Mavzu: Bolalarda o‘tkir pnevmoniyaning kechish. Bolalarda o‘tkir pnevmoniyaning kechish xususiyatlari, etiologiyasi, patogenezi, klinikasi, diagnostikasi, kiyosiy tashxisi, davolash va profilaktikasi



Yüklə 52,22 Kb.
səhifə2/12
tarix11.07.2023
ölçüsü52,22 Kb.
#136325
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
bolalarda o\'tkir pnevmoniya

Etiologiyasi. Uy sharoitida kasallangan 6 oydan 5 yoshgacha bo‘lgan bolalarda pnevmoniyaning eng ko‘p tarqalgan qo‘zg‘atuvchisi - pnevmokokk (Streptococcus pneumonia) va gemofil tayoqchasi - Haemophylus influenzae b hisoblanadi. 60-70-yillarda bolalarda pnevmoniyaning birinchi o‘rinda turadigan sabablaridan biri tilla rang stafilokokk hisoblangan.
Epidemik mavsumda (avgust-noyabr) erta yoshdagi, maktabgacha va maktab yoshidagi bolalarda Mycoplasma pneumoniae (mikoplazmalar) ahamiyati yuqori bo‘ladi. O‘smir yoshda Chlamidia pneumoniae (xlamidiyali pnevmoniya) kasallikni sababchi omili bo‘lish extimolini unutmaslik kerak. Viruslar asosan bir yoshgacha bo‘lgan bolalarda virusli pnevmoniya rivojlanishida katta ahamiyatga ega. Ko‘p qusadigan, nafas yo‘llari aspiratsiyasi bor, mukovissidoz bilan og‘rigan zaiflashgan bolalarda pnevmoniyaning sababchisi ichak tayoqchasi, tilla rang stafilokokk, ba’zida Moraxella (Branchamella) catharalis bo‘ladi. Legionellalar bilan chaqirilgan pnevmoniya sababi L. Rneumophila (legionerlar kasalligi sababchisii) bo‘lib, bolalarda kam uchraydi. Homila ichi infitsirlanishida ko‘pincha xlamidiyali pnevmoniya tashhislanadi. Kam hollarda muddatidan oldin tug‘ilgan bolalarda pnevmotsistozli pnevmoniya (qo‘zg‘atuvchisi- pnevmotsistlar); og‘ir darajali chala tug‘ilgan bolalarda ureaplazma va Mycoplasma hominis chaqirgan pnevmoniyalar aniqlangan. Immunodefitsitning gumoral shaklida (birlamchi va immunoglobulinlar etishmasligi bilan kechadigan) pnevmoniyani sog‘lom bolalardagidek o‘pka florasi chaqiradi, lekin kasallik og‘ir kechadi va qaytalanuvchi bo‘ladi. Immunodefitsitning hujayraviy shaklida ko‘pincha pnevmotsistli pnevmoniya (asosan VICH - infeksiyada), kam hollarda – sitomegaloviruslar chaqirgan pnevmoniya kuzatiladi. Alohida katta guruxni boshqa kasallik tufayli kasalxonaga yotqazilgan bolalarda rivojlanuvchi kasalxonaichi pnevmoniyasi tashkil qiladi. Bunday pnevmoniya antibiotiklarga yuqori rezistent bo‘lgan "shifoxona" shtammlari (stafilokokk, klebsiella, psevdomonas – ko‘k yiringli tayoqcha), yoki bemorning autoflorasi bilan chaqiriladi. Bu pnevmoniya rivojlanishiga oddiy o‘pka florasi buzilishiga olib keluvchi antibakterial davo imkon yaratadi. Buning natijasida nafas yo‘llarining pastki qismlari bola uchun yot mikroorganizmlar bilan to‘lishiga yo‘l ochib beriladi. Kasalxona ichi pnevmoniyasi gospital deb ham yuritiladi.

Yüklə 52,22 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin