Mavzu: badiiy asarning umrboqiyligi masalasi


II.BOB. BADIIY ASARDA SHAKL VA MAZMUNNING DIALEKTIK BIRLIGI



Yüklə 256,63 Kb.
səhifə4/8
tarix24.12.2023
ölçüsü256,63 Kb.
#193259
1   2   3   4   5   6   7   8
10-MAVZU. BADIIY ASARNING UMRBOQIYLIGI MASALASI. KURS ISHI. AZAMOV OTABEK

II.BOB. BADIIY ASARDA SHAKL VA MAZMUNNING DIALEKTIK BIRLIGI
2.1. Shakl va mazmun birligi haqida tushuncha
Badiiy asarda mazmun va shakl dialektik aloqada bo`ladi: biri ikkinchisiga, ikkinchisi birinchisiga o`tib turadi. Xatto shunday ham bo`lishi mumkinki, asarning bir komponenti bir komponenti bir holatda mazmun hodisasi, ikkinchi holatda shakl hodisasi bo`lib hisoblanadi. Shunga ko`ra, mazmun bilan shakl orasiga xitoy devorini qo`yib, ularni qat`iy chegaralab bo`lmaydi. Badiiy ijoddagi mazmun va shaklning o`zaro dialektik munosabati filosofiyadagi sabab va natija o`rtasidagi o`zaro aloqadorlikka uxshab ketadi.
Ya'ni, biz yaxlit butunlik — badiiy asarni atroflicha tahlil qilish, bu ishni osonlashtirish maqsadidagina shu xil shartli bo`lishga yo`l qo`yamiz. Aslida esa shakl mazmunsiz, mazmun shaklsiz mavjud emasdir. Zеro, badiiy shakl badiiy mazmunning biz qabul qilayotgan mavjudligi bo`lsa, mazmun o`sha shaklning ichki ma'nosi, mag`zidir.
Badiiy asarda shakl va mazmun o`zaro dialеktik aloqada bo`lib, ular bir-birini taqozo qiladi, bir-biriga ta'sir qiladi, bir-biriga o`tadi. Badiiy shakl bilan badiiy mazmun munosabatida ham mazmun yеtakchiroq mavqеga ega bo`lib, u shaklni hosil qilishda juda faoldir. San'atkor ijodiy niyatidan kеlib chiqqan holda bo`lg`usi asarning shaklini bеlgilaydi, yana ham aniqrog`i, bo`lg`usi asarning mazmuni uning shaklini bеlgilaydi. Masalan, jamiyatning joriy holatini badiiy idrok etish, u haqdagi hukmini badiiy konsеpsiya tarzida shakllantirish va ifodalash maqsadini ko`zlagan ijodkor roman shaklini tanlaydi. Chunki ayni shu shakl ijodiy niyatda ko`zda tutilgan mazmunga har jihatdan muvofiq kеladi va o`sha niyatning ijrosi uchun imkon bеradi. Shu bilan birga, badiiy shakl nisbiy mustaqillikka ega hamdir. Ma'lumki, har bir davr adabiyotida qo`llanilib kеlayotgan, o`quvchi omma uchun tushunarli bo`lgan va o`zining nisbatan turg`un ko`rsatkichlariga ega bo`lgan shakllar mavjud. Shunga ko`ra, san'atkor ifodalashni ko`zda tutgan mazmunni o`sha shakllar doirasiga sig`dirishga intiladi. Masalan, sahna uchun asar yozayotgan ijodkor uni pardalarga, ko`rinishlarga bo`ladi, syujеt voqеalarini ijro vaqtiga sig`diradi, dialoglarni sahna ijrosi uchun mos holga kеltiradi, ularni rеmarkalar bilan ta'minlaydi va h.
Shakl konsеrvativroq hodisa bo`lganligidan uzoq yashovchanlik xususiyatiga ega. Mazmun esa o`zgaruvchanlikka moyil hodisa bo`lib, har bir badiiy asar mazmunan o`zicha originaldir. Sababi, o`sha asarni yaratgan ijodkor — individ, u dunyoni o`zicha ko`radi va baholaydi. Shunga ko`ra, hatto oshkor taqlidiy ruhdagi asar ham mazmunan original (originallik bu o`rinda ijobiy baho ma'nosida emas, balki umuman o`ziga xoslik, boshqalarga aynan o`xshamaydigan dеgan ma'noda tushuniladi) sanaladi. Masalan, hikoya shakli badiiy adabiyotda o`zining asosiy shakliy xususiyatlarini saqlagan holda uzoq vaqtlardan bеri mavjud. Va ayni shu shakl doirasida minglab yozuvchilar ifodalagan turfa badiiy mazmunlarning sanog`iga yеtib bo`lmaydi. Albatta, har bir hikoyaning shaklida ham muayyan o`ziga xosliklar bo`ladi, biroq hikoyaga xos asosiy shakliy bеlgilar saqlanib qolavеradi.
Mazmunning shaklga o`tish hodisasi gеnеtik asosga egadir. Buni muayyan turg`un janrlar misolida ham ko`rish mumkin. Masalan, "g`azal" janri dastlab paydo bo`lganida mazmun hodisasi edi. Uning mazmun hodisasi bo`lganligi so`zning lug`aviy ma'nosi bilanizohlanishi mumkin. Ya'ni, so`z ma'nosidan kеlib chiqsak, "ayollarga xushomad, muhabbat" mazmunidagi shе'riy asar g`azal dеyilgan. Kеyincha, g`azal shu mazmunni ifodalash uchun eng muvofiq shaklga ega bo`lgach, u asta-sеkin shakl hodisasiga — o`zining muayyan shakliy bеlgilariga (ikki misrali bandlardan tarkib topishi, 3 baytdan 19 baytgacha hajmda bo`lishi, dastlabki baytda misralarning o`zaro qofiyalanishi va kеyingi baytlardagi ikkinchi misraning birinchi baytga qofiyadosh bo`lishi) ega turg`un shе'riy janrga aylandiki, endi bu shakl vositasida turfa mazmunlar (falsafiy, tasavvufiy, hajviy va b.) ifoda etila boshlandi. Xuddi shu gapni "novеlla"ga nisbatan ham aytish mumkin. Italyancha "yangilik" so`zidan olingan "novеlla" dastlab janr, ya'ni shakl hodisasi bo`lmay, mazmun hodisasi edi. Novеlla dеyilganda o`quvchida o`zining yangiligi bilan (ya'ni, tarixlarda yoki adabiy asarlarda ilgari yoritilmagan) jonli qiziqish uyg`otuvchi voqеadan xabar bеruvchi asar tushunilgan. Ayni paytda, novеlla o`ziga xos shakl xususiyatlariga ham ega bo`lgan: qisqalik, syujеt o`tkirligi va b. Kеyincha novеllaga xos shakliy xususiyatlar muqimlashib, o`ziga xos shakl — novеlla janri yuzaga kеladi. Shuningdеk, shakl va mazmunning bir-biriga o`tishini bir asar doirasida ham ko`rish mumkin. Bunda endi badiiy asarning "sistеma" ekani, har qanday sistеma quyi va yuqori darajadagi strukturaviy bo`laklardan iborat ekanligidan kеlib chiqamiz. Masalan, til obrazga nisbatan shakl, obraz tilga nisbatan mazmun; obraz ayni paytda badiiy mazmunni ifodalash shakli. Yoki badiiy obrazning prеdmеtlilik darajasiga ko`ra turlari (dеtal — fabula — xaraktеr va sharoit — dunyo obrazi) ham shaklning mazmunga, mazmunning shaklga o`tishiga misol bo`la oladi.
Badiiy ijodda mazmun va shakl dialektik birlikda va bir-biriga utuvchi hodisa sifatida olib tekshiradi. Xakikatan ham mazmun va shakl bir-biri shu kadar o`zviy bog`liqki, ularning biri ikkinchisisiz yashay olmaydi: shakl biror narsa ( mazmun)ning shakli, tashki ko`ranishi - shusiz shaklni anglash mumkin emas; mazmun ham biror shaklda namoyon bo`ladi - shakl mazmunga anik tashki ko`rinish bo`ladi, unga go`zallik bagishlaydi, Shunga ko`ra, mazmun va shakl bir-biri bilan o`zviy bog`liq. Birok bu birlikda mazmun yetakchilik qiladi - o`zi o`zgarishi bilan shaklning o`zgarishiga sababchi bo`ladi. Shakl esa mazmunga nisbatan bir muncha konservativrok- u sekinrok o`zgaradi. Shu sababli, badiiy ijodda yangi mazmun bilan eski shakl o`rtasida ziddiyat kelib chikishi ham mumkinki, u, albatta, shaklni o`zgartirishga olib keladi. Bu o`rinda ulug o`zbek shoiri va mutafakkiri Alisher Navoiyning she`riyatda mazmun ( ma`no) va shakl ( surat) haqidagi fikrlarini eslash joizdir.
Alisher Navoiy shakl bilan mazmunni, so`zning shakli bilan uning ma`nosini dialektik birikda oladi va shu birlikda ma`no-mazmunni so`zning yetakchi asosi deb biladi. Shoirning fikricha, she`r mazmuni bilan ham, shakli bilan ham go`zal bo`lishi kerak:

Nazmda ham asl anga ma`ne durur,


Bulsin aning surati xar ne durar.
Nazmki ma`ni anga margub emas,
Nazmki ham surat erur xush anga,
Zimnida ma`ni dogi dilkash anga.

Alisher Navoiy ma`no-mazmuning yetakchiligini inkor etib, quruq shaklbozlikka berilib ketgan, so`zni suiistimol etuvchi formalist shoirlarni shafqatsiz fosh etgan, ularga qarshi tinimsiz kurash olib borgan. Afsuski, bunday formalizmga berilish holati adabiyot tarixida, ahyon-ahyonda bo`lsa-da uchrab turadi. Bu o`rinda, loakal, X1X asrda Qo`qon xoni- Amir Umarxon saroyida yashagan shoirlarning ko`pi shoir Amiriy (Amir Umarxon)ga taqlidan yaratgan quruq shaklbozlikdangina iborat she`rlarini eslash kifoya. Bu shoirlarning she`rlarida shakl bor-u mazmundan tayin yo`q.


Shunga holatni 20-30- yillarda ijod qilgan ayrim o`zbek formalist shoirlari ijodida ham kurish mumkin. Ta`kidlash kerakki, hikoyabop fikrni hikoyada, qissabop fikrni qissada, romanbop fikrni romanda bayon qilish kerak. Agar yozuvchi hikoyaga loyiq fikrni qissada yoki qissaga loyik fikrni romanda bayon qilishga intilsa yohud akchincha romanbop fikrni qissada, qissabop fikrni hikoyada berishga urinsa- san`at asarida mazmun va shaklning monandligi prinsipi buziladi - u, albatta, muvaffaqiyatsizlikka uchraydi. Bu fikrni tasdiqlovchi faktlarni adabiyot tarixidan topish qiyin emas.
Shuni ham aytish kerakki, shakl ham mazmunga befark qaray olmaydi : mazmunga muayyan tus-surat beradi , uni bezaydi, tugellaydi- estetik ta`sirchalik bagishlaydi:

Senga baxtdan taxt tilarman,


Toledan boshingga toj,
Xusni mulkingga omonlik,
Toju taxtingga rivoj.
Yoki
Dust bilan obod uyning,
Gar bo`lsa u vayrona ham,
Dust kadam kuymas esa,
Bayronadir koshona ham.

Shoir Erkin Voxidov g`azallaridan olingan yukoridagi baytlar mazmuni bilan, ham shakli bilan ham bag`oyat go`zal - u kitobxonga tarbiya ham, estetik zavq ham beradi. Agar shu baytlarda ifodalangan ma`no mazmunni sa`at (g`azal) shakliga solmasdan jungina bayon qilinsa- «senga baxt va tole yor bo`lsin, xusning va baxting barkaror bo`lsin» yoki «xonadoningdan dustarimasan% dust kelsa uyning obod bo`ladi, kelmasa vayron bo`ladi» deyilsa, bu fikrlar ukuvchida muayyan taassurot koldiradi-yu, ammo unga zavk-shavk bagishlamaydi, fikrning ta`sir kuchi ham kutilganday kuchli bo`lmaydi. Shaklning mazmunga ta`siri mana shunday o`rinlarda anik seziladi.


Keng ma`noda - san`at - obyektiv borlikning o`ziga xos badiiy ifodasi, yukorida aytganimizdek, ijtimsiy ong shakllaridan biri.
Izchil materialistik ta`limotga ko`ra, mazmun deganda biz san`at asarida aks ettirilgan hayot parchasini tushunamiz. Boshkacha qilib aytganda, voqelik, ijtimoiy turmush muommalari san`at asarining mazmunini, mohiyatini tashkil qiladi. Chunonchi, Abdulla Qahhorning «O`g`ri» hikoya sining mazmuni deganda biz asarda tasvirlangan o`tmishdagi o`zbek dehqonining tipik obrazi Qobil boboning achchiq qismatini ko`z ungimizga keltiramiz : Qobil boboning yakka-yu yagona ola ho`kizini o`g`ri olib ketadi , bobo ko`mak surab ellikboshiga, aminga, pristavkaga arz qiladi, ularga bor- yo`g`ini pora avaziga beradi, kampiri esa azayimxonga obdastagardon qildiraman deb unga topgan-tutganini beradi... Oqibatda, Qobil bobo paxtafurush Egamberdi boyga qaram bo`lib qoladi.
San`at asarida voqelik ijodkorning nuqtai nazari, ya`ni dunyoqarashi taqozosiga ko`ra tasvirlanadi. Shu sababli, avtorning dunyoqarashi san`at asarning mazmunida o`z ifodasini topadi, unda chuqur qoldiradi. Binobarin, «O`g`ri» hikoyasida Abdulla Qahhorning Qobil boboni butunlay xarob qilgan ellikboshi, amin va pristavkalarga, ya`ni haqiqiy o`g`rilarga nafrati, g`azabi qanchalik kuchli sezilib tursa, Qobil bobo takdiriga ham shu qadar anik sezilib turadi.
San`atda ijodkor tomonidan anglashilgan voqelik tasvirlanadi. Shunga ko`ra san`at asarining mazmuni deganda biz muayyan asarda ifodalangan g`oyaviy mazmuni tushunamiz. Adabiy-badiiy asarning g`oyaviy mazmunini tahlil qilar ekanmiz, biz shu jarayonda avtorning hayotni qanday tushunganini va unga qanday baho berganini aniqlaymiz. Avtorning hayotga munosabati-unga bergan baxosi asardagi obrazlar tizimida o`z ifodasini topadi: obraz - badiiy asarning g`oyaviy mazmunini ifodalovchi vosita- shakl. O`z navbatida, obraz so`zlar vositasi bilan yaratilar ekan, o`z vositasiga nisbatan mazmundir. L.I. Timofeyevning ta`kidlashicha, tip ( so`z) obrazga nisbatan shakl, obraz esa asarning g`oyaviy mazmuniga ko`ra shakldir. Asardagi nutqiy ifodalar, kompozitsiya, ritmik- intonatsion vositalar obrazning mohiyatini ochishga xizmat qiladi, shu orqali asar mazmunini ifodalaydi.
Mazmun - voqelikning badiiy ifodasi der ekanmiz, biz bu o`rinda obrazni, ya`ni inson hayotining konkret badiiy manzaralarini nazarda tutamiz. Yozuvchi hayotni obrazlar vositasida aks ettirar ekan shu obrazning faoliyatiga o`z qarashlarini, ya`ni tendensiyasini singdirib yuboradi N.A. Nekrasov «Rossiyada kim yaxshi yashaydi» poemasida baxt problemasini ko`tarib chiqar ekan, bu masalaga sinfiy nuqtai nazardan yondashadi: asarda ta`kidlanishicha, Rossiyada mavjud bo`lgan samoderjaviye-pomeshchik tuzumiga qarshi kurash yo`li bilan mehnatkash xalq ommasi baxtga erishishi mukin. Poemaning bosh qahramoni Grisha Dobrosklonov - ilg`or raznochenets intelligensiyaning vakili - kishilarni mana shunga da`vat qiladi. X.X. Niyoziy «Boy ila xizmatchi» dramasida G`ofir, Oybekning «Qutlug` qon» romanida Yo`lchi ham xalqni mavjud ijtimoiy tuzumga qarshi kurashga da`vat qilar ekan, ular ham xuddi Grisha Dobrosklonovga uxshab, insoniy baxtni kurash orqali qo`lga kiritish mumkin deb qat`iy ishonadilar. Erk va baxt uchun kurashga da`vat etish - bu asarlarning g`oyaviy-yunalishi- mazmunini tashkil qiladi.
Mazmunning shaklga o`tishi, birinchi navbatda, obrazlar orqali yuz beradi. Yozuvchining g`oyaviy niyati inson hayotining konkret manzaralari- obrazlar orqali gavdalanadi. Masalan, A.A. Fadeyev «Yosh gvardiya» romanida yosh gvardiyachi yoshlar obrazlari orqali urush yillaridagi yoshlarning ichki dunyosini va fashizmga qarshi olib borgan kurashini tasvir etgan. Shu, sababli, yozuvchining obrazlar tizimi ustatiga barcha ijodiy ishlari asarning g`oyaviy mohiyatini yorkin va ta`sirchan qilib ochib berishga qaratiladi.
Mazmunning obrazlar orqali shaklga o`tishi dialektik aloqa bo`lib hisoblanadi. Bu aloqa - murakab jarayondan iborat. Chunonchi, mazmun obrazlar orqali shaklga utar, shu jarayonda obraz mazmunga ham ta`sir qilini mumkin. Adabiyot tarixida shunday dalillar ham borki, yozuvchi qahramonlari xarakterlarini chuqurlashtirish ustida ishlar jarayonida o`zining dastlabki g`oyaviy niyatini, ya`ni mazmunni ham o`zgartirishi mumkin. Masalan, L. N. Tolstoy «Urush va tinchlik» roman- epopeyasida dastlab dekabristlarning 1856 yilgi hayotini ( Lobazovning surgundan qaytgandan keyingi hayotini) tasvirlamoqchi bo`lgan. Ijod jarayonida yozuvchi qahramonning taqdirini izohlash maqsadida 1825 yilgi voqealarga murojaat qilishni zarur deb topgan. Undan keyin yozuvchi Lobazovning 1812 yilgi, undan sung 1805 yilgi hayotini yoritishni lozim topgan. Shunday qilib, asarning g`oyaviy mazmuni ham kengayib, chuqurlashib ketgan. Xuddi shunga uhshash holat , chunonchi, o`zbek yozuvchisi Said Axmad ijodida ham yuz bergan: u dastlab «Ufq» romanida Ikromjon, Azizxon, Nizomjon kabi qahramonlarining urush davridagi hayotini aks ettirmoqchi bo`lgan, ijod jarayonida qahramonlarning urushdan avvalgi va keyingi hayotini ko`rsatish niyati tug`ilgan. Shu tarika, uch romandan iborat bo`lgan «Ufq» trilogiyasi paydo bo`ldi.
Mazmunning shaklga o`tishi syujet orqali ham, kompozitsiya orqali ham yuz berishi mumkin. Bunday paytda, syujet va kompozitsiya shaklning atributi (xarakterli belgisi) bo`lib xizmat qiladi, mazmunga ham bil vosita ta`sir ko`rsatadi. Chunki ular obrazlarning joylashishi, gruppalashishi, o`zaro aloqadorligi bilan bog`liq. Bundan shaklning mazmundorligi haqidagi dialektik-materialistik ta`limotning tasdig`i kelib chiqadi Mazmunning shaklga o`tishi poeziyada muhim rol uynovchi ritmik-intonatsion vositalar orqali ham yuz beradi.
Estetikaning o`qtirishicha, shakl mazmun bilan o`zviy bog`liq: mazmunli shakl. Obraz - mazmunni ifodalovchi shakl-usul sifatida xizmat qiladi. Obraz - ham mazmun, ham shakl hodisasi. Chunki g`oyaviy mazmun obrazlar orqali ochiladi, obrazlar esa badiiy- tasvir vositalari- so`zlar orqali yaratiladi.
Til, badiiy tasvir vositalari, konflikt, kompozitsiya, adabiy tur, janr, she`r tuzilishi kabilar, birinchi navbatda, shakl hodisalaridir. Chunonchi, «O`g`ri» hikoyasining shakli deganda biz shu hikoya poetikasini, xususan, uning syujeti, kompozitsiyasi, konflikti, badiiy til xususiyatlari va xokazolari tushunamiz.
Shuni ham aytish kerakki, yozuvchi shakl soxasida tinimsiz izlanishlar olib boradi ( chunki, go`zal shaklsiz san`at asari yaratib bo`lmaydi). Biroq, ijodkorning shakl soxasidagi topqirliklari oqibat natijada mazmunni quyuqlashtirishga olib kelishi lozim. Zero, mazmunga xizmat qilmaydigan shakl san`at doirasidan chiqib ketadi. Shu munosabat bilan N.G. Chernishevskiy yozadi:» Mazmun butunlay boshqacha- buning uchun vergullarni joy-joyiga qo`yish, paroxod bilan parovoz, allergiya bilan kategoriya orasidagi farqni yaxshi bilish yetmaydi. Asarni mazmun bilan jonlantirish uchun san`atkor ko`zatuvchan, tajribakor, xususan, talantli bo`lishi kerak. Aksariyat hollarda bu hislatlar ham yetmaydi. Ba`zan mazmun xususisida san`atkor o`zoq vaqtlar o`ylaydi. Bu xar bir shoir va yozuvchining talant xususiyatiga bog`liq... Agar Gogol o`zining «O`lik jonlar» povesti ustida o`zoq vaqt o`ylagan bo`lsa, u «Nurafshon oftob nur sochdi» deb tasvirlash kelakmi, yo «ajoyib nur sochdi» deb tasvirlangan ma`qulmi, degan ma`noda o`ylagan emas. Gogol ikki-uch marta, Russo to`qqiz-o`n marta o`z qo`yozmalari ustida ishlar ekan, ularning tuzatishlari faqat til va uslub kamchiliklari emas. Balki xar gal bir fikrni ikkinchi bir fikr bilan almashtirib borganlar».
Shu tarika, shakl sohasidagi izlanishlar mazmunni quyuqlashtirishga, chuqurlashtirishga olib kelgan taqdirdagina chinakam san`at asari- badiiy kashfiyot yuz beradi.



Yüklə 256,63 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin