Мавзу: болалар боғчасида тасвирий фаолият машғулотларини ташкил этиш ва уюштириш



Yüklə 0,93 Mb.
səhifə66/75
tarix01.12.2023
ölçüsü0,93 Mb.
#170743
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   75
portal.guldu.uz-Tasviriy faoliyatga o`rgatish nazariyasi va metodikasi

M o‘yqalamlar. Bo‘yoq bilan rasm chizish uchun tuki yumshoq va elastik, olmaxon va shu kabilarning qilidan qilingan dumaloq mo‘yqalamlar kerak. Mo‘yqalamlar nomerlariga ko‘ra farqlanadi: 1-8 ingichka, 8-16 yo‘g‘on. Kichik guruh bolalariga 12-14 nomerli mo‘yqalamlarni berish tavsiya qilinadi. Bunday mo‘yqalam qog‘ozga bosilganda yorqin, yaxshi seziladigan iz qoldiradi, predmetning shaklini berishni osonlashtiradi. O‘rta va katta guruhlar bolalariga ham ingichka, ham yo‘g‘on mo‘yqalamlarni berish mumkin.
Bolalarning mo‘yqalamlardan foydalanishlarini kuzatilar ekan, eng avvalo, ular uni to‘g‘ri ushlashni bilishlariga, tarbiyachi buni eslatishi va ko‘rsatishiga: mashg‘ulot vaqtida va tugagandan so‘ng bolalar mo‘yqalamni taglikka qo‘yishlariga (tarbiyachi tagliklarni qalin kartondan yoki uzunasiga ikkiga qirqilgan g‘altakdan tayyorlashi mumkin) e’tibor berish kerak. Bolalarga mo‘yqalamni suvli bankada qoldirishga ruxsat bermaslik kerak, bundan qilinganda uning tuki egiladi, har tomonga tarqab, shaklini yo‘qotadi. Agar tukli mo‘yqalamlarga tejamkorlik bilan munosabatda bo‘linsa, ular uzoq muddat xizmat qiladi. Mashg‘ulot uchun bo‘yoq tayyorlashda uni mo‘yqalam bilan aralashtirmaslik kerak, buni cho‘p bilan qilish ancha qulay. Akvarel bo‘yog‘i bilan rasm solishda mo‘yqalamning tuklari yelpig‘ich singari tarqab ketmasligi uchun uni bosmasdan, bo‘yoq yengil yarim aylana harakat bilan olinadi. Ish tugagandan keyin, bo‘yoq qurib qolmasdanoq, mo‘yqalam yaxshilab yuviladi. Mo‘yqalamlarni stakanda mo‘yini yuqoriga qilib saqlash tavsiya qilindi. Mudira mashg‘ulot boshlanishidan oldin, qog‘oz qanday tayyorlanganligini ko‘radi. Rasm solish uchun anchagina qalin, bir oz g‘adir budur qog‘oz (yaxshisi yarim vatman) kerak. Qalin yozuv qog‘ozi uning o‘rnini bosishi mumkin. Rasm solish uchun ustiga qalam deyarli iz qoldirmay sirpanadigan yaltiroq va qalam kuchliroq bosilganda yirtilib ketadigan yupqa qog‘ozlar yaramaydi. Ish vaqtida qog‘oz qimirlamay, bir tekis turishi kerak (bolalar qog‘oz holatini o‘zgartirishlari mumkin bo‘lgan manzarali rasmlar solish bundan mustasno).
Kichik guruh bolalariga rasm solish uchun yozuv qog‘ozi kattaligidagi qog‘ozni berish tavsiya qilinadi u bolakay qo‘lini yozgandagi kenglikka muvofiq keladi. O‘rta va katta guruh bolalariga alohida predmetlarni tasvirlashlari uchun yozuv qog‘ozining yarmini (butun qog‘ozdan ham foydalanish mumkin) berish tavsiya qilinadi: mazmunli rasmlar uchun kattaroq formatdagi qog‘ozni berish kerak. Rasm solish uchun qog‘oz tayyorlar ekan, tarbiyachi tasvirlanadigan predmetning tuzilishini va bichimini hisobga olishi kerak.
Guash bo‘yoqlar bilan rasm solishda to‘yingan va yumshoq tondagi rangli qog‘ozlardan foydalaniladi. Katta guruh bolalari kerakli rangdagi qog‘ozlarni mustaqil tayyorlay oladilar (qog‘ozga tus berishda guash va akvarel bo‘yoqlardan hamda yo‘g‘on, yumshoq mo‘yqalamlardan foydalanadilar: bichimi unchalik katta bo‘lmagan yassi bo‘yoq mo‘yqalamlari – fleyslar qulaydir. Bo‘yoq oldin gorizontaliga, so‘ngra uning ustidan vertikaliga beriladi).

Yüklə 0,93 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   75




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin