Xususiy bulut (ommaviy bulut kabi) – bu nafaqat infratuzilmali xizmatlar. Serverli virtuallashtirish – yirik munosabat va shuning uchun xususiy bulutli hisoblashlarning yuqori quvvatli harakatlantiruvchisi hisoblanadi. Ammo xususiy bulut xizmat sifatidagi infratuzilishga (IaaS) keltirilmaydi. Masalan, yangi DTni ishlab chiqish va testdan o‘tkazish uchun yuqori darajadagi xizmat sifatidagi platforma (PaaS) virtual mashinalarni taqdim etishga nisbatan ancha katta ma’noga ega hisoblanadi.
Hozirgi kunda IaaS bulutli hisoblashlarni eng tez o‘sibborayotgan sigmenti hisoblanadi. Eng quyi darajadagi MIBM resurslarini foydalanishda sodda shaklda taqdim etiladi, ammo ishlash tamoyillari asosini o‘zgartirmaydi.
Boshidanoq bulut uchun mo‘ljallangan va avvalgi ilovalar ko‘rsatgan xizmatlardan katta far qiluvchi umuman yangi xizmatlarni taqdim etuvchi yangi ilovalarni yaratish uchun ishlab chiquvchilarga PaaSdan foydalanish qulay hisoblanadi.
Xususiy bulut xususiy bo‘lmay qolishi mumkin. Bir tomondan, xususiy bulut tez qayta qurishga ko‘lamlanuvchanligi va samaradorlik, ommaviy bulutlar uchun xarakterli bo‘lgan real va salohiyatli xavfsizlik tahdidlarii bartaraf qilish ustunliklariga ega. Ikkinchi tomondan, ommaviy bo‘lgan bulutli xizmatlarda vaqti bilan xizmat ko‘rsatish, xavfsizlik va talablarga rioya etishni nazorat qilish darajasi so‘zsiz ortibboradi. SHuning uchun, ba’zi xususiy bulutlar to‘laligicha ommaviylik toifasiga kirib qoladi. Xususiy bulutning ko‘plab xizmatlari esa ommaviy bulut xizmatlari va boshqa tashqi resurslardan foydalanishi hisobiga kirish imkoniyatlar ini kengaytirgan holda gibrid bulut xizmatlariga aylanib boradi.
NIST Standart va texnologiyalar milliy instituti hujjatida quyidagi tavsiflarni aniqlab bergan:
provayder tomonidan tizimning yuqori darajada avtomatlashtirilgan o‘z-o‘ziga xizmat ko‘rsatish imkoniyati;
alohida ish faoliyatini olib boorish uchun tizimining mavjudligi;
resurslarni samarali taqsimlanishi uchun alohida maydonlarda jamlanishi;
tezda ko‘lamlanuvchanligi (resurslar talablarga bog‘liq holda tezlikda cheklanmagan holda ajratiladi va chiqariladi;
boshqariluvchan xizmat (bulutni boshqarish tizimi resurslar ajratilishini nazorat qiladi va optimallashtiriladi).