Mavzu: Bolalar psixikasini o’rganishning yordamchi metodlari. Reja: I. Kirish


Bitiruv malakviy ishining maqsad va vazifalari



Yüklə 43,18 Kb.
səhifə2/9
tarix19.05.2023
ölçüsü43,18 Kb.
#118024
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Mavzu Bolalar psixikasini o’rganishning yordamchi metodlari. Re

1.2. Bitiruv malakviy ishining maqsad va vazifalari.
Bitiruv malakviy ishining maqsadi:
O‘zbekiston Konstitutsiyasi muhokamasi, yangi yozilgan asarga o‘quvchilarning munosabati va shunga o‘xshash). Yaxshi o‘tkazilgan kontent-analiz aslida ijtimoiy psixologik tadqiqotlarda juda katta ahamiyatga ega. Kontent-analiz tadqiqotchidan kattagina uquvni talab qiladi, chunki bir tomondan, u yoki bu matnni tushunish mahorati bo‘lishi kerak, ikkinchi tomondan, tadqiqot so‘ngida qo‘lga kiritilgan miqdoriy birliklarni yana qayta sifat formasiga keltirish lozim, ya’ni tushuntirib berish kerak.
So‘roq metodlari. So‘roq metodlari ijtimoiy psixologik tadqiqotlarda keng qo‘llaniladi, ayniqsa, anketa so‘rovi va intervyu metodlari. Yozma so‘roq yoki anketaning afzalligi shundaki, uning yordamida bir vaqtning o‘zida ko‘pgina odamlar fikrini o‘rganish mumkin bo‘ladi. Unga kiritilgan savollar, ulardan kutiladigan javoblar (yopiq anketa), yoki erkin o‘z fikrini bayon etish imkoniyatini beruvchi (ochiq anketa) so‘rovnomalar aniq va ravon tilda javob beruvchilar tushunish darajasiga monand tuzilgan bo‘lsa, shubhasiz, qimmatli birlamchi materiallar to‘planadi.
So‘roqning ham erkin va standartlashtirilgan shakllari mavjud bo‘lib, birinchisida oldindan nimalar so‘ralishi qat’iy belgilab olinmaydi, ikkinchi shaklida esa, xattoki, komp’yuterda dasturi ishlab chiqilib, minglab odamlarda bir xil talablar doirasida so‘roq o‘tkazilishi nazarda tutiladi.
Bu metodlarni qo‘llashni qator metodologik qiyinchiliklari mavjud, chunki, bu yerda doim shaxslararo o‘zaro munosabatlar, o‘zaro ta’sir shakllari mavjud bo‘lib, tadqiqotchining sub’ektiv munosabatlarini ham inkor qilib bo‘lmaydi.
Tadqiqot mobaynida shaxslararo idrok va sub’ektiv bir-birini tushunishga qaratilgan barcha qonuniyatlar ishlaydi. Shunga qaramay, juda ko‘p ijtimoiy psixologik ma’lumotlarni to‘plashda so‘roq metodlari eng qulay usullar sifatida ishlatib kelinmokda. Shunday qilib, so‘roq metodlari tadqiqotchi bilan tekshiriluvchining bevosita (suhbat, intervyu) yoki bilvosita (anketa) muloqoti tufayli birlamchi ma’lumotlar to‘plash usulidir.
Odamlar tilidan yozma yoki og‘zaki tarzda olingan fikrlar ma’lumotlarning manbai bo‘lib xizmat qiladi. Eng yaxshi suhbat yoki intervyu bu bevosita, erkin fikr almashinuvi sharoitida o‘zaro fikr almashinuviga qaratilgan muloqotdir. Chunki suhbatdan farqli, intervyu aniq muammo doirasida, qatiy bir yo‘nalishda olib boriladi.
Intervyu oluvchi suhbatdoshga nisbatan neytral mavqeda bo‘lib, uning fikrlashiga xalaqit bermasligi, ayniqsa, unga taz’yiq o‘tkazmasligi lozim. Intervyu jarayonining samarali kechishi uchun suhbatdoshda o‘ziga nisbatan ijobiy munosabat shakllantirib, birinchi so‘zlarni aniq, ravon, ifodali bayon qilish muhimdir.
Intervyu o‘tkazishga odam maxsus ravishda tayyorgarlik ko‘rishi kerak, chunki u odamdan qator muhim sifatlarning bo‘lishini talab qiladi. Shuning uchun ham ijtimoiy psixologiyada "rolli o‘yinlar" metodi yordamida psixolog yoki sotsiologlar maxsus tayyorgarlik kursidan o‘tadilar.
Anketa metodi hammaga tanish bo‘lgan usullardan biri. Lekin ko‘pincha anketani o‘tkazgan odam uning tuzilishi qanchalik qiyinligini yoki olingan ma’lumotlarni qayta ishlab, sharxlash qiyinligini tasavvur qilmaydi. Yuqorida qayd etilganidek, anketaga kiritilgan savollarga ko‘ra anketa ochiq va yopiq turlarga bo‘linadi.
Ochiq anketa respondentdan o‘z fikrini bilganicha bayon etishni talab qiladi, yopiq shakldagi anketa savollarining esa javoblari berilgan bo‘lib, tekshiriluvchi o‘ziga ma’qul bo‘lgan, qarashlari, fikrlari bilan mos bo‘lgan javobni beradi.
Ochiq savollarning kamchiligi respondentlarning har doim ham qo‘yilgan vazifaga yetarli darajada mas’uliyat bilan qaramaganligi hamda yozilgan javoblarni statistik ishlov berishdagi qiyinchiliklar bo‘lsa, yopiq anketada respondentga tekshiriluvchi tomonidan o‘z fikriga ergashtirishga o‘xshash holat yoki har doim ham hamma savolning barcha javob variantlarini topib bo‘lmaslikdir.
Shunday holatlarda respondent yo umuman javob bermasligi yoki tavakkal bir variantni belgilab berishi mumkin.

Yüklə 43,18 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin