Mavzu: Biznes va uning turlarini davlat tomonidan ijtimoiy-iqtisodiy jihatdan qo‘llab-quvvatlash siyosati reja



Yüklə 0,79 Mb.
səhifə28/36
tarix20.09.2023
ölçüsü0,79 Mb.
#145828
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   36
biznes reja Untitled.FR12

Qisqacha xulosalar
Korxona va firmalarda ichki rejalashtirishning ob’ekti bo’lib, ishlab chiqarish jarayonini xarakterlovchi iqtisodiy - reja ko’rsatkichlari hisoblanadi.
Bozor iqtisodiyoti sharoitida barcha ishlab chiqaruvchilar va tadbirkorlar, tovarlar, ishlar va xizmatlarga bo’lgan talabdan kelib chiqib, mavjud iqtisodiy resurslardan samarali foylashanish, maksimal foyda olish maqsadida mustaqil ravishda o’z faoliyatlarini tashkil etadi, rejalashtiradi. Tanlangan maqsad, qo’llaniladigan usullarga bog’liq holda rejalashtirishning bir qancha turlarini ajratish mumkin.
Umumiy holatda rejalashtirishning 2 asosiy turi mavjud:

  1. Texnik - iqtisodiy

  2. Operativ

Chet el rejalashtirish fani va amaliyotida reja tuzishning 4 xil turini ajratish mumkin, ya’ni rejalashtirish reaktiv, induktiv, preaktiv va interaktiv bo’lishi mumkin. Nazorat uchun savollar:

  1. Rejalashtirishda qanday iqtisodiy maqsadlar ko’zda tutiladi?

  2. Ishlab chiqarish faoliyatini rejalashtirish nimani o’rgatadi?

  3. Rejalashtirishning funksiyasi nima?

  4. Rejalashtirish metodologiyasi nima?

  5. Bozormunosabatlari sharoitida rejalashtirishningaxamiyatinimada?

  6. Rej alashtirishqandaymuammolarnihaletadi?

  7. Rejalashtirishning texnologiyasi nima?

  8. Rej alashtirishpredmetidegandanimanitushunasiz?

  9. Iste’ molchivaish’ abchiqaruvchilariqtisodiyhulqinio ’ rganishqandayusullardanfo ydalaniladi?

  10. Ichki rejalashtirishning mohiyati nimada?

  11. Rejalashtirish ob’ekti nima?

Test savollari:

  1. Reaktiv rejalashtirish bu-...

  1. Erishilgan tajriba va ishlab chiqarishni rivojlantirish tarixini taxlil qilishga asoslanadi xamda mavjud tashkiliy shakl va vujudga kelgan odatlarga tayanadi;

  2. Korxonadagi erishilgan holatga asoslanadi ya’ni orqaga xam qaytmaydi, ilgariga qarab xarakat xam qilmaydi;

  3. Korxona faoliyatining turli sohalarida uzuluksiz o’zgarishlarni amalga oshirishga qaratiladi. Bunda preaktivistlar fan va texnikaning ilgor yutuqlariga tayanadilar, prognozlash va eksperimentlardan keng foydalanadilar;

  4. Istalgan istiqbolni loyixalashtirishni va unga erishish yo’llarini axtarishni ko’zda tutadi. Bunday rejalashtirish korxonaning individual, tashkiliy, ijtimoiy rivojlanish darajasini oshirishga qaratilib, o’tmishni, hozirgi davrni va kelgusining o’zaro aloqasiga tayanadi.

  1. Inaktiv rejalashtirish bu-.

  1. Istalgan istiqbolni loyixalashtirishni va unga erishish yo’llarini axtarishni ko’zda tutadi. Bunday rejalashtirish korxonaning individual, tashkiliy, ijtimoiy rivojlanish darajasini oshirishga qaratilib, o’tmishni, hozirgi davrni va kelgusining o’zaro aloqasiga tayanadi;

  2. Korxona faoliyatining turli sohalarida uzuluksiz o’zgarishlarni amalga oshirishga qaratiladi. Bunda preaktivistlar fan va texnikaning ilg’or yutuqlariga tayanadilar, prognozlash va eksperimentlardan keng foydalanadilar;

  3. Erishilgan tajriba va ishlab chiqarishni rivojlantirish tarixini taxlil qilishga asoslanadi xamda mavjud tashkiliy shakl va vujudga kelgan odatlarga tayanadi;

  4. Korxonadagi erishilgan holatga asoslanadi, ya’ni orqaga xam qaytmaydi, ilgariga qarab harakat ham qilmaydi.

  1. Markazlashgan reja bu-...

  1. Baho va tariflarni, soliq miqdorini, minimal ishhaqi miqdorini davlat tomonidan yo’naltirishni ko’zda tutadi;

  2. Barcha ko’rsatkichlarni yuqori boshqaruv organlari tomonidan belgilashko’zda tutiladi;

  3. Ko‘rsatkichlarni korxona imkoniyatlarini e’tiborga olgan holda rejalashtirish;

  4. Ko‘rsatkichlarni ish o‘rni, uchastka va sexlar bo‘yicha rejalashtirish.

  1. Kalendar rejalashtirish bu-.

  1. Korxonaning yillik rejasini faqat ish kunlari bo‘yicha aniqlashtirish;

  2. Korxonaning yilik rejasini bo‘linmalar va bajaruvchilar bo‘yicha aniqlashtirish;

  3. Korxonaning yillik rejasini o‘n kunlik, hafta, kun va smena bo‘yicha aniqlashtirish;

  4. Korxonaning yillik rejasini kalendar’ kunlar bo‘yicha aniqlashtirish.

  1. Ko’rsatkichlar orasida muvofiqlikni va bog’liklikni ta’minlaydi.

  1. Iqtisodiy matematik uslub;

  2. Ekstropolyatsiya uslub;

  3. Normativ uslub;

  4. Balans uslub.

  1. Maqsad turiga ko’ra rejalashtirishning qanday turlari qo’llaniladi?

  1. Strategik va normativ;

  2. Operativ, normativ, taktik, joriy;

  3. Taktik, strategik, reaktiv, dastlabki, ta’minot-sotuv;

  4. Operativ, taktik, strategik, normativ.

  1. Quyidagi printsiplardan qaysilari rejalashtirishning klassik printsiplaridandir?

  1. Zaruriylik va samaradorlik;

  2. Samaradorlik va ilmiylik;

  3. Uzluksizlik va ilmiylik;

  4. Aniqlilik va moslashuvchanlik.

  1. Quyidagi tartib rejalarni tuzish ishlarini tashkil qilishning qaysi ko’rinishiga tegishli?

Bosh maqsadlar bo’yicha dastlabki rejalar tuziladi va quyi bo’g’inlarda ular aniqlashtiriladi. So’ngra quyidan yuqoriga harakat amalga oshiriladi. Bunda xususiy rejalar orasidagi farqlar bartaraf etiladi va yanada samarali yechimlar qo’shiladi.

  1. Yuqoridan pastga;

  2. Pastdan yuqoriga;

  3. Aralash;

  4. Gorizontal.

  1. Interaktiv rejalashtirish-...

  1. O’ tmishga yo’ naltiriladi;

  2. Kelaj akka yo’ naltiriladi;

  3. Bugungi kunga moslashish;

  4. R
    muvofiqlashuviga

    ejalashtirishning eng yaxshi g’oyalarini o’z aro yo’naltiriladi.


  1. Asoslash usuliga ko’ra rejalarning qanday turlari ajratiladi?

  1. Indikativ;

  2. Ma’muriy;

  3. Bozor;

  4. Normativ.

  1. BOB. REJALASHTIRISHNING NORMATIV ASOSLARI

Tayanch so’z va iboralar: normalashtirish, norma, normativ, ko’rsatkich, umumiy va xususiy ko’rsatkich, rejalashtirish texnologiyasi, rejalashtirishning normativ asoslari, rejalashtirish turlari.

  1. Normalashtirish tushunchasi va uning asoslari

Norma va normativlar xo’jalik boshqarish mexanizmi va rejalashtirishning muhim elementi hisoblanadi.
Har bir tadbirkor o’z faoliyatini boshlar ekan, albatta, uning uchun zarur bo’lgan resurslarga talabni yoki sarflangan xarajatlarining hisobini yuritadi, ya’ni resurslarga talabni normalashtirish yoki rejalashtirishni amalga oshiradi. Bunda u minimal harajat qilish orqali yuqori darajada miqdoriy va sifat natijalarga erishishni ko’zlaydi.
Xo’jalik yuritish amaliyotida normalashtirish - normal ishlab chiqarish jarayonlarini ta’minlash uchun zarur bo’lgan resurslar sarfi va chegaraviy zaxira kattaligini ishlab chiqish va belgilash uslubidir. Normalashtirish (me’yorlashtirish)ning elementlari sifatida norma va normativlar yuzaga chiqadi.
Norma - mahsulot birligini ishlab chiqarish, belgilangan sifat darajasini ta’minlash uchun (masalan, standart buxanka non, tayyorlash uchun sarf normasi) xom ashyo, materiallar, yoqilg’i, energiya va h.k. sarfi bo’yicha ruhsat etilgan kattaligidir.
Masalan: fabrika erkaklar ustki kiyimi ishlab chiqaradi. Ushbu mahsulotni tikish uchun material sarfi normasi quyidagicha bo’ladi:

  • asosiy material-2m;

  • yordamchi material -2m;

  • ip - lg’altak, tugma - 5dona, mehnat sig’imi - 6 k-soat.

Shunday qilib, natural, mehnat va qiymat ifodasida ifodalangan norma yordamida mahsulot ishlab chiqarish bilan bog’liq barcha harajatlar hisobga olinadi (reglamentlashtiriladi).
Normativ - nisbiy ko’rsatkichlar bo’lib, ishlab chiqarish resurslaridan foydalanish darajasini ifodalaydi. Normativlar foiz va koeffitsientlarda belgilanadi (masalan, jihozning yuklanish koeffnenti, sutning yog’lilik darajasi).5
Shuningdek, normativlar xodimlarning talab etilgan sonini aniqlashda, aylanma mablalar kattaligini aniqlashda ham qo’llaniladi va ular iqtisodiy normativlar deb yuritiladi.
Xo’jalik boshqaruvi mexanizmida normativlarning o’rni va ahamiyatini quydagicha ifodalash mumkin (tasvirlash mumkin):


4.1-chizma. Xo’jalik boshqaruvi mexanizmida normativlarning o’rni.



Norma va normativlar o’lchov va chegaralash funksiyasi bilan bir qatorda xisob, nazorat va tartibga solish funksiyalarini ham bajaradi. Ular ishlab chiqarishni rejalashtirish va tartibga solish, sarflarni erishilgan natijalar bilan solishtirish, faoliyat boshida va natijalar bo’yicha majburiyatlarni chegaralash, erishilgan natijalarni obyektiv baholash asosi bo’lib xisoblanadi.
Norma va normativlar quyidagi asosiy guruxlar bo’yicha ishlab chiqiladi:

  • mexnat sarfi normalari;

  • material sarfi iormalari;

  • vaqt normalari (asosiy, yordamchi va h.k.);

  • mashina va jihozlar, ishlab chiqarish quvvatidan foydalanish normativlari;

  • ishlab chiqarish jarayonlarini tashkil etish normativlari;

  • atrof-muhitni muhofaza qilish normativlari;

  • loyiha quvvatlarini o’zlashtirish normativlari;

  • kapital qo’yilmalar samaradorligi normativlari.

Norma va normativlar rejalashtirilgan yildagi faoliyatning texnik-iqtisodiy va tashkiliy sharoitlari asosida shakllanadi. Vaqt o’tishi va ish sharoitlari o’zgarishi, shuningdek, ITT ta’sirida amaldagi norma va normativlar ham qayta ko’rib chiqiladi.
Norma va normativlar texnik,iqtisodiy va fiziologik jixatdan asoslangan bo’lishi lozim. Iqtisodiy asoslanganlik normalarning o’z aro tent kuchli va optimalligini taxminlashi ko’zda tutadi. Texnik asoslanganlik ishchining o’rtacha bilim darajasida va o’rtacha mehnat intensivligi sharoitida ishlarni bajarish davomiyligiga omillar ta’sirini umumlashtirishni ko’zda tutadi. Normalarning fiziologik asoslanganligi ularning ishlash va dam olish reglamentlariga, sanitar - gigienik sharoitlariga muvofiqligini ifodalaydi.


4.2 - chizma. Normalarni o’rnatish uslublari.
4.2. Rejalashtirishning umumiy va xususiy, sifat va miqdor ko’rsatkichlari



Biznes rejalarni ishlab chiqish texnik iqtisodiy ko’rsatkichlar tizimi hamda norma va normativlar asosida amalga oshiriladi.
Ko’rsatkich - sifat jihatdan belgilangan o’zgaruvchan kattalik bo’lib, unga juda ko’p miqdoriy ifodalar kiritiladi.
Ko’rsatkichlar jarayonlarning mazmun va mohiyatini aks ettiruvchi bir yoki bir nechta belgilardan va ularning miqdor xarakteristikalarini: o’lchami, nisbiy yoki absolyut kattaligini ifodalaydigan asosdan tashkil topadi.
Asoslar zaruriy kattaliklarni hisoblashda, belgilar esa zaruriy belgilarni aniqlash, ularni tanlash, guruhlashda qo’llaniladi.
Rejalashtirishda qo’llaniladigan ko’rsatkichlarga quyidagi talablar qo’yiladi:

  • ishonchlilik, ya’ni ular aks ettirayotgan hodisaning obyektiv holatiga muvofiq kelishi lozim;

  • o’lchov xususiyatiga ega bo’lishi, ya’ni ma’lum bir o’lchamga ega hamda aniq bo’lishi;

  • yetarli bo’lishi lozim, ya’ni ishlab chiqarish va sotishning muhim tomonlarini to’liq yoritishi kerak;

  • bir ma’noli bo’lishi, ya’ni turli xilda ifodalanmasligi lozim;

  • o’zaro solishtiruvchan bo’lishi lozim;

  • moslashuvchan va rejalashtirish obyektining amal qilish sharoitidagi barcha o’zgarishlarni aks ettirish qobiliyatiga ega bo’lishi;

  • operativlik - reja tuzuvchiga o’z vaqtida yetib kelishi lozim;

  • yuqori darajada to’liq, ya’ni axborotlar oqimining to’liqligi, ko’pligi;

  • iqtisodiylik - qisqa muddatlarda yig’ish va qayta ishlash ta’minlanishi lozim.

Mazmuniga ko’ra rejaviy ko’rsatkichlar quyidagi asosiy guruhlarga bo’linadi:

  • miqdor va sifat;

  • natural va qiymat.

Miqdor ko’rsatkichlar yalpi, tovar mahsulot, foyda, ishchilar soni va boshqa ko’rsatkichlarni absolyut kattaliklarda ifodalaydi (so’m, tonna, metr, soat va h.k.).
Sifat ko’rsatkichlar - nisbiy ko’rsatkichlar bo’lib, miqdor ko’rsatkichlari orasidagi nisbatni ifodalaydi. Masalan, mehnat unumdorligini oshirish, xarajatlarni pasaytirish, samaradorlikni oshirish.
Ta’kidlash lozimki, miqdor ko’rsatkichlar ma’lum bir sifatga, sifat ko’rsatkichlar esa ma’lum miqdorga ega bo’ladi.
Natural ko’rsatkichlar korxona rejasining moddiy-buyumlashgan mazmunini xarakterlaydi va har bir tovarning xususiyatiga muvofiq keluvchi o’ziga xos birliklarda o’lchanadi (metr, kilogramm va h.k.).
Turlicha sifatga ega bo’lgan bir turdagi tovarlarni o’z aro solishtirish uchun shartli-natural ko’rsatkichlardan foydalaniladi. Bunda shartli birlik sifatida ushbu tovarning bir sorti (turi) qabul qilinadi, qolganlari esa unga o’tkazish koeffitsientlari orqali tenglashtiriladi. Masalan, barcha traktorlar markalari 15-kuch darajasi bilan, sovunlar 40% yog’lilik darajasi bilan, yoqilg’i esa 7000 kk bilan o’lchanadi.
Qiymat ko’rsatkichlari barcha tovar xizmat yoki ishlarni pul ifodasida o’lchash imkoniyatini beradi.
Rejalarni ishlab chiqishni tashkil etishda dastlab quyidagilar aniqlanadi:
Rejalashtirish obyekti - korxona, korxona bo’linmalari yoki uning alohida faoliyat yo’nalishlari, umumiy maqsadlarni, salohiyatni, dastur va harakatlarni aniqlash.
Reja tuzuvchilarni - firmaning javobgar xodimlari, ixtisoslashgan funksional xizmatlar, tashqi maslahatchilar. Rejalashtirish vositalari kalkulyatorlar, kom’yuter texnikasi va uning dasturli ta’minoti.
Rejalarni tuzish tartibi:
Barcha xususiy rejalarni umumiy modelda bir vaqtda ishlab chiqish yoki xususiy rejalarni ketma-ketlikda o’z aro muvofiqlashtirish va uni umumiy loyihaga birlashtirish.
Rejalashtirish uslublari - odatiy usullar (jadvallar, grafiklar) va zamonaviy kom’yuterli maxsus dasturlar;
Korxonada rejalashtirish ishlarini tashkil etish uning o’lchami va turiga boliq bo’ladi.
Amaliyotda rejalarni tuzish ishlarini tashkil etishning 3 ta sxemasi qo’llaniladi:

  • yuqoridan pastga;

  • pastdan yuqoriga;

  • aylanma usulda.

Yirik korxonalarda markazlashgan tashkiliy rejalar yuqoridan pastga tuziladi. Bunday yondashuvda rejaviy strategiyalar boshqarishning yuqori darajasida ishlab chiqiladi - maqsadlar aniqlanadi. Korxonani rivojlantirishning asosiy yo’nalishlari va bosh vazifalari belgilanadi, ularni amalga oshirish mexanizmi shakllantiriladi. So’ngra ushbu maqsadlar, vazifalar va ko’rsatkichlar quyi bo’inlarga harakatlanish davomida yana ham chuqurlashtirilgan va aniqlashtirilgan shaklda bo’linma rejalariga kiritiladi. Texnologik rejalashtirishning ushbu bosqichida barcha mahsulot turlari bo’yicha ishlab chiqarish hajmlari belgilanadi va o’z aro muvofiqlashtiriladi. Rejaviy vazifalarni aniq ijrochilar bilan kelishib ular korxona yuqori rahbariyati tomonidan tasdiqlanadi.
Rejalarni tuzish bo’yicha ishlarni pastdan yuqoriga sxemasi bo’yicha tashkil etishda rejalashtirish ish o’rinlari va bo’linmalaridan boshlanib, so’ngra umumlashtiriladi. Aylanma (qarama-qarshi) tuziladigan rejalar har ikki uslubni birlashtiradi. Bunda yuqoridan pastga rejalashtirish jarayonida bosh maqsadlar bo’yicha dastlabki rejalar tuziladi. Quyi bo’inlarda ularni aniqlashtiriladi. So’ngra rejalashtirish jarayonida quyidan yuqoriga harakat amalga oshiriladi. Bunda xususiy rejalar orasidagi farqlar bartaraf etiladi va yanada samaraliroq echimlar qo’shib boriladi.

4.1 - jadval.

Korxonada rejalashtirishni tashkil qi

ishning namunasi.

Muddat

Tadbirlar

Ma’sullar

Mart - Iyun

  • bozorni va raqobatchilarni o’rganish, mavjud bozor holatini baholash

  • bozor, assortiment va moliyaviy strategiyani aniqlashtirish

  • maqsadlarni, ko’rsatkichlarni va yo’nalishlarni tasdiqlash

  • marketing bo’limi

  • rejalashtirish bo’limi va yuqori rahbariyat

  • yuqori rahbariyat

Iyul

  • rejalashtirish bo’yicha konferensiyani tashkil etish va o’tkazish

  • strategiya va rejalarni havola etish

  • quyi bo’inlar uchun topshiriqlarni aniqlashtirish va muxokama qilish

  • rejalashtirish bo’limi

  • yuqori rahbariyat

  • ishtirokchilar

Avgust

- sexlar uchun ko’rsatkichlarni shakllantirish

- iqtisodchilar va sex boshliqlari

Sentyabr

  • uchastkalarga ko’rsatkichlarni etkazish

  • korxona bo’yicha barcha ko’rsatkichlarni umumlashtirish

  • sex boshliqlari

  • rejalashtirish va moliya bo’limi

Oktyabr

- sexlar bilan rejani kelishish, zaruriy o’zgartirishlarni kiritish va tasdiqlash

- korxona rahbari

Noyabr

- rejaning yakuniy variantini tasdiqlash

- direktorlar soveti

Dekabr

  • individual rejalarni ishlab chiqish

  • kadrlarni o’qitish

  • korxonaning rejani bajarishga tayyorligini aniqlash

  • har bir xodim

  • kadrlar bo’limi

  • rejalashtirish bo’limi

va yuqori rahbariyat






Shunday qilib, oqilona tashkil etilgan rejalashtirish jarayoni iqtisodiy resurslarning cheklanganligi sharoitida ulardan samarali foydalanish hamda yuqori iqtisodiy natijalarga erishish imkoniyatlarini vujudga keltiradi.
Qisqacha xulosalar
Korxonaning rivojlantirish rejalari norma va normativlar asosida amalga oshiriladi. Qo’llaniladigan texnik-iqtisodiy norma va normativlar progressiv bo’lishi, ya’ni ular zamonaviy ilm-fan yutuqlaridan foydalanishni, texnika va texnologiya, ishlab chiqarishni va mehnatni tashkil etish darajalarini rivojlantirishni ko’zda tutmog’i lozim.
Norma ishlab chiqarishning mukammal usuli-analitik hisob-kitob usuli hisoblanadi. Unda norma va normativlar ishlab chiqarish holatini, undagi mumkin bo’lishi kutilayotgan o’zgarishlarni, turli omillarning ta’sirini o’rganish orqali har tomonlama tahlil qilish yo’li bilan asoslanadi.
Jonli mehnat sarfi normalari asosan mehnat unumdorligi darajasini, ish vaqtidan foydalanishni, ish haqi o’lchovini belgilashda xizmat qiladi. Material sarfi normalari material resurslari sarflarini aniqlashga, mehnat qurollaridan foydalanish normativlari ishlab chiqarish quvvatlaridan foydalanish darajasini hisoblashga imkon beradi.
Nazorat uchun savollar:

  1. Normalashtirish mohiyati va ahamiyatini ifodalang.

  2. Norma tushunchasi va uning turlari?

  3. Normativ tushunchasi va uning turlari?

  4. Rejalashtirish texnologiyasi qanday bosqichlardan iborat bo’ladi?

  5. Rejalashtirishda qo’llaniladigan ko’rsatgichlar turlarini yoriting.

  6. Ko’rsatkichlarga qo’yiladigan talablarni yoriting.

  7. Reja tuzish texnologiyasi tartibini yoriting.

Test savollari:

  1. Analitik - hisoblash uslubi mohiyati - ?

  1. Norma va normativlarni kuzatish asosida belgilash;

  2. Vazifalarni tarkibiy qismga va operatsiyalarga taqsimlash;

  3. Normativlarni ishlab chikish;

  4. Normativlar asosida normani belgilash.

  1. Bir xil mahsulot ishlab chiqariladigan korxonalarda mexnat me’yorlarining quyidagi turlari qo‘llaniladi - ?

  1. Vaqt me’yori va ishchilar soni;

  2. Mahsulot ishlab chiqarish me’yori va ishchilar soni;

  3. Xizmat ko‘rsatish me’yor, ishchilar soni;

  4. Ishchilar soni, jixozlar soni.

  1. Turli xil mahsulot ishlab chiqariladigan korxonalarda mehnat me’yorlarining quyidagi turlari qo‘llaniladi - ?

  1. Vaqt me’yori va ishchilar soni;

  2. Mahsulot ishlab chiqarish me’yori va ishchilar soni;

  3. Xizmat ko‘rsatish me’yor, ishchilar soni;

  4. Ishchilar soni, jixozlar soni.

  1. Ko‘rsatkich - ...

  1. Jarayonning yoki xodisaning ijtimoiy iqtisodiy holatini, mohiyatini hamda mazmunini tavsiflaydi;

  2. Jarayonning faqat mikdoriy hajmini ifodalaydi;

  3. Jarayon yoki xodisaning moddiy buyuklashgan holatini tavsiflaydi;

  4. Jarayon yoki xodisaning ham miqdor va sifat tomonlarini tavsiflaydi.

  1. Ishlab chiqarish faoliyatini ifodalaydi - ?

  1. Umumiy ko‘rsatkich;

  2. Hususiy ko‘rsatkich;

  3. Miqdor ko‘rsatkich;

  4. Natural ko‘rsatkich.

  1. Norma yoki me’yor bu - ?

  1. Mahsulot birligini tayyorlash uchun xom ashyo va materiallar sarfi bo‘yicha ruxsat etilgan kattalik;

  2. Vaqt birligi davomida bajarilishi kerak bo‘lgan ish hajmi;

  3. Mahsulot birligini tayyorlash uchun ruxsat etilgan vaqt sarfi;

  4. Bir xodimga biriktirilgan ish hajmi, jixozlar mikdori, ish joyi yoki ish maydoni.

  1. Normativ bu - ?

  1. Ishlab chiqarish vositalaridan foydalanish darajasini ifodalaydi;

  2. Ishlab chiqarish omillaridan foydalanish darajasini ifodalaydi;

  3. Ishlab chiqarish resurslaridan foydalanish darajasini ifodalaydi;

  4. Moddiy resurslardan foydalanish darajasini ifodalaydi.

  1. Korxona rejasining moddiy buyumlashgan mazmunini ifoda etadi bu- ?

  1. Sifat ko’rsatkichlari;

  2. Miqdor ko’rsatkichlari;

  3. Natural ko’rsatkichlar;

  4. Shartli-natural ko’rsatkichlari.

  1. Operatsiyalar, funksiyalar va mahsulotlarga sarflanadigan resurslarning zaruriy miqdorini hisoblash bu-?

  1. Rejalashtirish;

  2. Me’yorlashtirish;

  3. Texnik-iqtisodiy jihatdan asoslash;

  4. Optimallashtirish.

  1. O’tgan davr ma’lumotlari asosida me’yor belgilash bu -?

  1. Analitik tadqiqot uslubi;

  2. Analitik hisoblash uslubi;

  3. Taqqoslash uslubi;

  4. Statisik uslub.

  1. BOB. KORXONA FAOLIYATIDA BIZNES REJALASHTIRISH


Yüklə 0,79 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   36




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin