Mavzu: Bolalarda o‘tkir pnevmoniyaning kechish. Bolalarda o‘tkir pnevmoniyaning kechish xususiyatlari, etiologiyasi, patogenezi, klinikasi, diagnostikasi, kiyosiy tashxisi, davolash va profilaktikasi


Oqibati.Krupoz pnevmoniyada erta boshlangan davoda oqibati yaxshi tugaydi. Interstitsial pnevmoniya



Yüklə 52,22 Kb.
səhifə7/12
tarix11.07.2023
ölçüsü52,22 Kb.
#136325
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
bolalarda o\'tkir pnevmoniya

Oqibati.Krupoz pnevmoniyada erta boshlangan davoda oqibati yaxshi tugaydi.
Interstitsial pnevmoniya. 1946 yil R.Lenk o‘tkir pnevmoniyalar guruhidan quyidagi rentgenologik ko‘rinishga ega bo‘lgan pnevmoniyani ajratdi:
1. Peribronxial infiltratsiya natijasida o‘pka suratining kengaygan ildizdan urchuqsimon kuchayishi
2. Zararlangan tomonda o‘pka surati to‘rsimon, katakchalardan iborat bo‘ladi. Bu ikki o‘choqli o‘zgarishlar fonida, o‘choqli atelektaz rivojlanishi mumkin, shuningdek mayda dog‘lar paydo bo‘ladi.
3. Bronxlarning torayish belgilari, aniq chegaralangan soyalar aniqlanadi.
1842 yilda K.Rokitanskiy ushbu pnevmoniyani ta’riflab bergach, R.Lenk bu pnevmoniyani interstitsial deb atadi. V.K.Tatochenko fikriga ko‘ra interstitsial pnevmoniya bolalarda kam uchraydi, o‘tkir pnevmoniyaning 1% ni tashkil etadi.
Etiologiyasi. Kasallikning chaqiruvchilari viruslar, pnevmotsistlar, xlamidiyalar, mikoplazmalar, patogen zamburug‘lar hisoblanadi.
Patogenezi.Interstitsial pnevmoniya bilan kasallangan bemorlarda o‘pka zararlanishining quyidagi bosqichlari aniqlanadi:

    1. arteriolalarning tarqalgan spazmi – I bosqich;

    2. mahalliy trombogemorragik sindrom – II-bosqich;

    3. o‘pka mikroatelektaziga olib keluvchi surfaktant tanqisligivaalveolalar yopishishi - III-bosqich.

Klinikko‘rinishi.Interstitsialpnevmoniyaning klinik kechishi uning ikki turga bo‘lishga imkon beradi:
Manifestli, o‘tkir turi. Erta va maktabgacha yoshdagi bolalarda allergik diatez ko‘rinishida uchraydi. Kasallik og‘ir, neyrotoksikoz va nafas etishmovchiligi bilan kechadi (hansirash, nafas soni 1 minutda 80-100 ta, og‘iz-burun atrofi sianozi, tirnoqlar sianozi, bola bezovta bo‘lganda– generallashgan sianoz, burun qanotlari kerikkan, qovurg‘alar orasi tortilgan), bezgak, keyinchalik azobli, tez-tez yo‘tal qo‘shiladi. Kataral holatlar aniq bo‘lmaydi: quruq xirillashlar, ba’zida krepitatsiyalovchi xirillashlar va bakterial infeksiya qo‘shilganda – ho‘l xirillashlar eshitiladi. O‘pka perkussiyasida timpanit, o‘pka qirralari pastda joylashgan bo‘ladi, yurak nisbiy chegarasi toraygan, o‘pka ildizi kengaygan bo‘ladi. Perkutor tonning qisqarganligi xarakterli emas. Gemorragik grippoz pnevmoniya og‘ir kechadi, unda bezgak, og‘ir neyrotoksikoz va nafas etishmovchiligi, qon aralash, ba’zida ko‘pikli balg‘am, kollaps kuzatiladi. O‘pkani tekshirganda nam va quruq xirillashlar, krepitatsiya aniqlanadi. Gemorragik sindrom tomirichi qon ivishi bilan bog‘liqligi gumon qilingan. YUrakning o‘ng bo‘limida o‘tkir va o‘tkir osti etishmovchilik, jigarning qisman kattalashishi, mikrogematuriya xarakterlidir.

Yüklə 52,22 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin