odatlar ( tamaki, nosvoy chekish, spirtli ichimliklar ichish) aniqlanadi. Bemorni
yuqoridagi tartibda savol-javob qilib tekshirish sub’ektiv tekshirish usuliga kiradi.
Bu
usulda tekshirish tugallangach, tekshirishning ob’ektiv usuliga o‘tiladi: bemor
ko‘zdan kechiriladi, ichki a’zolar
holatini aniqlash maqsadida paypaslash
(
palpasiya), urib ko‘rish (
perkussiya) va
eshitib ko‘rish(auskultasiya) usullari
qo‘llaniladi. Bundan tashqari,
bemorning tana harorati, bo‘yni, vazni, ko‘krak
qafasining aylanasini o‘lchash, balg‘am, siydikning bir kunlik miqdorini aniqlash
kabi tekshirish usullari ham bor. Bemorning qoni, siydigi, axlati, balg‘ami,
yiringini laborator-bakterialogik
tekshirish, arterial bosimni o‘lchash, organlarni
rentgenda tekshirish,
elektrokardiogramma qilish, rektoromanoskapiya( yo‘g‘on
ichakni tekshirish), sistoskapiya (siydik pufagini tekshirish), urografiya ( siydik
yo‘llarini rentgen qilish) va boshqalar- jihozli tekshirish usuliga kiradi.
Dostları ilə paylaş: