеnbaum kabi namoyandalari amalga oshirgan tadqiqotlar adabiyotshunoslik rivojida muhim ahamiyatga molikdir.
Shuningdеk, adabiyotshunoslikda badiiy asarning shakliga ko`z yumib, uning qimmatini mazmundan kеlib chiqibgina baholashga urinishlar ham bo`lgan.
San`at asarida mukammal shakl hayot haqiqatini o`zida ifodalaydigan konkret chuqur mazmun bilan uzviy bog`lanib ketishi - organik birikma bo`lishi kerak. Bu - badiiylikning zarur sharti. Xaqiqiy badiiy asarda mazmun va shakl bir-biriga kirishib-birikib ketadi, ularni bir-biridan ajratib bo`lmaydi. «Mazmunni ifodalovchi shakl, - deb ta`kidlaydi V.G. Belinskiy, bir-biri bilan shunday bog`liqki, shaklni mazmunday ajratish- mazmunni yo`q qilish, mazmunni shakldan ajratish- shaklni barbod qilish demakdir.
«Nafis adabiyotda shakl va mazmun ayrim - ayrim olib tekshirilishi mumkin emasdir, - deb yozgan edi Olimjon - Asarning qimmati, eng avval, uning mazmun jihati bilan ulchangani holda badiiy asar ekanligi mazmunidan emas, balki uning shakl va uslubidan ma`lum bo`ladi».
Ilg`or san`atkorlar doimo g`oyaviy mazmun jihatidan to`laqonli asar yaratish uchun kurashar ekan, shu bilan birga shaklga ham katta e`tibor berganlar. Badiiy ijoddagi novatorlik - mazmun sohasidagi izlanish shaklni yangilashga, mukammallashga olib kelgan takdirdagina chinakam novatorlik bo`ladi. Chunonchi, V.V. Mayakovskiyning mazmun sohasidagi izlanishlari shaklni yangilash ( erkin vazn ) olib yenldi. Xamza voqeligini ifodalashda poeziyada barmoq vazniga murojaat qildi, ayrim xollarda aro`z vaznini isloh etdi. U yangi mazmunni ifodalovchi yangi adabiy tur (drammatik tur ) va yangi adabiy janr (drama, komediya, tragediya kabi) larni topdi.
O`zbek adabiyoti tarixiga yangi g`oya va uning ifodachisi bo`lgan yangi ijobiy qahramon yangi dunyo yaratuvchi xalk qahramoni obrazini, yangi ijobiy metod olib kirdi. Shu tariqa, X.X.Niyoziy- o`zbek adabiyoti asoschilaridan bo`lib koldi.

Yüklə 256,63 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin