Nafas fiziologiyasi to‘g‘risida tushuncha Nafas fiziologiyasi- inson organizmining kislorod yutib, karbonat angidrit
chiqarishiga aytiladi. Kishining nafas olish jarayoni uch fazadan iborat: tashqi
nafas olish, havoning qon yordamida o‘pka alveolalariga tushishi, ichki nafas
olishdan iborat. Tashqi nafas olishning me’yorida bo‘lishi havo tarkibiga,
o‘pkaning xayotiy sig‘imiga, havo yo‘llarining o‘tkazuvchanligiga, kichik qon
aylanish doirasining holatiga, nafas olishning chuqurligi va soniga bog‘liq.
Atmosferadan nafas olinayotgan havoning tarkibi doimo har xil bo‘ladi.
Kisloro d Azot So 2 Suv bug‘lari Atmosfera
havosi
20,95%
78,07
%
0,04%
0,094%
O‘pka
alveolalaridagi
havo
13,4%
74%
5,6%
7%
Nafas bilan
chiqariladigan
havo
16,4%
75%
4,1%
4,5%
Gipoksiya turlari Organizm
to‘qimalarining
kislorod
bilan
etarli
miqdorda
ta’minlanmasligi to‘qimalarda kislorod etishmasligiga olib keladi, ya’ni –
gipoksiyaholati rivojlanadi. SHu sababli organizmga qo‘shimcha kislorod
kiritishga to‘g‘ri keladi.
Nafas olinadigan havo tarkibida kislorod miqdori oshirilganda,
alveolalarida uning bosimi oshib ketadi, natijada qon tarkibidagi etishmay qolgan
kislorod miqdori to‘ldiriladi va organizmdagi kislorod (miqdori) muvozanati
tiklanadi.
Kislorod tanqisligiga markaziy nerv sistemasi ayniqsa sezgir bo‘ladi.
Birinchi galda bosh miya shikastlanadi, bosh miyada moddalar almashinuvining
o‘tishi organizmning boshqa a’zolariga qaraganda kislorodni juda ko‘p talab qiladi.
Bosh miyaning og‘irligi tana og‘irligining 2% ni tashkil etadi. Bosh miya
organizmdagi kislorod miqdorining 25% ni o‘zlashtiradi.
Organizmda kislorod etishmasligining kelib chiqishiga qarab ikki xilga: