Mavzu: Bolalar psixikasini o’rganishning yordamchi metodlari. Reja: I. Kirish


Kuzatish va eksperiment yosh psixologiyasining asosiy metodi sifatida



Yüklə 43,18 Kb.
səhifə7/9
tarix19.05.2023
ölçüsü43,18 Kb.
#118024
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Mavzu Bolalar psixikasini o’rganishning yordamchi metodlari. Re

2.3. Kuzatish va eksperiment yosh psixologiyasining asosiy metodi sifatida.
Kuzatish (psixologiyada) — voqelikdagi narsa va hodisalarni rejali, uzluksiz, batartib, mukammal idrok qilish; voqelikni hissiy bilish uslubi. Kuzatish Aristotel zamonidan hozirgi davrgacha kuzatuvchilarning asosiy tadqiqot vositalaridan biri sanaladi. U hissiy bilishning omillari, xususiyatlari, qonuniyatlari toʻgʻrisida dastlabki tasavvurlar hosil qilishga qaratilgan inson faoliyati shaklidir. Kuzatishning qay darajada boʻlishi qoʻyilgan maqsadning aniqligiga, kuzatilayotgan narsa va voqealar haqida oldindan bilimga ega boʻlishga, kuchli, barqaror diqqat bilan faol fikrlashga va h.
Kuzatish ga bogʻliq. Kuzatishda idrok va tafakkur uzviy bogʻlanadi. Kuzatishda tegishli xulosalar chiqariladi, fakt, voqealar nazariy tahlil etiladi, farazlar olgʻa suriladi. Kuzatishning obʼyektiv (tashqi kuzatish) va subʼyektiv (ichki, oʻzini oʻzi kuzatish ) turlari mavjud. Kuzatish orqali odamlarning diqqati, his-tuygʻulari, imoishoralari, sezgirligi, xulq-atvori, nutqi, faoliyati, muomala maromi va boshqa oʻrganiladi.
Oʻzini-oʻzi kuzatish (introspeksiya) dan foidalangan psixolog oʻzining xulqi, muomalasi toʻgʻrisida ilmiy, haqqoniy xulosa chiqara biladi.Vyursburg psixologiya maktabi (Germaniya) namoyandalari kuzatish Byuler (1879— 1922), A. Messer (1867-1937), O. Kyulpe (1862—1915) psixologik tajribalarni dastavval oʻzini-oʻzi kuzatish metodi yordamida oʻzlari ustida oʻtkazganlar. Kuzatish voqelik sodir boʻlishini, atrof muhitni, inson shaxsini muayyan qismlarga, yoʻnalishlarga fikran ajratish;
Kuzatishning koʻlami, xususiyati va oʻziga xosligini aniqyaash; barcha holat, alomat, tashqi koʻrinishning oʻziga xosligini qayd qilish; toʻplangan materiallarni matematik statistik hisoblash yoʻli bilan amalga oshiriladi.
Kuzatishning sistemali, epizodli, dala sharoitli, laboratoriyaviy, tabiiy, davriy (bir martali) koʻrinishlari, shuningdek, turli vositalari va shakllari mavjud. Kuzatishda R.Beylzaning interaksiya (oʻzaro taʼsir) uslubini (bahs, munozara chogʻida oʻzaro taʼsir imkonini aniqlash maqsadida) qoʻllash ijobiy natijalar beradi. Psixologiyaningananaviy, empirik metodlari to hozirgi kungacha muvaffaqiyatli qollanilmoqda.
Kuzatish metodi Psixik hodisalar hayotda, ya’ni tabiiy sharoitda, odamning turlituman faoliyatida qanday ko‘rinishda voqe bo‘lsa, o‘sha ko‘rinishda kuzatish metodining yordami bilan o‘rganiladi.
Tashqi kuzatish Psixik hayot hodisalarini o‘rganishda avvalo tashqi kuzatish metodi tatbiq etiladi. Kuzatishning asosiy xususiyati shundaki, bu metod yordami bilan psixik hayotni sezgi organlarimiz bevosita seza oladigan, o‘zimiz bevosita idrok qila oladigan faktlari aniqlanadi va tasvirlanadi.
Kishining psixik hayotida: mimika, imo-ishora, nutq, turli harakatlar va umuman kishining butun xatti-harakati va faoliyatini bevosita kuzatish mumkin. Psixik jarayonlar bilan bevosita bog‘langan ba’zi bir fiziologik hodisalar yuzning o‘zgarishi, nafas olish, qon aylanish va shu kabilarning o‘zgarishi ham tashqaridan kuzatilsa bo‘ladi.
Kuzatish ma’lumotlarini so‘zlar bilan tasvir etish bilan kifoyalanib qolmay, balki ko‘rsatma vositalari, suratga olish, kinoga olish, tovushni yozib olish va shu kabi yo‘llar bilan ham qayd qilish mumkin. Masalan, bolalar nutqini o‘sib borishini kuzatish yo‘li bilan tekshira olamiz. Bunda bolaning so‘z boyligi qanday qilib sekin-asta orta borishini, nutqning fonetik tomonini, grammatik tuzilishini shu bola qanday bilib olayotganini qayd qilsa bo‘ladi.
Odamning tevarak-atrofdagi voqelikni o‘zgartirish va yangidan ko‘rishida duch kelgan to‘sqinlikni va qiyinchilikni yengish uchun uning qanday zo‘r iroda bilan sabr-matonat ko‘rsatishini ham kuzatish yo‘li bilan ko‘zdan kechirsak va tekshirsak bo‘ladi.
Psixik hayot hodisalarini o‘rganayotganda psixologning o‘z-o‘zini kuzatish metodiga ham murojaat qilib turishiga to‘g‘ri keladi. O‘z-o‘zini kuzatish Nomidan ko‘rinib turibdiki, tadqiqotchi o‘z-o‘zini kuzatish bilan o‘zidagi psixik hodisalarni tekshiradi. Bu holda tadqiqotchi psixik jarayonlar va holatlarning ichki tomoni – odamning subyektiv kechinmalari qanday ro‘y bersa, ularni shu holida tasvir etish va aniqlab olishga intiladi.
Psixolog o‘z tadqiqotlarida tekshirilgan kishilarning o‘z-o‘zini kuzatib olgan ma’lumotlariga ham asoslanadi. Psixologiya vujudga kela boshlagan V asrdan tortib to bizning eramizgacha va XIX asrning deyarli oxirigacha o‘z-o‘zini kuzatish metodi yoki introspektiv metod ruhiy hayot hodisalarini bilishning birdan-bir metodi bo‘lib keldi, desa bo‘ladi. XIX asrning ikkinchi yarmidan boshlab o‘z-o‘zini kuzatish metodiga tanqidiy ko‘z bilan qaraladigan bo‘lib qoldi.
Bu metodning bir qancha kamchiliklari borligi ma’lum bo‘ldi. O‘z-o‘zini kuzatishda tadqiqotchi ham, tekshiriladigan ham tekshiruvchi obyektga bo‘linib qolishi bu metodning eng muhim kamchiligi ekanligi ko‘rsatildi. Holbuki, normal kishilar shaxsining amalda bunday «bo‘linib ketishi» mumkin emas. O‘z-o‘zini kuzatishda psixik hodisalarni (masalan, shodlik yoki qayg‘u hissini, tafakkur jarayonini) ham boshdan kechirish, ham shu hodisalarni o‘rganish juda qiyin ekanligi, ba’zan esa butunlay mumkin bo‘lmasligi ko‘rsatib o‘tildi. O‘z-o‘zini kuzatish metodining cheklanganligini ham uning kamchiligi deb bilish kerak. Psixolog o‘z-o‘zini kuzatish yo‘li bilan faqat o‘z psixikasini o‘rganadi-da, axir. Shunday bo‘lgach, odam psixikasi haqidagi fan faqat psixologlarning o‘z psixologiyasiga aylanib ketadi.
Bunday psixologiya madaniy taraqqiyot jihatidan yuksak darajada turgan, o‘z ixtisosiga ko‘ra o‘zini-o‘zi kuzata oladigan va o‘zini-o‘zi muhokama qila oladigan kishilar psixikasi haqidagina bilim beradi. Ammo madaniy taraqqiyotning pastroq bosqichida turgan kishilar psixikasi haqidagi ta’limot ham, bolalar psixikasi haqidagi ta’limot ham psixologiyaga qo‘shilishi kerak. Madaniy taraqqiyotning pastroq bosqichida turgan kishilar va bolalar esa fan nuqtayi nazaridan o‘zo‘zini kuzata olmasligi tabiiy.
Demak, o‘z-o‘zini kuzatish yo‘li bilan odam psixik taraqqiyotining turli bosqichlari haqida bilim olib bo‘lmaydi. Nihoyat, o‘z-o‘zini kuzatish metodining yana bir katta kamchiligi shuki, bu yo‘l bilan olingan ma’lumotlar psixik hayot hodisalarini turli yo‘sinda bir tomonlama, subyektiv talqin qilishiga olib kelishi mumkin.
Masalan, odamning xarakterini tekshirayotgan psixologning o‘zi egoist bo‘lsa, o‘z-o‘zini kuzatish natijalaridan, egoizm – har qanday xarakterning muhim belgisidir, deb xulosa chiqarishi mumkin.
Dunyoda saxiy,oliyjanob xarakterli kishilar borligini bunday psixolog faqat o‘z-o‘zini kuzatish yo‘li bilan bila olmaydi. Zohiran ko‘rinadigan narsa bu yerda Haqiqat bo‘lib tuyulishi, yakka hodisa umumiy hodisa bo‘lib tuyulishi mumkin. Holbuki, har qanday ilmiy bilim obyektiv va chin bilim bo‘lishi kerak. O‘z-o‘zini kuzatish yo‘li bilan subyektiv ravishda ko‘ngildan kechadigan faktlarni aniqlash, tasvirlash mumkin, ammo ularni har tomonlama tushuntirish mumkin emas.
Psixik hodisani tushuntirish – uning sababini, nerv-fiziologik asosini topish va odam yashaydigan ijtimoiy sharoit bilan bog‘langanligini aniqlash demakdir, bularning hammasi esa o‘zo‘zini kuzatish doirasidan tashqaridadir.
Fanning vazifasi faktlarni tasvir etishdangina iborat emas, balki asosan shu faktlarni tushuntirish, ularning qonuniyatlarini kashf etishdan iborat. Obyektiv metoddan foydalangandagina bunga erishish mumkin.
Ammo, o‘z-o‘zini kuzatish metodining yuqorida aytilgan kamchiliklari bu metodni psixologiyada keraksiz, g‘ayriilmiy metod deb butunlay rad etishga asos bo‘lmasligi kerak, albatta. Bu kamchilik va qiyinchiliklarning hammasi ham o‘z-o‘zini kuzatishda uchrashi mumkin, lekin ular hamisha, o‘z-o‘zini kuzatishning har qandayida bo‘lavermaydi. Avvalo, odam o‘z-o‘zini kuzatish obyekti bo‘lolmaydi, degan da’voni asossiz deb bilish kerak.
Odam ongi taraqqiy etgan bo‘lsa, ma’lum psixik jarayonlarni baravariga boshdan kechirishi ham, kuzatishi ham mumkin, odamning xususiyati ham shundan iborat. Odam kuzatish bilangina cheklanib qolmay, psixik jarayonlarga ta’sir o‘tkazishi, turli psixik jarayonlarni yuzaga chiqarishi, o‘zgartirishi, kuchaytirishi va to‘xtatishi mumkin. Bu har kimga yaxshi ma’lum bo‘lgan faktdir. Har qanday ishda uchraydigan qiyinchiliklar kabi o‘z-o‘zini kuzatishda uchraydigan qiyinchiliklar ham hamisha bartaraf qilib bo‘lmaydigan qiyinchiliklar emas, albatta.
Kuchli emotsional holatlardagina o‘z-o‘zini kuzatish mumkin bo‘lmay qolishi mumkin. Bundan tashqari, psixik hayot hodisalarini dastlab boshdan kechirish paytidagina o‘rganish shart emas, ularni esga tushirib, ko‘ngildan kechirish ham mumkin.
Ko‘pincha hozir boshdan kechayotgan hodisalar emas, balki ilgarigi hodisalar o‘z-o‘zini kuzatish obyekti bo‘ladi. Bo‘lib o‘tgan hodisalar dastlabki paytdagiday to‘la va ravshan gavdalanmaydi, albatta. Uzil-kesil xulosa chiqarganda buni hisobga olish shart. O‘z-o‘zini kuzatish metodini ilmiy asosda tatbiq etmoq uchun maxsus tayyorgarlik kerak, albatta. Ilmiy tadqiqotlardan birontasini ham maxsus tayyorgarliksiz olib borish umuman mumkin emas.
Psixologiya o‘z-o‘zini kuzatish metodidan yagona metod sifatida foydalansa va psixik hayotning subyektiv hodisalari ularning tashqi ifodalaridan, ularga asos bo‘ladigan nerv-fiziologik jarayonlardan alohida,odamning faoliyatida alohida ko‘zdan kechiriladigan bo‘lsa, faqat shundagina o‘z-o‘zini kuzatish metodida bir tomonlama xulosa chiqarish va subyektivizm ro‘y berishi mumkin.
Tashqi va ichki kuzatishning birligi Lekin odam psixikasini faqat o‘z-o‘zini kuzatish metodi bilan o‘rganib bo‘lmasa, faqat tashqi kuzatish yo‘li bilan, ya’ni o‘z-o‘zini kuzatish ma’lumotlari bilan bog‘lanmasligi ham mumkin emas. O‘z-o‘zini kuzatish metodining ahamiyatini tamomila inkor qilish – odamning yuksak darajadagi bilish qobiliyatiga, ijodiy qobiliyatiga, ongiga ishonmaslik demakdir. Boshqa kishilarni kuzatishning xususiyati shundaki, tadqiqotchi shu kishilar xulq-atvorining tashqi ko‘rinishlarini idrok etar ekan, ko‘nglidan kechayotgan hislarini bir qadar biladi.
Shu sababli psixolog tashqaridan kuzatish yo‘li bilan va o‘z-o‘zini kuzatish ma’lumotlariga tayanib, odamning turli xatti-harakatlarini tasvir etish bilangina kifoyalanib qolmay, balki umuman psixik hayot hodisalari haqida, ularning tashqi va ichki (subyektiv) ko‘rinishlari haqida xulosalar ham chiqarishi mumkin. Tadqiqotchi psixolog kishilar bilan muomala qilishda turmush tajribasiga va ilmiy tekshirish ishlarida yetarli amaliyotga ega bo‘lganida psixik hayotning tashqi ko‘rinishlarini kuzatar ekan, psixik jarayonlarning subyektiv suratda qanday kechishini ham ozmi-ko‘pmi ocha oladi.
Masalan, tafakkurni kuzatish yo‘li bilan tekshirganimizda ko‘z, yuz muskullaridagi xilma-xil harakatlarni va yuzning o‘zgarishini qayd qilibgina qolmay, balki, shu bilan birga, shu tafakkur jarayonlari qanday zabt va qanday tezlik bilan ro‘y berishini ham bir qadar bila olamiz. Modomiki, tafakkur jarayonlari tashqi muhitda o‘z ifodasini topar ekan, tafakkurning mazmunini bila olamiz, tafakkur jarayoni qay shaklda ro‘y berayotganini, masala qanday kelib chiqayotgani, masalani yechish jarayoni qanday borayotganini ham kuzata olamiz.
Kuzatish metodi psixik hodisalarni faqat tasvir etish imkonini berish bilangina cheklanib qolmay, balki shu hodisalarni tushuntirish, ya’ni ularning tevarak-atrofdagi muayyan tarbiyaga, odamning faoliyat xarakteriga, organizmning umumiy ahvoliga va nerv sistemasining ishlash xususiyatlariga bog‘liq ekanligini ochib tashlash imkonini ham beradi. Odamzod faoliyatining har xil turlarida psixikani tekshirish uchun kuzatish metodidan foydalaniladi. Kuzatish yordami bilan bolalar psixikasi ham ularning o‘yin, o‘qish va mehnat faoliyatida bemalol tekshirib o‘rganiladi. Pedagog ta’lim va tarbiya jarayonida o‘quvchilarning yosh va individual xususiyatlarini tekshirib o‘rganishda ana shu metoddan foydalanadi.
Eksperiment (lot. yexreptepgshp — tajriba, sinab koʻrish) — fanda narsa va hodisalarni sezgipredmet faoliyati bilan tadqiq qilish, oʻrganish. Kuzatishga qaraganda yuksakroq bilish usuli. Mohiyateʼtibori bilan tajriba tushunchasini ifodalasada, E. fanga nisbatan ishlatiladi. E. zarur shartsharoit yaratishni, turli vositalar bilan obʼyektni qayd etishni yoki hodisani sunʼiy ravishda yuzaga keltirishni, tegishli texnika va moslamalarni tatbiq etish va oʻlchash ishini oʻz ichiga oladi. E. bilish obʼyektini takror hosil qiladi, farazlarni tekshiradi. E. insonning obʼyektga moddiy taʼsir koʻrsatishiga, voqelikni amaliy oʻzlashtirishiga, bilimlarni boyitish va rivojlantirishga yordam beradi. Tabiiy va texnika fanlarida E.dan haqiqatni bilish va uni isbotlash vositasi sifatida foydalaniladi. E. ijtimoiy hodisalarni, xususan, ijtimoiy fanlarni tadqiq etishda ham keng qoʻllaniladi.


Yüklə 43,18 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin