Oqibati.YAxshi tugaydi, antibiotiklarga bog‘liq. Klinik va rentgenologik sog‘ayish 3-4 haftadan so‘ng yuz beradi.
Segmentar pnevmoniya. O‘choqli pnevmoniya bir yoki bir necha segmentni egallasa segmentar pnevmoniya deb ataladi. Segmentarpnevmoniyaning uchta varianti aniqlangan. Birinchi variantda kasallikning kechishi yaxshi tugaydi. Ko‘pincha bu variant tashhis xam qilinmaydi, fokal o‘zgarishlar bir necha kun saqlanadi, nafas etishmovchiligi, yo‘tal, intoksikatsiya bo‘lmasligi ham mumkin. Tashhis rentgenologik tekshiruv o‘tkazilganda qo‘yiladi.Segmentarpnevmoniyaning ikkinchi variantidakrupozpnevmoniya klinik ko‘rinishiga o‘xshash bo‘ladi,to‘satdan boshlanadi, bezgakva kasallikning siklik kechishi kuzatiladi. Segmentarpnevmoniya belgilaridan biri qorinda, ko‘krak qafasida og‘riq hisoblanadi. Uchinchi variantidasegmentarsoyabirdan paydo bo‘lmaydi, balki kasallikning birinchi va ikkinchi haftalarida paydo bo‘ladi.
Klinik manzarasi: Maktabgacha va maktab yoshidagi bolalarda o‘choqli pnevmoniya klinikasiga o‘xshash bo‘ladi, auskultatsiyada sust vezikulyar yoki dag‘al nafas eshitiladi, bronxofoniya kuchaygan, xirillashlar eshitilmaydi. O‘pka to‘qimasi qattiqlashuvi to‘g‘risida ma’lumot beruvchi o‘pka tovushi qisqarishi aniq emas. Plevraning zararlanishi va atelektaz ko‘p kuzatiladi. Abssess, destruksiya, cho‘ziluvchan kechishiga moyillik yuqori bo‘ladi.
Krupoz pnevmoniya.Maktabgacha va maktab yoshidagi bolalarda krupoz pnevmoniyaning tipik ko‘rinishi kuzatiladi, kam hollarda 1-3 yoshda va bir yoshgacha bo‘lgan bolalarda uchraydi. Krupoz pnevmoniyaning patogenezida allergik reaktivlik katta axamiyatga ega bo‘lib, u giperergik reaksiyalarga moyil bo‘lgan pnevmokokklarga sensibillashgan organizmda vujudga keladi. Ko‘krak yoshidagi bolalarda krupoz pnevmoniyaning kam uchrashi bu yoshda pnevmokokklarga sensibilizatsiyaning bo‘lmasligi bilan tushuntiriladi.
Bolalarda krupoz pnevmoniyada o‘pkaning barcha bo‘laklari ham zararlanmaydi, yallig‘lanish o‘choqlari bir nechta segmentlarda bo‘lishi mumkin. Bolalarda krupoz pnevmoniya o‘ng o‘pkaning yuqori va pastki qismida joylashadi.