Мавзу: болалар боғчасида тасвирий фаолият машғулотларини ташкил этиш ва уюштириш



Yüklə 0,93 Mb.
səhifə70/75
tarix01.12.2023
ölçüsü0,93 Mb.
#170743
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   75
portal.guldu.uz-Tasviriy faoliyatga o`rgatish nazariyasi va metodikasi

Loyihalashtirish (rejalashtirish) – bolalarning o‘quv faoliyatini boshqarish dasturini yaratish.
Madaniyat («kultura» so‘zidan olingan bo‘lib, parvarish qilish, ishlov berish ma’nosini bildiradi) – ijtimoiy taraqqiyot davomida insonlarning faoliyati tufayli qo‘lga kiritilib, ularning ijtimoiy ehtiyojlarini qondirishga xizmat qiluvchi moddiy va ma’naviy boyliklar tizimi.
Mazmun (ta’lim (bilim olish) mazmuni) – ta’lim jarayonida bola tomonidan o‘zlashtirilishi zarur bo‘lgan ilmiy bilim, amaliy ko‘nikma, malaka, fikrlash hamda faoliyat usullari tizimi.
Maktabgacha ta’lim – bolaning sog‘lom, har tomonlama kamol topib shakllanishini ta’minlovchi, unda o‘qishga intilish hissini uyg‘otuvchi, uni muntazam ta’lim olishga tayyorlovchi hamda bola olti-yetti yoshga yetguncha davlat va nodavlat maktabgacha ta’lim muassasalari va oilalarda amalga oshiriluvchi ta’lim bosqichi.
Maqsad – faoliyat natijasini oldindan fikran belgilash.
Maqtov – foydali ish qilgan shaxsni, jamoani og‘zaki taqdirlash.
Malaka ongli xatti-harakatning avtomatlashtirilgan tarkibiy qismi.
Mahorat – shaxsning tajriba orqali orttirgan xususiyati. Biror sohadagi moslashuvchan ko‘nikma va ijodkorlik asosida hosil bo‘lgan kasbiy ko‘nikmalarning yuqori darajasi, kasbiy mohirlik. Biror faoliyat sohasidagi yuqori darajada egallangan bilim, ko‘nikma, malakalarni amaliyotda yuqori sifat va samaradorlik bilan qo‘llash.
Mashg‘ulot - yangi bilim beruvchi mustaqil mashqlar.
Ma’lumot – ta’lim-tarbiya natijasida o‘zlashtirilgan va tizimlashtirilgan bilim, hosil qilingan ko‘nikma va malakalar hamda tarkib topgan dunyoqarash majmui.
Metod – yunoncha tarjimasi «tadqiqot, usul, maqsadga erishish yo‘li» kabi ma’nolarni anglatadi.
Metodika (fan sifatida) – xususiy fanlarni o‘qitishning o‘ziga xos xususiyatlarini o‘rganadi.
Mehnat tarbiyasi – shaxsga mehnatning mohiyatini chuqur anglatish, ularda mehnatga ongli munosabat, shuningdek, muayyan ijtimoiy-foydali harakat yoki kasbiy ko‘nikma va malakalarini shakllantirishga yo‘naltirilgan pedagogik faoliyat jarayoni; ijtimoiy tarbiyaning tarkibiy qismi.

Yüklə 0,93 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   75




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin