Mavzu. Bilimlarga asoslangan iqtisodiyotda axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish


Bulut – bu nafaqat virtuallashtirish



Yüklə 267,54 Kb.
səhifə61/120
tarix24.10.2023
ölçüsü267,54 Kb.
#160915
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   120
Bilimlarga asoslangan iqtisodiyotda axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish.

Bulut – bu nafaqat virtuallashtirish. Server va infratuzilishni virtuallashtirish xususiy bulutli hisoblashning asosi hisoblanadi, virtuallashtirish va virtuallashgan muhitni boshqarish o‘z-o‘zidan xususiy bulut bo‘lib qolmaydi.

Virtuallashtirish serverlarni, desktoplar, saqlash hajmlari va boshqalarni samarali tuzilmalashtirish, birlashtirishga imkon beradi. Ammo, texnik bulut bulut hisoblanishi uchun, ya’ni, virtual mashina, ot yoki Otni bog‘lovchi konteynerlar, yuqori bardoshli OT, grid-hisoblash DT, saqlash resurslarini abstaktlovchi DT, ko‘lamlashtiruvchi va klasterlovchi DT kabilardan tashkil etuvchilar bo‘lishi zarur.


“Xususiy bulut” atamasi ommaviy yoki gibbriddan farqli ravishda yagona tashkilot tomonidan foydalaniladigan resurslarga tegishli, yoki tashkilotning bulut resurslari bulutdagi boshqa komponentlardan to‘liq izolyasiya qilinganligini aniqlab beradi.


          1. Bulut – tejamkorlik manbaasi bo‘lishi shart emas. Bulut pul mablag‘larini tejaydi degan tushuncha eng katta va asosiy aldanish hisoblanadi. Tejamkorlik bo‘lishi mumkin, ammo bu majburiy atribut hisoblanmaydi.

Bulut korporativ talablarni qondirishi uchun resurslarni yanada samarali taqsimlashga imkon beradi va qurulmalarga qilinadigan kapital xarajatlarni kamaytirish xususiyatiga ega bo‘ladi. Ammo, xususiy bulut avtomatlashtirishga sarmoyalar kiritishni talab qiladi va tejab qolish to‘liq qiymatini qoplay olmasligi mumkin. Demak, xarajatlarni tushirilishi bu modelning bosh ustuvorligi hisoblanmaydi. Shu nuqtai-nazardan, bulutli modelni joriy etishdagi bosh rag‘bat tejab qolish emas, balki bozorga chiqish, yangi xizmatlarni joriy etish tezligini oshirishga imkon beruvchi talabga mos holda tezda moslashish va dinamik ko‘lamlanuvchanlik imkoniyati bo‘lishi kerak.




          1. Xususiy bulut doim ham buyurtmachida joriy etilavermaydi. Xususiy bulut atamasi aniq bir joyda joylashuvni emas, konfidensiallik, resurslarga egalik qilish yoki mustaqil boshqaruvni aniqlab beradi.

Ko‘plab etkazib beruvchilar lokal bo‘lmagan xususiy bulutlarni taklif etadi, ya’ni, resurslarni yagona buyurtmachiga ajratib beradi. “bulut o‘zining qaerda ochilganligiga emas balki, maxfiyligi, unga kim egalik qiladi va boshqarishga kim mas’uliyatni olishiga ko‘ra xususiy hisoblanadi. Masalan, o‘zining ma’lumotlarga ishlov berish markazlarini (MIBM) xosting-provayderda joylashtirish yoki turli buyurtmachilar resurslarini birlashtirib, virtual xususiy tarmoqlari (Virtual Private Network – VPN) yordamida bir-biridan ximoya qilishi mumkin.



Yüklə 267,54 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   120




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin