Munozara – tarbiyalanuvchilarga hissiy-og‘zaki ta’sir ko‘rsatish asosida ularda ma’naviy-axloqiy sifatlarni shakllantirishga yo‘naltirilgan bahs-munozara usuli.
Odat – kishining ma’lum e’tiqodlar, qadriyatlar yoki axloqiy me’yorlardan kelib chiqib, amalga oshiradigan ongli faoliyati.
Pedagogik talab – turli xatti-harakatlarni bajarish hamda faoliyatda ishtirok etish jarayonida bola tomonidan amal qilinishi zarur bo‘lgan ijtimoiy xulq-atvor me’yorlari.
Pedagogik faoliyat – ta’lim maqsadlarini amalga oshirishga qaratilgan ijtimoiy faoliyatning alohida turi.
Rag‘batlantirish – tarbiyalanuvchining xatti-harakati va faoliyatiga ijobiy baho berish asosida unga ishonch bildirish, ko‘ngilini ko‘tarish va uni qo‘llab-quvvatlash usuli.
Rivojlanish – shaxsning fiziologik va intellektual o‘sishida namoyon bo‘ladigan miqdor va sifat o‘zgarishlar mohiyatini ifoda etuvchi murakkab jarayon.
Simmetriya - rasmda ifodalilikni ko‘rsatuvchi omil(applikatsiya).
Stek - loy bilan ishlashda ishlatiladigan asbob.
Suhbat – savol va javob shaklidagi dialogik ta’lim metodi.
Tarbiya – muayyan, aniq maqsad hamda ijtimoiy-tarixiy tajriba asosida shaxsni har tomonlama o‘stirish, uning ongi, xulq-atvori va dunyoqarashini tarkib toptirish jarayoni.
Tasavvur - tasviriy qobiliyatni joylashuv fondi.
Tasvir - borliqni badiy real ifodalanishning asosiy turi.
Tafakkur – ijtimoiy voqea-hodisalarning ongda to‘laqonli aks etishi, inson aqliy faoliyatining yuksak shakli.
Ta’lim – bolalarga nazariy bilimlarni berish asosida ularda amaliy ko‘nikma va malakalarni shakllantirish, ularning bilish qobiliyatlarini o‘stirish va dunyoqarashlarini tarbiyalashga yo‘naltirilgan jarayon.
Ta’lim va tarbiya mazmuni– shaxsning aqliy va jismoniy qobiliyatini har tomonlama rivojlantirish, dunyoqarashi, odobi, xulqi, ijtimoiy hayot va mehnatga tayyorlik darajasini shakllantirish jarayonining mohiyati.