Tashqi sabablar natijasida paydo bo‘ladigan kislorod etishmasligida, nafas
oladigan havo tarkibida kislorod miqdorining keskin kamayishi kuzatiladi. Bu
holat samolyot yuqoriga ko‘tarilganda kuzatiladi.
Ichki sabablar tufayli paydo bo‘ladigan kislorod etishmasligida
organizmning patalogik jarayon vujudga kelishi asosiy o‘rinni egallaydi.1949 yil
Kiev shahrida quyidagi gipoksiya holatlari tasnifi qabul qilingan.
Gipoksik gipoksiya- bunda arterial qon
kislorod bilan etarlicha
to‘yinmagan, kislorod tarangligi kamaygan bo‘ladi. Buning natijasida
gemoglabinning kislorod bilan to‘yinishi pasayib ketadi. Bu holat nervni
fallajlovchi ta’sirga ega bo‘lgan zaharli moddalar
bilan zaharlanganda vujudga
keladi, ta’sirlovchi zaharli moddalar, azot kislota va uning bug‘laridan nafas
olganda vujudga keladi.
Anemik gipoksiya- bu qon tarkibida gemoglabin kamayishi va ba’zi
zaharli moddalardan zaharlanish natijasida qon tarkibida metgemoglabin hosil
bo‘lganda rivojlanadi. Metgemoglabin qon tarkibida 20-50% ni tashkil qilishi
mumkin. Agar qon tarkibida 50% dan oshib ketsa, gipoksiya holati ro‘y beradi.
Dimlangan (sirkulyar) gipoksiya- bunda qon harakati sekinlashadi. Bu
gipoksiya azot kislota, bo‘g‘uvchi ta’sirga ega bo‘lgan zaharli moddalar, nervlarni
fallajlovchi zaharli moddalardan zaharlanganda yaxshi rivojlanadi.
Gistotoksik gipoksiya- bunda kislorodning qondagi va to‘qimalarning
to‘qimalarga tashilishi o‘zgarmaydi, lekin keltirilgan kislorod to‘qimalar
tomonidan o‘zlashtirilmaydi, buning natijasida qon tarkibidagi kislorod mio‘dori
15-18% ni tashkil etadi. Karbonat angidrit esa kamayib ketadi. Bu holat
organizmda vitamin
V va vitamin RR etishmaganida, endokrin buzilishlarida,
narkotiklar ta’sirida ham rivojlanishi mumkin.
Gipoksiya rivojlanishi va davom etishi muddatiga qarab-
yashin
Dostları ilə paylaş: