Мавзу: болалар боғчасида тасвирий фаолият машғулотларини ташкил этиш ва уюштириш



Yüklə 0,93 Mb.
səhifə67/75
tarix01.12.2023
ölçüsü0,93 Mb.
#170743
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   75
portal.guldu.uz-Tasviriy faoliyatga o`rgatish nazariyasi va metodikasi

B o‘yoqlar. Rasm solishda suvli bo‘yoqning ikki turi – guash va akvareldan foydalaniladi. Maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalar uchun pastasimon, shaffof bo‘lmagan bo‘yoqlar – guash qulaydir.
Bo‘yoqni mo‘yqalamda turadigan, undan tomib tushmaydigan, suyuqroq qaymoq quyuqligiday qilib aralashtirilishi kerak. Bo‘yoqlarni bolalar rangni ko‘rib turishlari uchun qirralari past shaffof bankachalarga quygan ma’qul.
Yopiq qopqoqchali polietilen bankachalardagi guash bo‘yoqlaridan foydalanish qulay: tarbiyachilar bo‘yoqni ularning o‘zida tayyorlaydilar va mashg‘ulotdan so‘ng ularni boshqa narsaga qo‘ymay qoldiraveradilar. Bunda bo‘yoq tejam bilan sarflanadi va uni tayyorlashga ko‘p vaqt ketmaydi. Tarbiyachi bo‘yoqning kerakli rangini chiqarishni bilishi kerak. Akvarel bo‘yoqlar katta va maktabga tayyorlov guruhlari bolalariga tavsiya qilinadi. Akvarel bo‘yoqlarining farqlovchi xususiyati, bularning kukun qilib maydalangan pigment va ko‘p miqdordagi yopishtiruvchi moddalardan (bog‘lovchi sifatida) iboratligidir. Kukun qilib foydalanganligi tufayli akvarel bo‘yoqlar o‘zlarining asosiy fazilatlari – shaffoflik kasb etadilar. Hozirga kunda akvarel har xil ko‘rinishlarda ishlab chiqarilmoqda.
Maktabgacha ta’lim muassasasi sharoitlarida yarim yumshoq akvareldan foydalanish ma’qulroq. Bolalarning akvarel bo‘yoqlaridan xuddi guash bo‘yoqlari bilan rasm solganidek foydalanishlariga yo‘l qo‘yib bo‘lmaydi. Bolalar akvarel bo‘yoqlari bilan rasm solar ekanlar, predmetlar konturini oldin qog‘ozga oddiy qalam bilan tushiradilar.
Mashg‘ulotlar va bolalarning mustaqil badiiy va ijodiy faoliyatlari uchun pastel – turli rangdagi yo‘g‘on sterjenchalar tavsiya etiladi. Pastel yig‘masida har biri bir nechta tusga ega bo‘lgan beshta rang bo‘ladi, buning o‘zi ish uchun tayyor palitradir. Pastel qattiq, yumshoq va o‘rtacha turlarga bo‘linadi. Bolalar uchun yumshoq pastel tavsiya etiladi. Bu bo‘yoq ehtiyotkorlik bilan munosabatda bo‘lishni talab etadi, chunki u oson uvalanadi, sinadi. Shuning uchun pastel sterjenining har birini zar qog‘ozga o‘rash kerak bo‘ladi. Rangli mum bo‘rlar sterjen ko‘rinishida 12 dan 36 tagacha rangda bo’ladi. Uning bilan ham huddi pastel singari rasm chiziladi. Rangli mum bo‘rlarning afzalligi shundaki, ular bilan qalam chizig‘i qalinligidagi chiziqni chizish mumkin. Shuning uchun mum bo‘rlar bilan rasm chizishda oddiy qalamdan foydalanilmaydi. Rangli bo‘rlardan mashg‘ulotlardan bo‘sh vaqtlarda rasm chizishda foydalaniladi. O‘chirish uchun ikkita – quruq va ozgina namlangan latta kerak: qurug‘i bilan xatolar yo‘qotiladi, rasmga bo‘r changi (kukuni) tushurilib, ayrim joylari xiralashtiriladi: xo‘li bilan eng to‘q joylari oqartiriladi, oxirida esa rasm doskadan o‘chiriladi.
Rasm chizishga mo‘ljallangan ko‘mir uzunligi 10-12 sm va diametri 5-8 mm bo‘lgan yirik sterjendan iborat bo‘ladi. U yumshoq, sinuvchan, uqalanuvchan material bo‘lganligi uchun zar qog‘ozga o‘ralishi kerak. Ko‘mir to‘q xira-qora iz qoldiradi. Ko‘mir bilan ishlashda uning changini saqlab qoladigan tukli qog‘ozlar – gulqog‘oz, o‘rash uchun ishlatiladigan va rasm chizish qog‘ozlari ishlatiladi. Agar ko‘mir bilan ishlangan rasm ustidan paxta tamponi ozgina ho‘llab, rasm solingan qog‘oz sathidan vertikaliga yengil surib chiqilsa, bo‘yoq yanada mustahkamlanadi.
Loy va plastilindan narsalar yasash uchun maxsus uskunalar: aylanadigan doirali dastgoh (katta guruhlar uchun), suv solinadigan idishlar, latta; bolalar yasagan narsalarni bo‘yash uchun – gruntovka; bundan tashqari, bo‘yashda ishlatiladigan maxsus bo‘yoqlar – angoblar kerak bo‘ladi. Natura yoki namunani namoyish qilish uchun natura uchun mo‘ljallangan tagliklardan foydalansa bo‘ladi. Karkaslar – turli uzunlik va kenglikdagi oddiy taxtalar ham uskunalarga kiritiladi. Karkaslardan foydalanish bolalarga jonivorlarning oyoqlarini mukammalroq tasvirlashda va ularning figuralarini barqaror qilishga imkon beradi.
Narsalar yasash mashg‘ulotlari uchun plastik materiallar – loy, plastilin kerak bo‘ladi, bunda asosiy yasash uchun eng maqbul material, bu loydir. Kichik guruhlarda faqat loydan foydalaniladi, chunki bu yoshdagi bolalar plastilindan narsa yasashda qiynaladilar. O‘rta guruhda ham bolalar asosan loydan narsalar yasaydilar. Rangli plastilindan katta guruhlarda mazmunli narsalar yasashda foydalaniladi.

Yüklə 0,93 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   75




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin