Mavzu: Bolalarda o‘tkir pnevmoniyaning kechish. Bolalarda o‘tkir pnevmoniyaning kechish xususiyatlari, etiologiyasi, patogenezi, klinikasi, diagnostikasi, kiyosiy tashxisi, davolash va profilaktikasi


Kam simptomli, cho‘ziluvchan turi



Yüklə 52,22 Kb.
səhifə8/12
tarix11.07.2023
ölçüsü52,22 Kb.
#136325
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
bolalarda o\'tkir pnevmoniya

Kam simptomli, cho‘ziluvchan turi. Maktab yoshidagi bolalarda ko‘p uchraydi. Bolalarda ORIdan keyin tez charchash, kamquvvatlik, ishtaha pastligi, subfebril tana harorati, bosh og‘rishi, kuchsizlik, yo‘tal kuzatiladi. Fizikal ma’lumotlar bunday bolalarda yaxshi bilinmaydi: intoksikatsiya belgilari qisman rivojlangan, unchalik katta bo‘lmagan jismoniy zo‘riqishda hansirash, o‘pka surati o‘zgargan, o‘pka ildizi kengaygan, kam miqdorda quruq xirillashlar. Ko‘krak qafasi rentgenogrammasida interstitsial pnevmoniyani tasdiqlovchi belgilar aniqlanadi.
Bolalarda interstitsial pnevmoniya uchun immunitet pasayishi, tetrada simptomlar xarakterlidir: hansirash, gipoksemiya, diffuz interstitsial infiltratsiya, yo‘tal.
Oqibati.Interstitsialpnevmoniyao‘tkir turida og‘ir. Bolalar virusli ensefalitdan, ichki organlarni virusli zararlanishidan nobud bo‘ladi.Kasallikni yaxshi kechishida o‘pkadagi rentgenologik o‘zgarishlar 6-8 haftagacha saqlanadi. Interstitsialpnevmoniya oqibati pnevmosklerozni rivojlanishi yoki qayta shakllanishi bo‘ladi.


ATIPIK PNEVMONIYALAR
Atipik pnevmoniyaning klinikasida umumiy toksik sindromlar ustunlik qiladi, bronx-o‘pka-plevral sindromi ikkinchi o‘rinda turadi. Atipik pnevmoniya uchun epidemiologik tarqalish (bolalar bog‘chasi, maktablar), shuningdek oilaviy uchrash xarakterlidir.
Mikoplazmali pnevmoniya. Mycoplasma pneumonia mikrorganizmlarning alohida turiga mansub, kichik o‘lchamli (150-200nm), RNK va DNKdan tuzilgan. Qo‘zg‘atuvchi hujayrasiz muhitda ko‘payishi mumkin, b-gemolizin toksin ajratadi. Mikoplazmalar viruslar, bakteriyalar o‘rtasida oraliq holatni egallaydi. 70˚S temperaturada lipofil holda yillar davomida saqlanadi.
Epidemiologiyasi. Kasallik manbai respirator mikoplazma bilan kasallangan odam va tashuvchi hisoblanadi. O‘tish yo‘li - havo tomchi, transplatsentar.
Patogenezi. Mikoplazma havo-tomchi yo‘li orqali tushganda tomoq orqa devori shillig‘ini, traxeya, bronxlarni zararlaydi. Asosiy o‘zgarishlar alveolyar epiteliyda bo‘ladi, u erda chaqiruvchi ko‘payadi, hujayra giperplaziyasi va o‘zgarishini chaqiradi. Alveolyar makrofaglar va neytrofillar fagotsitozni chaqiradi va bu jarayon alveolyar hujayralarning o‘zgarishiga, hujayra ichi suyuqligi ekssudatsiyasiga olib keladi.

Yüklə 52,22 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin