Klinik xususiyati: Klinik manzarasi chaqiruvchining virulentligi, uning ko‘payish tezligi, bemorning yoshi, organizmning reaktivligi, yo‘ldosh virusli yoki bakterial infeksiyalarning bor yo‘qligiga bog‘liq. Inkubatsion davri 1 haftadan 3 haftagacha davom etadi (ko‘pincha 12-14 kun). Kasallikning ilk ko‘rinishi uchun kam ifodalangan umumiy intoksikatsiya belgilari xos (bosh og‘rishi, quvvatsizik, tana haroratining bir oz ko‘tarilishi). Keyinchalik tomoqdagi va qorindagi og‘riq qo‘shiladi. Kasallik uchun qiynoqli quruq yo‘tal, faringit belgilari xarakterlidir. Intoksikatsiya belgilari birinchi haftaning oxiri, ikkinchi haftaning boshlarida namoyon bo‘ladi. Hansirash kam hollarda kuzatiladi. Terisida 50% hollarda qizil yoki binafsha rangli dog‘li, kam hollarda vezikulali, papulali toshmalar paydo bo‘ladi. SHunga o‘xshash toshmalar shilliq qavatlarda ham paydo bo‘ladi. Birinchi haftaning oxirida va ikkinchi haftaning boshida intoksikatsiya belgilari kuchayadi. Bir yoshgacha bo‘lgan bolalarda kasallik simptomsiz kechishi mumkin. Perkussiyada mozaiklik aniqlanadi. Fizikal ma’lumotlar kam ifodalangan: dag‘al yoki sustlashgan nafas fonida nam xirillashlar; ko‘krak yoshidagi bolalarda bronxiolit klinikasi kuzatilishi mumkin.
Gematologik o‘zgarishlar- normotsitoz, leykotsitoz, formulaning chapga siljishi bilan kechuvchi neytrofilez, eozinofiliyaga moyillik, anemiya, gipertrombotsitoz, ECHT ortishi
O‘pkadan tashqari belgilari: qayd qilish, qorindagi qattiq og‘riq, appendikulyar sindrom -50% ; gepatomegaliya -30%; gemorragik sindrom (teridagi gemorragiyalar, burundan qon ketishi) – 20%; kam hollarda meningeal sindrom.
Kasallikning monoton tarzda kechadi. Quruq yo‘tal, subfebrillitet 2,5 haftadan 2,5 oygacha davom etishi mumkin. Katta yoshdagi bolalarda mikoplazmali pnevmoniya ko‘pincha surunkali bronx-o‘pka kasalliklari rivojlanishiga olib kelishi mumkin.
Rentgenografiyada: O‘pkaning aniq chegarasiz nogomogen infiltratsiyasi. Ko‘pincha “bulut”simon, “tutun” simon infiltratsiyalar paydo bo‘ladi. O‘pka surati kuchaygan, ko‘p hollarda jarayon bir tomonlama va o‘pkaning pastki qismida kuzatiladi. Bronx-tomir suratining kuchayganligi bemor tuzalgandan keyin ham uzoq vaqt saqlanib qoladi.