O‘yin texnikasining tasnifi. Texnika klassifikatsiyasi bu ma’lum belgilar asosida uning hamma usul, usullarini bo‘limlar va guruhlar bo‘yicha teng xuquq taqsimlashdir. Shunday belgilar qatoriga, eng avvalo, sport kurashidagi usulning nimaga mo‘ljallanganligi belgilanishi (savatga hujum qilish yoki himoya qilish uchun ) harakt qanday bajarilishi (to‘p bilan yoki to‘psiz), shuningdek uning kinematik va dinamik tuzilishi xususiyatlari kiradi.
Basketbol texnikasining ikkita katta bo‘lim: hujum texnikasi va himoya texnikasiga bo‘linadi. Har bir bo‘limda ikkitadan guruh: hujum texnikasida- maydonda to‘psiz harakat qilish texnikasi va to‘p bilan bajariladigan harakatlar texnikasi, himoya texnikasida esa– maydonda harakat qilish texnikasi va to‘pni egallash va qarshi harakat qilish texnikasi ajralib chiqada. Har bir guruh ichida usul va ularni bajarish usullari bor. Usulni bajarishimizning deyarli har bir usuli harakat strukturasining ayrim detallarini (ko‘rsatkichlarini ochib beradigan bir necha ko‘rinishga ega. Bundan tashkari, usulning dinamik tuzulishiga o‘yin chining harakatini, dastlabki holatini, yo‘nalish va masofasini aniqlaydigan bajarish shartlari ta’sir ko‘rsatadi. Tavsiya qilinayotgan klassifikatsiyada fintlarga mustaqil joy ajratilmaydi, chunki fint- bu konkrent usulning faqat bir qismini masalan, to‘pni uzatib berishda qo‘l ko‘tarish, savatga otish vaqtida mo‘ljallash), raqibida xato reaktsiya tug‘dirish maqsadi bilan o‘yinchi tomonidan bajarilishi va undan foydalanib boshqa usulni samarali qo‘llash uchun qulay holatga erishishdir.
O‘yin texnikasi klassifikatsiyasining printsipial jadvali quyidagi ko‘rinishda berilishi mumkin:
Texnika bo‘limi – hujum texnikasi; Texnika guruhi- to‘pni egallash texnikasi; Usul- to‘pni savatga otish;
Bajarish usuli- yuqoridan bir qo‘llab savatga otish; Variantlari- gavdani orqaga tashlab (og‘ishtirib);
Bajarish shartlari- to‘xtagandan keyin sakrab o‘rtacha masofadan to‘pni savatga otish;
Basketboltexnikasiklassifikatsiyasishundayjadvalbo‘yichatuzilgan. Kinematik tuzilish harakatining bo‘shliqda vaqtdagi shaklini yoritib beradi: pastdan, yuqoridan yoki ko‘krakdan, oldinga, yuqoriga, orqaga tez yoki sekin, qanday ketma- ketlikda va h.k. bir yoki ikki qo‘llab bajarilishini ko‘rsatadi.
Dinamik tuzilish usulni bajarish paytida qaysi kuchlar qanday harakat qilishini aniqlaydi. Masalan, inertsiya kuchining to‘g‘ri harakat davomida ba’zan birdaniga yugurish tezligini oshirishga imkon beradi, ba’zan esa ularning samaradorligining jiddiy ravishda pasaytiradi. Harakat qilishning texnik usullari va himoya usullari soddalashgan sxema bo‘yicha analiz qilinadiBasketbolchining maydon bo‘ylab harakat qilishlari, hujum qilish vaziyatlarini bajarishga yo‘naltirilgan va aniq o‘yin harakatlarini amalga oshirish davomida yuzaga kelgan butun harakatlar tizimining bir qismi hisoblanadi. Ular basketbol texnikasi asoslaridir.
O‘yinchi maydon bo‘ylab harakat qilishi uchun yurish, yugurish, sakrash, to‘xtalish va burilishlardan foydalaniladi. Shu usullar yordamida u joyni to‘g‘ri tanlab olishi, uni taqib qilayotgan raqibidan uzoqlashishga (qochishga) va keyingi hujum uchun kerakli yo‘nalishga chiqish, boshqa usullarni bajarish uchun eng yaxshi, qulay dastlabki holatlarini egallashga erishish mumkin. Bundan tashqari to‘p bilan bajariladigan ko‘pgina texnik usullarning: harakatda va sakrab to‘p uzatish, olib yurish va aylanib o‘tishning, sakrab to‘p otish va
harakatlarning samaradorligi harakat paytida oyoqning to‘g‘ri ishlashiga va muvozanatini saqlashga bog‘liq
Yurish o‘yinda maydonda harakat qilishning boshqa usullariga nisbatan kamroq qo‘llaniladi. Asosan undan qisqa pauzalarda pozitsiyani almashtirish uchun yoki o‘yin harakatlarining muddati susayganda, shuningdek, yugurish bilan qo‘shiladigan harakat me’yorini almashtirish uchun foydalaniladi. Odatdagi yurishdan farqli o‘laroq, basketbolchi tizzada biroz bukilgan oyoqlar bilan bir joydan ikkinchi joyga o‘tadi, bu unga bukilgan oyoqlar bilan bir joydan ikkinchi joyga o‘tadi, bu unga qo‘qqisdan tezlanish uchun imkon beradi.
Yugurish o‘yinda harakat qilishning bosh vositasi hisoblanadi. U engil atletikadagi yugurishdan ancha farq qiladi. O‘yinchi istalgan yo‘nalishda, oldinga yuzi yoki orqasi bilan, bir xil sportga oid holatlardan maydon ichida tezlasha olishi, yugurish tezligi va yo‘nalishini tez o‘zgartira olishi kerak.
Raqib uchun kutilmagan xolda yugurish tezligini oshirishi yoki startga tezlanish sport o‘yinlarida keskin yugurish deyiladi. Keskin yugurish raqib taqibidan qutilishi va bo‘sh joyga chiqishning eng yaxshi vositasi (qurol)dir. Keskin yugurishni amalga oshirish uchun birinchi 4-5 qadamni shiddatli qilib, oyoqni uchi tomondan qo‘yiladi. Yugurish tezligi qadamni uzaytirish tufayli osha boradi. Shu paytda o‘yinchi to‘pni olishga tayyor bo‘lishi kerak.
Yugurish yo‘nalishini o‘zgartirishni o‘yinchi, harakat yo‘nalishiga qarama- qarshi tomonga, oldinga chiqarib qo‘yilgan oyoqning kuchli itarishi bilan amalga oshiriladi: gavdasini yangidan tiklangan tomonga egadi.
Sakrashlardan xuddi mustaqil usullardan foydalanishadi. Ular texnikaning boshqa usullarining elementlari ham hisoblanadi. O‘yinchilar ko‘proq yuqoriga va uzunlikka- yuqoriga sakrashlardan yoki qayta sakrashlardan foydalanishadi. Sakrashni bajarishning ikki usulini qo‘llashadi.
Ikki oyoqlab depsinish bilan sakrashni ko‘proq joydan turib asosiy holatdan bajarishadi. O‘yinchi tezda oyoqlarni bukadi, qo‘llarini tirsakdan bir oz bukib, orqaga o‘tiradi va boshni sal ko‘taradi. Depsinish oyoqlarni kuchli bukish bilan, gavdaning va qo‘llarni oldinga- yuqoriga keskin harakat bilan amalga oshiriladi. Yugurib kelib ikki oyoqlab depsinib sakrashni odatda, savatga to‘p otish paytida va shitdan sapchib qaytgan to‘p uchun kurash paytida qo‘llaniladi.
Bir oyoq bilan depsinib sakrashni yugurib kelib bajariladi. Depsinishni shunday bajarishadiki, yugurib kelishning inertsiya kuchlaridan to‘la foydalaniladi. Depsinishdan oldin yugurishning oxirgi qadamini oldingilaridan ancha katta qo‘yishadi. Boshqa oyog‘i bilan oldinga- yuqoriga tez saltab, tana og‘irligining umumiy markazi tayanch ustidan o‘tish paytida esa uni tos suyagi bilan son suyagi qo‘shilgan joyda va tizza bo‘g‘imlarida bukishadi. Basketbolchi tanasi yuqori nuqtaga etgandagi ko‘tarilishidan keyin oyog‘ini to‘g‘irlaydi va depsinuvachi oyog‘iga keltiradi. Istalgan usulda sakraganda erga tushish muvozanatini saqlagan xolda, yumshoq tushish lozim, bunga oxista kerilgan oyoqlarning yumshatuvchi bukish orqali erishiladi. Erga bunday tushish basketbolchiga o‘yin haraktlarini bajariga tezda kirishish uchun imkon yaratadi.
To‘xtash. Vaziyatga qarab o‘yinchi, keskin yugurishlar va yugurish yo‘nalishini o‘zgartirishlar bilan bir qatorda raqib ta’qibidan bir oz bo‘lsa ham qutilishga, bo‘sh joyga chiqishga va keyingi hujum harakatlari uchun imkoniyatga ega bo‘lish maqsadida kutilmagan (qo‘qisdan) to‘xtalishlardan foydalanadi. To‘xtalish ikki uslubda: sakrab va ikki qadam bilan amalga oshiriladi.
Burilish. Hujumga himoyachidan qutilish uchun, to‘pni urib chiqarishdan saqlash uchun fintlarini ishlatib, so‘ng savatga hujum qilish uchun burilishlardan foydalaniladi. Burilishning ikkita: oldinga va orqaga burilish usuli bor.
Oldinga burilish basketbolchi yuzi bilan qayoqqa qaragan bo‘lsa, shu tomonga qadam tashlab, o‘tish yo‘li bilan bajariladi, orqaga burilish esa- u orqasi bilan qaysi tomonga turgan bo‘lsa, o‘sha tomonga qadam tashlab o‘tish yo‘li bilan bajariladi.
To‘p bilan bajariladigan usullar (texnikasi). To‘p bilan bajariladigan usullar quyidagi texnik usullarni: to‘pni ilib olish, uzatish, olib yurish va to‘pni savatga otishni o‘z ichiga oladi.
To‘pni ilib olish. To‘pni ilib olish- bu usulning yordamida o‘yinchi ishonarli ravishda to‘pni egallab olish va u bilan keyingi hujum haraktlariga kirishishi mumkin.
To‘pni ilib olish, keyinchalik to‘pni oshirib berish, olib yurish yoki otishni bajarish uchun ham dastlabki holat hisoblanadi, shuning uchun harakatlar o‘z tuzilishi bilan keyingi usullarni aniq va qulay bajarilishini ta’minlashi lozim O‘yinchi to‘pni ham ilmay turib uni keyin qayoqqa va kimga uzatishni bilishi lozim
O‘yinchi to‘pga qarab tursa ham ko‘z qiri bilan boshqa joylarni ko‘ra olishi lozim.
Basketbolchi joyida turib kutmasdan albatta unga qarshi chiqishini o‘ziga qoida qilib olishi kerak. To‘pni tutib olishning aniq usulini va uning har xil usullarini tanlab olish, o‘yinchining uchib, kelayotgan to‘pga nisbatan joylashganligini uning bir joydan ikkinchi joyga o‘tish harakati dinamikasi va to‘pning uchish balandligi va tezligiga bog‘liq.
To‘pni ikki qo‘l bilan ilib olish to‘pni ikki qo‘l bilan ilib olish, to‘pni egallashning eng oddiy va shu bilan birga ishonchli usuli hisoblanadi.
To‘pni bir qo‘l bilan ilish. Uchib kelayotgan to‘pga etib borish va uni ikki qo‘l bilan ilishga sharoit yo‘l qo‘ymagan holda uni bir qo‘l bilan ilish kerak.
To‘pni uzatish. Uzatish- bu uchish yordamida hujumni davom ettirish uchun o‘yinchi to‘pni sherigiga yo‘naltiriladigan usuldir.
To‘pni aniq to‘g‘ri va aniq uzatishni bilish- o‘inda basketbolchilarning birgalikdagi aniq, maqsadga yo‘naltirilgan harakatlarning asosidir. To‘pning har xil uslublari bor. Ularni u yoki bu o‘yin holati, to‘pni uzatish lozim bo‘lgan oraliq, sherigining joylashishi yoki harakat yo‘nalishi raqiblarning qarshi harakat uslublari va xarakteriga qarab qo‘llaniladi.
Periferik ko‘rish, qo‘l harakatlarining tezligi, tadbirkorlik, aniq va taktik fikrlash- to‘pni xatosiz uzata oladigan basketbolchilarni xarakterlovchi sifatlardir.
Uzatish uslublarini bajarish tezligi va aniqligi ma’lum darajada panja va barmoqlarning usulning asosiy qismida juda tez ishlashiga bog‘liq. To‘pni qabul qilayotgan sherikni ko‘rish kerak, lekin unga qarab turmaslik lozim Uzatish paytida muvozanat holatni saqlash lozim, bo‘lmasa uzatishga mo‘ljallangan yo‘nalish raqib tomonidan to‘sib yoki to‘p olib qo‘yilishi mumkin, o‘yinchi esa beixtiyor xato “yugurish” qilib qo‘yadi (uchinchi qadam qo‘yadi yoki joyidan siljiydi).
To‘pni ko‘krakdan ikki qo‘l bilan uzatish- nisbatan oddiy o‘yin paytida, raqibining ta’qibi bo‘shroq bo‘lganda, to‘pni yaqin va o‘rta masofadagi sherigiga aniq va tez yo‘naltirishga imkon beruvchi asosiy usuldir.
To‘pni yuqoridan ikki qo‘llab uzatish. Yuqoridan ikki qo‘llab uzatishdan ko‘proq raqib zich himoya qilayotgan paytda o‘rtacha masofalardan foydalaniladi.
To‘pni pastdan ikki qo‘llab uzatish. To‘pni ikki qo‘llab pastdan uzatish tizzadan pastga ilib oldinga yoki maydondan olinayotganda va pozitsiyani almashtirishga vaqt bo‘lmaganda 4- 6 metr masofada qo‘llaniladi.
To‘pni elkadan bir qo‘llab uzatish. To‘pni elkadan bir qo‘llab uzatish to‘pni yaqin va urta masofaga uzatishda qo‘llaniladigan usuldir. Bunday uzatish uchun eng oz vaqt ketadi va to‘pni yaxshi nazorat qilinadi. To‘pni uchib chiqish vaqtidagi panjalarning qo‘shimcha harakati o‘yinchiga yo‘nalish va katta diopazonda to‘pning uchish traektoriyasini o‘zgartirishga imkon beradi.
Bosh ustidan yoki tepasidan to‘pni bir qo‘llab uzatish: Qarshi hujumga o‘tgan sherigiga to‘pni tezroq butun maydon bo‘ylab 10- 25 metrgacha yo‘naltirishga imkon beradi.
Yuqoridan bir qo‘llab (“ilgak” usuli bilan) to‘pni uzatish qattiq ta’qib qilinayotgan raqibning ko‘tarilgan qo‘llari ustidan to‘pni o‘rta va ayniqsa uzoq masofaga yuborish kerak bo‘lgan vaqtga qo‘llaniladi.
Pastdan bir qo‘llab uzatish. Yaqin va o‘rta masofalarga, raqib to‘pni yuqorida tutib olishga zo‘r berib harakat qilgan paytda bajariladi. To‘pni sherigiga raqibning qo‘li ostidan yo‘naltirishadi.
Yondan bir qo‘llab to‘p uzatish. Bir qo‘l bilan yondan uzatish bir qo‘l bilan pastdan oshirishga o‘xshash. U to‘pni sherigiga yaqin va o‘rta masofaga raqibning chap va o‘ng tomondan yo‘naltirishga imkon beradi.
Orqadan bir qo‘llab to‘p uzatish. To‘pni orqadan uzatishdagi asosiy harakatlar- bu biroz bukilgan qo‘l belidan orqadan qo‘l va pnjaning keyingi keskin harakati bilan uzatiladi (gavda ham biroz bukiladi).
Bir qo‘llab elkaning ustidan to‘p uzatish.Bir qo‘llab elkaning ustidan to‘p uzatish paytida o‘yinchi tirsak va panjalarining shiddat bilan bukish bilan o‘ng (chap) tomondan yoki qarama- qarshi elka ustidan to‘pni shergiga uzatadi.
To‘pni olib yurish - o‘yinchiga to‘p bilan maydon bo‘ylab xoxagan tezlikda va istalgan yo‘nalishda harakat qilishiga imkon beruvchi usuldir.
To‘pni olib yurish klassifikatsiyasi (tasnifi).
To‘pni olib yurish ta’qib qilayotgan raqibdan qochishga, to‘p uchun muvaffaqiyatli kurashdan so‘ng to‘p bilan shchit ostidan chiqishga va tez jadal qarshi hujumni tashkil etishga; raqibga to‘siq qo‘yishga yoki nihoyat, sherigiga hujum uchun to‘pni uzatish va uni to‘sayotgan raqibni biroz chalg‘itishga imkon beradi.
Boshqa barcha holatlarda, qarshi hujum tezligini pasaytirmaslik uchun va o‘yin jarayonini buzmaslik uchun to‘pni olib yurishdan bekordan- bekorga foydalanmaslik kerak. Olib yurish to‘pni bir qo‘la bilan engil ketma- ket pastga- oldinga urish bilan amalga oshiriladi (yoki galma- gall o‘ng- va chap qo‘l bilan ), oyoqlardan biroz yonda va oldinga yo‘naltiriladi. Asosiy harakatlarni tirsak va bilak bo‘g‘inlari bajaradi. Muvozanat holatini saqlash va harakat yo‘nalishini tez o‘zgartirish uchun oyoqlarni bukish kerak.
Gavda biroz oldinga buriladi, to‘pdan ozod qo‘l va elka raqibni to‘pga yaqinlashtirmaslikgi kerak (lekin uni itarib yubormaslik lozim). Qadam tashlash va to‘p bilan aloqa qiluvchi qo‘l harakatlarining sinxronligi to‘pni olib yurish uchun xarakterlidir.
O‘yinchi shu tarzda oldinga harakat qilib, shu vaqtning o‘zida sheriklarini, raqiblarni joylashishini kuzatishi va shchit tomon yo‘lini aniqlashi lozim Vaqti- vaqti bilan nazoratni to‘pdan maydonga va qayta to‘pga qaratishi maqsadga muvofiq.