Endogen sabablarga organizmning o‘zida yuz beradigan o‘zgarishlar bilan
birga, ota-onalardan orttirilgan yoki hayotda paydo bo‘lgan
xususiyatlar ham
kiradi. Kasallikka to‘g‘ri tashxis qo‘yishda uning belgilarini bilish kerak. CHunki
har xil kasallikning o‘ziga xos belgisi bor. Bular
ob’ektivva
sub’ektivbelgilardir.
Sub’ektiv belgilar to‘plash jarayonida bemorning shikoyatlariga qarab
aniqlanadi. M, bosh og‘rig‘i, behollik, ko‘z tinishi va boshqalar. Sub’ektiv belgilar
ta’sirida
ob’ektiv belgilarni ko‘ramiz. Bunda kasallik belgilari ko‘zga yaqqol
tashlanadi. M,
badanda toshmalar toshishi, ko‘z qizarishi, elektrokardiogramma,
ichki a’zolarni rentgen apparati yordamida tekshirish. Har qanday
kasallik asosan
ikki xil bo‘ladi:
O‘tkir turi- ba’zi kasalliklar to‘satdan boshlanib, uzoqqa cho‘zilmaydi.
Surinkali turi- ba’zi kasalliklar
esa uzoq davom etib, vaqt-vaqti bilan
qaytalanib turadi.
Tashxis. Bemorga to‘g‘ri tashxis qo‘yish uchun, kasallikni davolashda
muhim ahamiyatga ega. Tashxis qo‘yishda bemorning shikoyatlari, kasallik tarixi,
kasal bo‘lgunicha qanday kasalliklar bilan og‘riganligi,
turmush sharoiti va
ob’ektiv tekshirish natijasida to‘plangan ma’lumotlarga asoslanadi.
Tashxis qo‘yish shundan iboratki, aksari kasalliklarda bir xil ob’ektiv va
sub’ektiv shakldagi belgilar uchraydi. M, oshqozon yoki ichakdan qon ketishi,
oshqozon
va ichak yarasi, oshqozon va ichak o‘smalari va boshqa kasalliklarda.
Kasallikka tashxis qo‘yishda yuqoridagilardan tashqari, asosiy kasallikni
qo‘shimcha kasallikdan ajrata bilish lozim. Bunga solishtirma tashxis deyiladi.
Dostları ilə paylaş: