4.Basketbol o‘yinida shug‘ullanuvchilarning texnik maxoratini oshirish O‘yin texnikasi bu musobaqaning aniq vazifalarini muvafaqiyatliroq hal qilishga imkoniyat beradigan usullar yig‘indisidir. “Texnika usuli” termini ostida, deyarli bir xil o‘yin topshirig‘ini bajarishga yo‘naltirilgan va tuzilishi bo‘yicha strukturasi o‘xshash bo‘lgan harakatlar sistemasi tushuniladi. U yoki bu usul qo‘llaniladigan shart- sharoitlarning xilma- xilligi har bir usulni bajarish uslublarining shakllanishi va takomillashishiga qiziqishni kuchaytiradi.
Bu usul, avvalo, asosiy harakatlantiruvchi strukturaning kinematik, dinamik va ritmik strukturasining barqarorligi bilan xarakterlanadi.
Shunday qilib, rivojlanishning har bir davridagi sprotchi texnikasi- bu o‘yinchilarga qoidalar doirasidan chiqmay, kurashning og‘ir vaziyatlarida muvofaqiyatli harakat qilishga imkon beradigan eng samarali, amalda sinalgan vositadir. Bir lahzada vujudga keladigan o‘yin holatdarida eng yaxshi natijalarga erishish uchun , basketbolchi har xil texnik usullar va usulni yoki usullarni tanlab olishi ularni tez va aniq bajarishi kerak.
Yuqori texnik mahorat belgilari:
berilgan o‘yin topshiriqlarini va himoyaning ikki- uch eng yaxshi egallagan usullar bilan qo‘shilishidan mukammal bajarish uchun usul va usullarning eng maqbul hajm ini erkin egallash;
ko‘rsatilgan usullarning aniq va samarali bajarilishi;
halaqit beriladigan omillar ma’lum darajada toliqish, psixologik (ruhiy), keskinlik, og‘ir tashqi sharoit va hakozolar ta’sirida usullarning bajarilishi barqarorligi;
raqib qarshi harakatining aniq variantlariga qarab texnik usullar (fazalarini) qismlarini boshqara olish;
usullarning bajarilishini ishonchliligi, bu ko‘p kunlik musobaqa davomidagi yuqori aniqlik va samaradorlik bilan u o‘yindan bu o‘yingacha salbiy ta’sir etuvchi og‘ishlarsiz aniqlanadi;
Basketbolda texnik usullarning bajarilishini ikki tipga- bu sportchining funktsional faolligini emotsional faolini, inertsion va reaktiv kuchlarnini, muskul qisqarishlarini tashkil qilish bo‘yicha bir- biridan keskin farq qiluvchi yuqori (qisqa amplituda) va sekinlashtirilgan tezlikka (keng amplituda) ajratish mumkin.
Keng amplitudali harakatlar paytidagi gavda bo‘g‘inlari harakatlarining tezligi nisbatan katta emas, shu sababli istalgan aniqlikka erishish oson (mana shuning uchun) o‘yinchi ancha charchaganda keng amplitudali harakatlarni afzal bilishi kerak.
Qisqa amplitudali texnik harakatlar paytida harakatlar aniqligini saqlashning asosiy sharoitlari:
boshqarish vazifalarini amalga oshirish uchun o‘yinchi foydalanishi mumkin bo‘lgan kuch va texnik va rezervlarning mavjudligi;kichik oraliqlarni (mikrointervallarni) aniq qabul qilish va baholashni, shu mikrointervallarda harakat qilishini bilish;
to‘pni egallash va harakat qilish uchun qisqa (mnimum) vaqtdan foydalanish, to‘pni ilib olish va boshqa usul yoki fintga tayyorlashning qo‘shilib ketishiga erishish;
usullarni bajarish paytida bo‘shashish va tejamkorlik bilan texnik usullarni bajarish;