To‘p bilan ijro etiladigan usullar texnikasiga o‘rgatish To‘pni ilish. Ushbu ko‘nikmaturli usullardan iborat boMib. dastlab joyida turib ikki qo‘l bilan to‘pni ilish texnikasiga o‘rgatiladi. So'ng to‘pni ilish holatlari modellashtirilgan vaziyatlar talablariga mos holda harakat davomida, harakatdan keyin ikki qadamli to'xtash va sakrab to‘xtash, sakrab bir va ikki qo‘lda ilish usullariga o‘rgatiladi. Keyingi bosqichda - qayd etilgan ilish usullari mukammal o‘zlashtirilgandan so‘ng to‘p uzatish usullariga o‘rgatiladi.
To‘p uzatish.Mazkur ko‘nikmaga usullari quyidagi tartibda:
ko‘krak oldidan ikki qo‘llab;
elkadan o‘ng va chap qo‘llab;
bosh ustidan ikki qo‘llab;
bosh ustidan o‘ng va chap qo'llab;
bir qo‘llab o‘ng va chap yon tomondan;
-o‘ng va chap qo‘l bilan bosh ustidan yarim aylana (kryuk) usulida;
ikki qo‘l o‘ng va chap bilan pastdan;
yerga urib uzatish;
-to‘pni dumalatib uzatish;
“berkitma” uzatish usullari: qo‘lni o’ng va chap orqa tomonga (belga) o‘tkazib, qadam tashlayotgan oyoq o‘rtasidan va h.k.
Ushbu uzatish usullari oddiy, murakablashtirilgan va modellash- tirilgan o‘yin vaziyatlarida (raqiblar qarshiligida) o‘rgati!ishi ustuvor ahamiyat kasb etadi.
To‘pni urib yurish-yugurish texnikasiga o‘rgatish To‘pni urib yurish-yugurish ko'nikmasi turli usul, holat, yo‘nalish va vaziyatlarida ijro etiladi. Binobarin, mazkur usullar texnikasiga o‘rgatish quyidagi tartibda amalga oshirish tavsiya etiladi:
joyida turib erdan har xil balandlikda qo'i bilan to‘pni urish;
shu usulni joyda o‘ng va chap tomonlarga buriiib - aylanib bajarish;
to'g'ri yo‘naiishda to'pni o‘ng va chap qo'l bilan urib yurish;
to‘g‘ri yo'nalishda to‘pni o‘ng va chap qo‘1 bilan urib yugurish;
to‘g‘ri yo‘nalishda to‘pni o'ng qo‘l bilan urib chap yonlama yurish-yugurish;
to'g'ri yo‘nalishda to'pni chap qo'I bilan urib o‘ng yonlama yurish-yugurish;
to'pni o'ng va chap qo‘l bilan ortga yurish-yugurish;
keskin o'zgaruvchan yo'nalishda to'pni o'ng va chap qo‘l bilan urib yurish-yugurish (ustunlararo, 8 shaklda va h.k.);
yuqorida qayd etilgan usullarni raqib qarshiligida bajarish.